Meni yig`latgan holat...  ( 197237 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 ... 33 B


Gabriela  29 Oktyabr 2010, 15:46:24

Assalom aleykum.
Bir  dugonamning onaizori to'satdan bandalikni bajo keltirdi. Habarni eshitishimdan atigi bir soat oldin dugonam bilan gaplashgan edim, har doimgiday sho'x shodon edi.......
 habarni eshitganimda etim jimirlab ketdi, bir g'alati bo'lib ketim, ko'p narsalar haqida o'ylab qoldim...... Ertasi kuni marhumani so'ngi yo'lga kuzatadigan kunda dugonamnikiga bordim.Tumonat odam kelgan, uyiga yaqinlashganim sari yig'i ovozi balandroq eshitilibb boraverdi, hovliga kirdim, tanish- notanish odamlar. Taziyamni bildirib, dugonam qayerdaligini so'radim, tomorqa tarafda ko'rganliklarini aytishdi. Tomorqaga o'tsam bir o'zi turibdi, bejol, qaddini zo'rg'a tutib turibdi....... yoniga yaqinlashdim, meni ko'rib o'zini tutib tura olmadi............ Bag'rimga oldim , hozir unga hech qanday tassali so'zlari yordam bermasligini anglab hech nima demadim,ko'zimga shunaqangi yoshlar oqib kela boshladiki, o'sha yerda ancha yig'lab turdik so'ssiz, sassiz.......aynan mana shu uchun yig'ladim deb ayta olmayman, chunki bu inson oddiy so'zlar bilan tariflab bera olmaydigan kechinmalar, hisslardir. Hozir shularni yozayapmanu yana tamog'imga bir nima tiqilganday bo'lyapti...............
Olloh rahmatiga olgan bo'lsin.
Menda ham bunday bo'lgan. Bir do'stimni o'ldiga chiqarishgan. Ishonmadim, ishonolmasdim. Shundan bir necha kun oldin u bilan gaplashgandim....... Unga bog'lanib qolgandim, o'lgani esa..... Kutdim, kutishdan to'xtamadim. Ishondim, u kelishini bilardim...... Har narsaga qodir Ollohim esa uni qaytardi........ Do'stim o'lmagan ekan, uni ko'ra olmaydiganlar chiqargan ekan bu xabarni. Aslida esa oddiy avtohalokat bo'lgan ekan....

Qayd etilgan


Ansora  12 Noyabr 2010, 13:56:05

Har Qurbon Bayramida Hazrati İsmoyilni eslaymiz. Har eslaganimda ko'zimdan duv duv yosh to'kiladi.
Bu qanchalik kuchli Yaratgan ishqidir, Yo Rabbim...

Bizlarga ham bu ishqingdan nasib ayla...

Qayd etilgan


нарзулло  12 Noyabr 2010, 14:26:49

Har Qurbon Bayramida Hazrati İsmoyilni eslaymiz. Har eslaganimda ko'zimdan duv duv yosh to'kiladi.
Bu qanchalik kuchli Yaratgan ishqidir, Yo Rabbim...

Bizlarga ham bu ishqingdan nasib ayla...

Амиин. айтганингиз келсин.

Qayd etilgan


Ansora  02 Dekabr 2010, 19:45:40

Musab bin Umeyr (r.a)ni meni yig'latgan hayotlari, faqat Turk tilida:

http://www.mbirgin.com/?Ctrl=HTML&HTMLID=178&t=Gonullerde_Yasayanlar#

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  03 Dekabr 2010, 11:40:01

Yaqindagina opam bolalik bo`ldi. Bolalarni shunchalar yaxshi ko`raman-ki, uni qo`limga olib to`ymasdim. Chaqaloq ko`zlarini katta katta ochib menga tikilardi... Shunchalar beg`ubor, shunchalar begunoh nigohlar... Uning begunoh kozlariga termulib turib, bilb-bilmay qilgan gunohlarimdan uyalib yig`ladim...

Qayd etilgan


UzMuslim  04 Dekabr 2010, 16:46:44

Mani Yig'latgan Holat.BIr Kunbi Bir Do'stimi Onasini Aytib Turgan Gapiu Ko'zlarimdan Yosh Chiqarib Yubordi...

Namoz O'qishdan Keyin Avval O'qigin Agar Vaqtin Bo'sa Namoz O'qigin..Bomdodni O'qigin Qoganlarini O'qimasen ham Deganlari Quloqlarim Oldidan Ketmeydi..Nahot oilada Mana shundey Tarbiya Berishsa,Nahotki Namoz Farz Ekanligini BiliB Turib Mana Shundey Qilishsa,..
Bir O'qiydigan Tanishim Mana Shundey Dedi.Man Albatta Namoz Vaqti Kriishi Bilan Namozni O'qishga Harakat qilaman Qazo Qilmasdan,Chunki Domlam Shundey Tushuntirgan Qiyomat Kuni Birinchi So'raladigan Amal Bu Namozdir,Dunyoviy Ilmindan So'ralmas ekan..
Uzur Agra Chala Chulpa Manolar bilan Post qoldirgan Bo'sam...
Alloh Taoloni O'zi Bir Gunohkor Bandasini O'zi Kechirsin...

Qayd etilgan


UmmatiY_MuhammadiY  06 Dekabr 2010, 11:43:03

:bsm:

Тсғри айтасиз UzMuslim ока биринчи навбатда Аамозга сътибор бериш керак. Қиёматда ҳам 1 чи ссраладиган нарса бу намоздир. Инсонни намози бслмаса бошқа амалларига қаралмайди. Сизнинг қаторизда биз гуноҳкорларни ҳам Аллоҳ кечирсин!

Qayd etilgan


Saliha  06 Dekabr 2010, 12:08:33

Mani yiglatgan holat ko'p lekin aqlimda qolgani..bunga 1 yil bo'ldi bir o'rtogimni uyiga bordik.. mehmonlar ko'p edi. sunda uy sohibasi bo'lgan o'rtogim qizimni, yasini sharifni o'qib berishligini iltimos qildi, man yo'q diyomadim..qizimga ettim va qizim tahorat oldide hammani ichida yasini sharifni o'qidi..1-2 qizlar yiglashdi ham uyalganidan.. biza hali quron hariflarini tanimimiz deya..
shu kun uyga keldik qizim yiqildi va boshi yorildi shu voqitda rosayam yiglaganman.. shunda ko'p o'rtolarim tel qilishib nazarlanganini etishgan..Nazar bor narsa Allah saqlasin, doim duo qilamanki mani farzandlarim bilan sinama deb..Barchamizni Allah nazardan saqlasin. :amn:

Qayd etilgan


Sevdo  06 Dekabr 2010, 13:28:49

Assalomu alaykum yaqindagina bir dugonam namoz uqishni boshladi,dinimiz haqida kup savollar berar,men quldan kelgancha javob berardim,Allohim mehribon hidoyat nasib bulib shimlarda yuradigan dugonam yopug'ro kiyinishni uylay boshladi,bu haqda onasi eshtib rosa urishibdi.Bu holga qanday yig'lamaslik mumkin ahir,ona qizini ochiq yurishini istab,hidoyatdan qaytarsa,uzi asrasin,dindoshlarim duolarizda shu dugonami ham eslab turin mushkuli osson bulsin deb.Rahmat

Qayd etilgan


Chustiy  06 Dekabr 2010, 18:19:51

har gal piyoz artib va to'rg'anda :D

Qayd etilgan