Meni yig`latgan holat...  ( 197236 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 ... 33 B


Ansora  08 Aprel 2011, 12:47:40

Azizlar, ozgina oldin Jum'a kuniga bag'ishlangan ko'rsatuvda Din ilmlari domlasi Dotsent Doktor Mustafa Karatash keyingi ko'rsatuv uchun kelgan 5-6 yosh bolalardan bir narsani so'radi.

"Alloh deganimizda ilk xayolingizga nima keladi?"

Bolalarni javoblari (5-6!) meni yig'latdi...

-Qur'oni Karim keladi

-Namoz o'qish keladi

-Ilk Musulmonlar

-Farishtalalar malaklar, buni aytgan qizaloqni o'zi ham malakday edi...

Bir bolakay ichlaridan eng sho'xi-Jannatga ketish, deganda hamma kulimsiradi...

Bolajonlarni javoblarini eshitib o'zimdan uyaldim, yig'ladim.

Allohim, seni nomingni kunda  :bs1: deya necha marta yodga olamiz, xo'sh, Sen'in amrlaringni bajo keltiryabmanmi, mitti bolajonlar nimalar dedi, men nima degan bo'lardim ajabo...shularni o'ylab Allohni marhamat shafqatiga sig'indim.

Rabbim, ohiratimizni bahayr qil, gunohlarimizni avf et.... :'(

Qayd etilgan


BelleQizcha  08 Aprel 2011, 16:39:08

Nomozdan kiyin uyqim kemadi... Forumga kirsam hech gap yoq...
Qarasam shu mavzu birinchida turgan ekan.... Kirib bittama bitta oqib chiqdim.... Behosdan kozimdan yosh oqdi.,.

Qayd etilgan


Aqoid  08 Aprel 2011, 17:49:50

Mustafa Karatash hoca ni biz ham sevamiz,afsuski aynan Kapalak aytganini ko'rish nasib qilmabdi.

Qayd etilgan


Shuhrat_  08 Aprel 2011, 20:19:38

 :as:
Qaysi kuni {sizni soginamiz yorosulullo]MAVZUsiDAGI vedeoni kurgandim badanlarim muzlab yig`ladim.ROSULULLOX ni bu dunyoda kurmadik inshaollox abadiy dunyoda kuramiz , :amn:videoni siz xam kuring beixriyor yig`lisiz

Qayd etilgan


ummugulsumm  09 Aprel 2011, 08:15:53

bugun tongda bomdod nomozi uchun aytilayotgan azon sadosi kuzimga yosh oldirdi bu tuyguni til bilan tariflab bulmaydi

Qayd etilgan


Muhammad ibn Abdulloh  09 Aprel 2011, 20:39:47

Kompyuterimda ma'ruza eshitvotgandim, ma'ruzada Payg'ambarimiz Muhammad S.A.V ning "...kim men bilan Havzi Kavsarni oldida ko'rishishni istasa behuda gaplarni gapirmasin..." degan joyi kelganda yig'lavordim, har gal shu joyini eshitganimda yig'liman, Payg'ambarimiz Muhammad S.A.V ni sog'inib yig'liman...

Qayd etilgan


Best friend  14 Aprel 2011, 09:21:44

Assalomu alaykum va rahmatulloh.
Mashaolloh, sizlarni shu narsalar yig'latibdimi, demak Allohga nisbatan muhabbatinglar bor ekan inshaolloh. Ahmad yassaviyning "Devoni xikmat'idan bir she'r yodimga tushib ketdi:
 ...Ko‘p nodonlar ko‘z yoshini qadrin bilmas,
 Haq qoshida ko‘z yoshidek tuhfa bo‘lmas,
 Tasbeh, tahlil ko‘z yoshig‘a teng kelolmas,
 Yig‘lab yurgil ko‘z yoshini riyosi yo‘q...
Aslida qalbi toza inson har narsadan xikmat topadi va bu holatdan yig'laydi. Qalbi qattiq inson esa...

