Assalomu alaykum wa rahmatullohi wa barakotihu!
Alloh subhanohu va taologa cheksiz, O’zi istaganidan ham ko’proq hamdu sanolar bo’lsin!
Sayyidul avvalin va oxirin, Imomul anbiyo val mursalin Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vassallamga Allohdan salovat va salomlar yog’ilsin! Ul zotni ahli baytlari va sahobalaridan Alloh taoloning O’zi rozi bo’lsin!
Ramazon oyi muborak bo’lsin aziz dindoshim! Bu oyni fayzi va hayridan Alloh taolo barchamizga cheksiz ajr va savoblarni nasib etsin! Qur’oni karim nozil qilingan bu muborak oyda qilgan barcha ezgu amallarimizni ajrini Alloh taoloning O’zi bersin! Allohning suygan bandalari qatorida bo’lib, Uning mukofatiga sazovor bo’lish har bir dili iymonga to’la muslim va muslimaga nasib etsin! Payg’ambarimiz Rasululloh sallalohu alayhi vassallamdek ulug’ zotning haqiqiy ummatlari bo’lish bahti va Havzi Kavsarda ul zoti sharif bilan diydorlashish bahti hammamizga ham nasib aylasin! Bir-birimizga bo’lgan go’zal oqibatlarimiz Jannati Firdavsda ham davom etsin! Boshqa oyda topa olmaganlarimizni RAMAZONda topishni, bu oyda topganlarimizni esa yo’qotmaslikni ALLOH taolodan so’rab qolamiz! Alloh taolo amallarimizni maqbul va oxiratimizni go’zal bo’lishligini nasib qilsin! Omin!
OYLAR SULTONI RAMAZON MUBORAK!!!