Tabriklar va qutlovlar  ( 744366 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 ... 107 B


ikbaljohn  20 Mart 2007, 10:39:48

Ertaga!

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Mart 2007, 10:40:32

Ertaga!

2000 yillik tantanalarni etvomman. Uyam ertaga ekanmi?

Qayd etilgan


ikbaljohn  20 Mart 2007, 10:42:25

Ertaga!Qo'shaloq bayram!Ihhhhm.Buyog'i chat bo'pkettiyuuuuu!O'zim offtop qilishni yomon ko'rardim.Lekin bir safar mayli endi.Siz qatlisiz?

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Mart 2007, 10:46:32

Barcha Marg'ilon ahlini bayram bilan, 2000 yillik to'y bilan tabriklayman.

PS. man toshkentliman. Eski shahrdan. Shahrilarda ko'p mehmon bo'gamman. Judayam mehmondo'st odamlar.

Qayd etilgan


Odina  21 Mart 2007, 08:25:09

Assalomu Alaykum!!!


Xamma forum ishtirokchilariga  ayyomingiz Muborak bo`lsin deyman!!!

Nimaiki niyatlaringiz bol`sa ushalishiga tilakdosh man!

Baxor Muborak bo`lsin!!!

Qayd etilgan


Munira xonim  23 Mart 2007, 12:40:31

Assalamu alaykum.
Barchaga Alloh azza va jallaning mag'firatini va rahmatini tilayman.
Bugungi ulug' kun muborak bo'lsin.
Bugungi muborak juma kunida qilgan ibodatlarimizni Alloh taolo husnu maqbul aylasin.

Qayd etilgan


Nodi  23 Mart 2007, 16:22:59

Assalomu alaykum!
Bugungi jum'a kuni barchangizga muborak bo'lsin!

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Mart 2007, 11:57:55

Assalamu alaykum.
Bugun juda ulug' kun.
Musulmonlarni har haftada keladigan Hajjul Masakiyn juma ayyomi va Rabi'ul avvalning o'n ikkinchi kuni.
Bu muborak kun bilan barchani qutlayman.
Bugungi ibodatlarimizni ALloh azza va jalla husnu maqbul aylasin.
Har kim o'zini o'ylaydigan bir Ulug' Kunda Alloh taoloni rahmatini va Rasululloh s.a.v.ning shafoatlarini barcha birodarlarimizga tilayman.
Alloh taolo barchamizdan rozi bo'lsin....
Amiyyn.

Qayd etilgan


ikbaljohn  30 Mart 2007, 15:05:22

YAGMURUN TOPRAGA HAYAT VERDIGI GIBI DUALARINDA HAYAT BULACAGI BU GECEDE DUA BAHCESINDE YESEREN FIDAN OLMAK DILEGIYLE KANDILINIZ MUBAREK OLSUN.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Aprel 2007, 11:41:11

Alhamdulilloh, bizlar musulmon bo’lib tug’ildik, muslim bo’lib yashayapmiz, mo’min holimizda dunyodan ketajakmiz inshaalloh! Bizning musulmon bo’lishimizga sabachi bo’lgan, o’limi oldida ham ummatim deb qayg’urgan, qiyomat kunida shafoat qiladigan sevikli payg’ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallam haqlarida bu kunlarda qancha eslasak shuncha kam. Ul zot butun insoniyatga dunyoning nimalgini o’rgatgan, Islomning mohiyatini tushuntirgan, bashariyatga haqiqat yo’lini ko’rsatgan buyuk zotd edilar.

Bir marta «Birodarlarimni sog‘indim» degan edilar Rasuli Akram va buni eshitgan sahobalar: «Biz sizning birodarlaringiz emasmizmi yo Rasululloh» deb so‘raganlarida, «Sizlar mening do‘stlarimsizlar, birodarlarim oxir zamonning og‘ir imtihonlariga duch kelgan paytda ham Islomni tark etmagan mo‘minlardir» deb javob bergan edilar.

Allohim barchamizni u kishining birodarlaridan qilsin!

Yo Rasululloh, men sizni yaxshi ko’raman. Siz bilan to’yib-to’yib gaplashgim, muborak hidingizdan bo’y olgim keladi. Siz bilan bir masjidda namoz o’qisam deyman. Jamolingizdan nur olmoq istayman. Quchoqlab olgim keladi muborak jussangizni"¦
Garchi men bunga arzimasam-da, tushlarimga kiring yo Rasulalloh"¦

Mavludunnabiy muborak!

Qayd etilgan