Meni yig`latgan holat...  ( 197282 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 ... 33 B


UzMuslim  23 May 2011, 22:48:31

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=-DCb9WpFEjs" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=-DCb9WpFEjs</a>

Qayd etilgan


Ansora  27 May 2011, 13:08:20

Nimani o'ylayabsan, dunyoning tashvishlarinimi? Kayfiyating nimaga yo'q?

Haz. Odam (A.S) kabi 200 yil tavbami etting?

Haz. Ibrohim (A.S) kabi gulhangami otilding

Haz. Zakariya (A.S) kabi parchalandingmi?

Haz. Yusuf (A.S) kabi quduqqami otilding?

Haz. Muhammad (S.A.V) kabi Toyifda toshbo'ronmi qilinding, boshingga ichak-chavoqmi to'kildi namoz o'qiyotganingda, tishingmi sindi? Yuzingga tupirdilarmi, hijratga majburlandingmi, sevganlaringdanmi ayrilding majburan?

Haz. Hamza (r.a) kabi burning, qulog'ingmi kesildi?

Musab bin Umeyr (r.a) kabi qo'llaringmi kesildi?

Jafar bin ebu Talib (r.a) kabi o'q, nayza va qilich zarbalari bilanmi yaralanding?

Ammor, Sumayya, Yosir (r.a) kabi iskanjami ko'rding?

Bilal (r.a) kabi qaynoq qumlarga yotqizilib, ustingga toshlarmi qo'yildi?

Yunus Payg'ambar (A.S) kabi dengizgami otilding?

Ayyup Payg'ambar (A.S) kabi vujudingni yaralarmi qopladi?

Haz. Iso (A.S) kabi chormihgami kermoq istadilar seni? 

Nimalarni o'ylab, hafa bo'lyabsan haliyam, o'tkinchi dunyo ishlarinimi?

Menga kecha kelgan mailni o'qib beihtiyor ko'zimdan yosh to'kildi...

Qayd etilgan


Best friend  27 May 2011, 15:48:02

 Alloh bizni musulmon qilib yaratganiga o'ziga hamdlar bo'lsin. Kecha bir rus bola aytyapti: "Ishlarim yurushmayapti gunohlarim ko'payib ketdi shekilli, cherkovga borib poklanib kelsamikkin...". Akam unga cherkovga emas masjidga bor degandi, men xristianman dedi, musulmon bo'l desa "nikogda" dedi. Shunaqa g'alati bo'pketdim haligi yerda. Ichimdan o'tgan hisni ta'riflolmiman. Musulmon ekanim uchun Allohga hamdlar aytdim... Alloh bizni iymonimizdan ayirib qo'ymasin.

Qayd etilgan


BelleQizcha  31 May 2011, 00:34:20

eh..inson digani boshqacha bo'larkan...
bir daqiqada yonib ikkinchisida sunnib qolarkan..
ertalab o'qishga kech qolganimi ko'rib, ko'zimga faqat o'qishga vaqtida yetib borish ko'rindi..
Hamma narsani tayyorlab, moshinani  oldim, metroga borsam, ancha kech qolar edim..
kotta yo'lga chiqdim.. huddi hamma mendan oshib ketmoqchiday....
Ulardan kam qolgim kemadi... kuchim borligicha tez yurishga urundim... u yo'ldan bu yo'lga o'tdim.. ichimda.. shunaqa tez haydasa mazza-de dib, ketayotgandim.. bir kishi (yoshi ancha kotta) signal berdi, sekinroq hayda digan..
Qo'limi bilan -bor ishini qil digan ishora qildim.... mengayam kallasini chayqati yonimdan o'ttib kettdi....
Soatga qarasam... ancha oldindaman... bunaqa ketishda, kamida uch minutda o'qishga yetib borishim aniq edi... o'zimga o'zim vaqt borakan sekin yur dib qo'ydim...
limitga tushdim.... bir narsa yetishmayotgandi... radioni yoqdim, hech narsa yog'akan, disklarni qidirib bittasini tiqdim.. qarasam, Xayrulla Hamidovni ma'ruzlaridan ekan, endi bittasi tugab, boshqasi boshlandi...
eshitarkanman... o'zimdan o'zim hapa bo'b ketdim.. Ma'ruza qo'shni haqqi edi.. bir rus kampir, Islomda yoningdagi qo'shnisini haqqi qancha kuchligini bilib Islomga kirgisi keladi..Musulmon bo'lgan kun yaniy jumah kuni, olamdan o'tadi..
Buni eshitarkanman... Haligi yoshi kotta inson ham, yo'ldagi qo'shniligimni tushinib yettdim...
Inson shoshgandi, na ko'ziga bu dunyo ko'rinarkan na u dunyo... maqsad deb.. o'zimizdan ketvomiza...
Ey hudo o'zin insof ber, tokiy yoningd uyalmaylik.. o'zin gunohlarimizni kechir, ko'zlarimizni dunyoviy ishlar bilan ko'r qilmaylik.....

