Assalomu alaykum!
Yaqin kunlarda musulmonlar uchun yangi yil - muharram oyi ham kirib keladi.
Muharram oyi hijriy — qamariy taqvim bo‘yicha yilning birinchi oyidir. Birinchi Muharram yangi yilning boshlanish kunidir. Odatda musulmonlar bir-birlarini bu munosabat bilan tabrik etadilar.
Sizni ham yangi 1429 hijriy yil bilan tabriklaymiz. Ushbu yilda hayrli ezgu amallaringiz ko'proq amalga oshishini tilaymiz. Oilangizga tinchlik, hotirjamlik, baxt, qut-baraka yor bo'lsin!
Yangi hijriy yilingiz muborak bo'lsin!Muharram oyi haqida
Darhaqiqat, Muharram oyi hurmatli oydir. Muharram oyi Alloh taolo urushni harom qilgan to‘rt oydan biridir. Bundan ortiq hurmat bo‘lishi mumkinmi? Bu oyni Allohning oyi, deb nomlanadi, bundan ortiq ulug‘lash bo‘lishi mumkinmi?
Alloh taolo «Tavba» surasida:
«Albatta, Allohning huzurida oylarning soni Allohning osmonlaru yerni yaratgan kuni o‘n ikki oy qilib belgilangan. Ulardan to‘rttasi (urush qilish) harom (oylar)dir. Mana shu to‘g‘ri dindir. U(oy)larda o‘zingizga zulm qilmang», degan (36-oyat).
Ushbu oyati karima oylarning hisobi, tabiiy ravishda, Alloh osmonlaru yerni yaratgan paytdayoq, ularning harakatiga bog‘liq qilinib o‘n ikki etib belgilanganligini bayon qilmoqda.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Ramazondan keyingi eng afzal ro‘za, Allohning Muharram oyi ro‘zasidir. Farz namozdan keyingi eng afzal namoz tungi namozdir», dedilar.
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.
davomi...