Tabriklar va qutlovlar  ( 749961 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 ... 107 B


Robiya  08 Fevral 2008, 10:30:34

Assalomu alaykum!
 Olloh chiroyli amal qilguvchilarni sevadi. Barchamizga Allohning sevimli bandasi bo'lish nasib etsin. Sayyidul-ayyom, muborak Jum'a qutlug', aziz forumdoshlar!

Qayd etilgan


Munira xonim  08 Fevral 2008, 10:38:22

Va alaykum assalam.
Bu ulug' kun sizga, barcha forumdoshlarga va barcha yer yuzidagi mo'min-mo'minalarga qut'ug kelsin.
Bu kundagi ibodat va duolarimizni Alloh azza va jalla husnu maqbul aylasin!!!

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Fevral 2008, 08:18:20

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuh.
Aziz aka-ukalar,opa singillar barchangizga bugungi ulug' kun - Hajjul Masakiyn muborak bo'lsin.Bu ulug' kun hurmatidan Alloh taolo duolaringizni va ibodatlaringizni qabul qilsin!!!!
Alloh barchangizdan rozi bo'slin.

Qayd etilgan


Robiya  15 Fevral 2008, 13:38:44

Assalomu alaykum! Olloh xohlagan kishisini adashtirur, xohlagan kishisini To'g'ri yo'lda barqaror qilur. Hayot yo'limizda Olloh madadkor bo'lsin. Barchangizni bugungi Sayyidul - ayyom, muborak Jum'a bilan tabriklayman! Bu ulg' kunda barcha niyatlaringiz ijobatini tilayman!

Qayd etilgan


Robiya  15 Fevral 2008, 13:44:54

Assalomu alaykum! Bugun forumimizning fidoyi administratori, ibrat olarli xulq-atvor egasi, barchaga ko'makdosh administratorimiz AbdulAziz akaning tavallud kunlari ekan, barcha a'zolar nomidan u kishini bu kun bilan tabriklayman. U kishiga mustahkam sog'lik, ishlarida muvaffaqiyat, oilalariga tinchlik, xotirjamlik tilayman. Ilohim, savob amallarini Allohim bardavom qilsin. Alloh sizni kam qilmasin!

Qayd etilgan


shoir  15 Fevral 2008, 14:00:40

Tabriklayman AbdulAziz!
Umringiz uzoq bo'lsin! Ota-onangiz orzuidagi inson bo'lib yetishing.
O'zingizga o'xshagan soliha, aqlli kelin nasib etsin!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  15 Fevral 2008, 17:21:57

Tabrigimni qabul qilgaysiz AbdulAzizbek!

Olloh barcha o'ylagan ezgu niyatlaringizni ijobat qilsin. Ota-onangiz boshlariga sog'-omon bo'ling. Forumdagi fidoiyligingiz yo'qolmasin. Dunyodagi eng samimiy tilaklar bilan ukangiz Xushnudbek!

Qayd etilgan


Usmon  15 Fevral 2008, 17:51:23

Men ham tavallud topgan kuningiz bilan tabriklayman.
Ozgina vaqt ichida akadek bo'lib qoldingiz. AbdulAziz ismini eshitsam, qo'lidagi "ilm" niholini barchaga ulashishga harakat qilayotgan kishi ko'z oldimga keladi (Bu yerda oldin smaylik turgandi, olib tashladim, chunki haqiqatdanam shunday).

ALLOH o'z panohida asrasin.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 Fevral 2008, 17:57:40

Assalomu alaykum!!!

Men ham fursatdan foydalanib Abdulaziz akani tavallud kunlari bilan tabriklayman. Allohim ishingizning rivojini bersin. Hamisha yaxshi ishlar qilishdan charchamang. Alloh sizni hamisha panohida asrasin!!!

Qayd etilgan


Abdusalom  15 Fevral 2008, 18:40:41

AbdulAziz!
Ko'p yashang. Tabrikliman.
Eng ulug' baxt, oltin taxt, tuganmas iymon, yaqinlaringizning salomatligini tilayman!
Qilayotgan ezgu amallaringiz yana bardavom bo'lsin!
Alloh rozi bo'lsin!

Qayd etilgan