eh... yoshlar, yoshlar....

Qayd etilgan


Humayro  13 Iyun 2011, 15:07:31

Бир дустимдан сшитдим:
Масжид имоми сузлаб берган "Хаж сафарига бордик, ибодат килиб юрганда бир отахонни кузата бошладим, уни хар куни масжид сахнини тизаси билан утирволиб юваётганини курардим, Аши бир жойга бориб колган отахондан дуо олмокчи булдим, шерикларим билан ёнига бориб: "Кандай хам схши касбингиз бор" дедим араб тилида. Чунтагимдан бироз пул чикариб кулига тутказдим. Чол пулларни у ёк бу ёгини куриб, нима килай буларни? деган маънода менга каради, «Дуо беринг бизга» дедим. У пулни кайтариб кулимга тутказиб «Дуони пулга бермайман» деди. Килган ишимдан бироз хижолат булдим "¦ чолни сухбатга тортдим, «Бу ишни килишга сизни нима мажбур килади?» дедим. Чол сса: «Сизлар мени пулга мухтож деб уйласпсизлар тугрими? Мен сизларга шундок булиб куринспман, шундайми??  Мактаниш смасу, аммо мени кимлигимни биласизларми» деди ва шу захотиёк узи жавоб берди саволига: «Мени Арабистонда фалонта заводим бор, хаж фондига хар йили фалон миллион сум утказаман, сна куп ишлар киламан, аммо кунглим тулмайди килган ишларимдан. Кимлигимни унутмаслигим учун хаж бошланди дегунча ишимдан таътил олиб, чет слга дам олгани кетспман деб шу ерга келаман ва хаж охиригача шу ишни киламан, мени бу кийимда биров танимайди, зора шу ишим Аллохга макбул келса.

Qayd etilgan


Ислoмбек  13 Iyun 2011, 18:58:03

Meni yig'latgan holat. Bu men yoshligimda Ibodati islomiya. degan kitob bor edi shu kitobda Qiyomatni alomatlari degan joyini uqiganimda. Dahshatan eig'layverganman. Ha rost bu kulgilik tuyilishi mumkin haqiqatan ham bo'lgan voqiya.

Qayd etilgan


Muslimа  19 Iyun 2011, 13:58:22

:as:

Allohim omonlik bergil qalbimga,
Vujudim tark etib bo’lganda toqat.
Hech ma’ni topolmam boqib xalqimga,
Senga yig’lamoqdan ayirma faqat!

Kaloming bir harfin o’qisam sahar,
Ko’ksimga bir nafis shabboda tegar.
Molimni, bolamni olsang ham agar,
Senga yig’lamoqdan ayirma faqat!

Boshimni yanchadi gohida g’urur,
Kibrdan sarhush dil olganda surur.
Boshqalar oldida qilsangda mag’rur,
Senga yig’lamoqdan ayirma faqat!

Angladim bu dunyo go’zal yalmog’iz,
Yamlamoq istar, bir boshda ming og’iz.
Tunda joynamozning ustida yolg’iz,
Senga yig’lamoqdan ayirma faqat!