Qayd etilgan


Mahdiyah  14 Aprel 2011, 14:34:53

Uyga (qizlik uyimga) nimadur yumish bilan bordimu, yerda joynamoz va namoz o'rgatuvchi kitobmi turganini ko'rdim. Xayron bo'ldim, ayam ham, singlim ham namoz o'qishni bilishadi Alhamdulillah, beihtiyor dadam ham namoz bo'shladilarmikin deb o'zimga ishonmay xursand bo'ldim, lekin ishonishni ham ishonmaslikni ham bilmasdim.
Boshqa xonaga chiqdim, bir payt o'sha joynamoz ustida dadamning namoz o'qiyotganlarini ko'rdim, ko'rdimu ko'zimdan yosh chiqdi, Allohga hamdlar aytdim, boshqacha bir hayajon bilan yig'lardim... to'lib to'lib yig'ladim"¦
Bir payt dadam xonadan chiqib keldilar, har doimgidan ham boshqacha bir nur yuzlarida aks etar edi"¦
manga "Dilnoz, qaragin mana bu kitobda boshqacha, bunisida boshqacha yozilgan" dib Namoz o’rgatuvchi kitobni ko’rsatdilar.
Ko’zlarim haliyam jiqqa yosh edi"¦ hursandchilik yoshlari"¦ qachondan beri Allohdan shuni so’rab duo qilaman, Alloh yetkazgani uchun shukrona ko’z yoshlari edi bu"¦
Dadamga javob berayabmanu ko’zlarimdagi yoshni artib ko’rsatmaslikka harakat qilayabman"¦

Ertalabki bomdodga turib ketdim, turdimu hammasi alg’ov dalg’ov bo’ldi"¦
Hammsi bir shirin tush ekan"¦ shunchalar shirin tush ediki turganimga afsuslandim"¦
Unsiz"¦ ko’z yoshisiz yig’ladim"¦.

Qayd etilgan


Hadija  14 Aprel 2011, 15:44:48

Mahdiyah, qadrdonim Alloh o'sha kunni o'ngizda tez kunlarda yetkazsin, umid qilavering inshaAlloh albatta beradi...

Tuhmat toshidan og'rinib og'rinib qattiq yig'ladim, alam qildi juda alam qildi... Qanchalik Allohga kifoya deganing sari shunchalik tepki berishadi... :((( O'zing sabr ber!!!

Odam olasi ichida bo'larkan, tashqi ko'rinish aldamchi, eng hunuk inson bo'lsin ammo qalbi chiroyli bo'lsa undan chiroyli odam bo'lmas ekan, tashqi ko'rinishi oy bilan quyosh bo'lsin ichi to'la qorong'ulik bo'lsa undan yaxshilik kutish judayam judayam qiyin... Aldamchi chiroy egalari, egoistlar o'zingizni o'ylavermang birovlarning ko'z yoshini uvoli bor hali!!! Hammasini Xudo ko'rib turibdi :(...

Qayd etilgan


Best friend  15 Aprel 2011, 01:32:48

Assalomu alaykum.
 Yozda bo'lgan ishlardan barchaning xabari bo'lsa kerak. Ayni shu voqealar avj olgan paytlar, kechasi uyqu yo'qolganligidan amakimning og'lini telefonini kovlab yotsam bir qoriakaning payg'ambarimizga ummatini yoki o'g'lining umrini tanlash imkoniyati berilgan voqeani aytib berganini eshitib, qalbim bir boshqa holga tushdi. Hattoki o'zbeklarga o'lim deyotganlarga nisbatan adovatim pasaydi... barcha barchasi yengil sinov ekanini angladim. Chunki payg'ambarimiz ummatlarini tanlagan ekanlar. Balki bu narsani yoritib berolmagandirman lekin aminmanki, qalbida payg'ambarimizga s.a.v. nisbatan zarracha muhabbati bor inson bu voqeani o'z qulog'i bilan eshitsa yohud o'qisa yig'laydi.

Qayd etilgan