Mayli bu dahirga bermayin til,
Jonim halqumdadir ketsa o’qirib.
"œDod"lablar boshimni devorga urib
Senga yig’lamoqdan ayirma faqat!

G’arbning pinjidadir umrim quyoshi,
Singib ketmaklikka yo’qdir bardoshi.
Qurib tugasa bas ko’zimning yoshi
Senga yig’lamoqdan ayirma faqat!

Bas, endi hech kimga yozmasman g’azal,
Ko’nglimni tirnamas dunyoviy shag’al.
Bir kunda hech qursa Tahajjud mahal
Senga yig’lamoqdan ayirma faqat!

Allohim tayyorman, yo’q also malol,
Angladim umrimning ketganin zavol.
Hohlasang borimni yig’ishtirib ol!
Senga yig’lamoqdan ayirma faqat!

Hayrulla Hamidov "œFazilatli Ramazon" dasturidan.

Qayd etilgan


Best friend  19 Iyun 2011, 14:20:44

...yig'lagin

Farq qolmadi gumrohdan,
Ham yolg'onchi guvohdan,
Qutil endi gunohdan,
Tavba qilib yig'lagin!
Mol dunyo deb zaxmatda,
Yashayman deb bir marta,
Umring o'tdi g'aflatda,
Yig'la tinmay yig'lagin!
Qazo bo'ldi namozing,
To'xtaganday parvozing,
Chiqmay qolsin ovozing,
Gapirolmay yig'lagin!
Ergashganding nafsinga,
Tura olmay lafzingda,
Tavba bo'lsin arzingda,
Arz qilibon yig'lagin!
Oshno bo'lding shaytonga,
Vaqt ham oz qoldi tonga,
Boshing qo'yib sajdaga,
Tahajjudda yig'lagin!
Be hayodir so'zlaring,
Nafs hohishin ko'zlading,
Qizarguncha ko'zlaring,
To'xtay olmay yig'lagin!
Riyo to'ldi ishinga,
Tishing qo'yib tishinga,
Yoningdagi kishinga
Bilintirmay yig'lagin!
Baribir hamma o'lar,
Ul kunni hamma ko'rar,
Qiyomatda kech bo'lar,
Ul kungacha yig'lagin!
Oxir zamon bo'ldi, bas
Parchalangusi qafas,
Payg'ambar ham tug'ilmas,
Duo qilib yig'lagin!
Payg'ambaring sevmading,
Alloh debon yurmading,
Qandayin ummat bo'lding,
Dod voy solib yig'lagin!
O'ying doim shahvatda,
Tiling doim g'iybatda,
Abjirdirsan tuhmatda,
Naara tortib yig'lagin!
Insonlardan berkitib,
Xaq marhamatin kutib,
Alloh zikrini aytib,
Robbim debon yig'lagin!
Yig'lolmasang Tangringa,
Qulf osibdi qalbinga,
Bu holatdan Robbinga
Yolvor Bobur, yig'lagin!

 21 Fevral, 2011y

Qayd etilgan


Ansora  22 Iyun 2011, 15:21:34

Bu kunlarda tez tez yig'lab turibman:

1. 6 yil oldin Tojikistonni O'zbeklaridan bir singlimiz bilan tanishgandik, o'qish bahona, kecha telefon qildi: Opajon, men Vatanga qaytyabman, rozi bo'ling, deb. Uyda mehmonlar bo'lgani uchun ichimda tutdim, mehmonlar ketgandan keyin yig'ladim. Istambulda bir yaqinim, jigarimday yaqin biri bor edi, u ham uzoqlashdi...

2. Men ıshongan ınson, tanishimni pul masalasida aldab ketibdi, menga telefon kelib, "sen tavsiya etgan inson shunday qildi", deyishganda miyyamdan o't chiqib ketdi, yomon alam qildi, siqilib yig'ladim...

Qayd etilgan


BelleQizcha  06 Iyul 2011, 02:04:44

Adnankalsnikidagi uzbek, qizlarni korib, odami jahl chiqadi...
Ayollarni shunaqa ochilib ketishda erkaklani qoli bor...

Qayd etilgan