Tabriklar va qutlovlar  ( 749993 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 ... 107 B


Kumushbibi  15 Fevral 2008, 19:23:24

Assalomu alaykum!
AbdulAziz,chin qalbimdan tabriklayman! Uzoq umr,tuganmas baht,hamisha salomatlik va dunyodagi barcha ezgu tilaklarni tilab qolaman.Doimo hozirgidek sevimli va qadrli bo'lib yuring!

Kumushbibi

Qayd etilgan


Farida  15 Fevral 2008, 19:39:18

TABRIKLAYMAN!
Avvalo Sizga tashakkur temoqchiman.
Mana shunday fayzli forum va sayt tashkil etib, bizani xursand qilganiz uchun!
Doimo baxt saodatli bo'ling.
Bizani baxtimizga, forumchilarning minglab sayt muxlislarini baxtiga doimo sog'-omon bo'ling.
Bunaqa yoshlarni ko'pini ko'rib yuring.

Samimiyat ila, Farida

Qayd etilgan


ikbaljohn  15 Fevral 2008, 21:20:17

Абдулазиз,тугилган куниз билан!
Яна битта маргилонлик юзерни тугилган куни скан! Watson,тугилган куниз билан!

Qayd etilgan


Mohinur  16 Fevral 2008, 09:39:22

Abdulaziz, tabriklayman.
Dunyodagi eng yaxshi tilaklar hamrohingiz bo'lsin!
ZiyoUz millatimiz yoshlarimizga Ziyo ulashish yo'lida doimo pehqadam bo'lib qolaversin!

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Fevral 2008, 11:25:11

Assalomu alaykum!
Barchangizga samimiy tilaklaringiz uchun tashakkur.
Alloh rozi bo'lsin! Sizga bundan-da ziyodasini tilayman.

Robiya, tashakkur. Doimo shunaqa tirishqoqlik, o'zingizga ravo ko'rganingizni bizlarga ham ravo ko'rishlik, ilmga chanqoqlik sizni tark etmasin! Siz joylab borayotgan darslarni juda ko'pchilik o'qishar ekan. Ularning ham tashakkurnomalarini qabul qiling.

Shoir, do'stim tashakkur. Siz haqizda umuman gapirmasa ham bo'ladi. Forumning eng jonkuyarlaridan. Talabalarga dars berish har doim sizga zavq bag'ishlasin!

Y_U_R_I_S_T, juda kam muddatda ko'pchilikka qadrdon bo'lib qolgan ajoyib user. Xudnudbek inim, sizdagi ilmga intilish, intellektual salohiyatga xavas qilsa arziydi. Har doim shunday bo'lib qoling. Ilm olishdan, uni tarqatishdan aslo charchamang.

Usmon, samimiyatiga qoil qolaman. O'zining texnik bilimlarini boshqalarga ham beminnat ulashayotgan bu userimizga ham tashakkur izhor qilaman. U;larning ham darslaridan juda ko'pchilik bahramand bo'layapti ekan. Davom etavering. Yangi-yangi ilm cho'qqilarini birgalikda egallaymiz.

Akbar, judayam yaxshi bola. Samimiy, yuvosh. Moliyachilarga umuman o'xshamaydi! :) Hammaga yaxshilik qilgisi keladi. Qayerdan, qanday qilib, birovni ko'nglini olsam deb yuradi. Iloyim, doimo shu his sizni tark etmasin!

Abdusalom, ham quvnoq, ham aqlli bola. Eski shahar bezorilaridan. :) Ular ham ancha payt ko'rinish bermay yurdilar. O'zi shunaqa, bu bola ba'zida yo'qolib qoladi. Lekin "ZiyoUz Viktorinasi"dagi so'nggi savollaringiz juda qiyi ekan.

Kumushbibi, forumning eng eski va qadrdon userlaridan. Aqlli, bilimli va samimiy inson. Ancha payt kamnao bo'lib qolgan edilar. Inshaalloh, bundan buyog'iga faol bo'ladilar deb umid qilamiz.

Farida, forumda judayam operativ faoliyati bilan ko'pchilikning olqishiga sabab bo'lgan. U ham nima topsa forumga ilinadi. Doimo ko'pchilikni xursand qilib yuradi. Shu fazilat sizni hech qachon tark etmasin!

Ikbaljohn (ishqilib to'g'ri yozdimi?), hamshahar, hammaktab. Ajoyib inson, forumdagi eng quvnoq inson desa ham bo'ladi. Lekin hayotda unaqamas. Juda jiddiy qaraydi hamma narsaga. Avvallari juda zo'r she'rlar yozardilar. Bilmadim, balki hozir ham yozib turgandilar...

Mohinur, bu userimiz ham forumning eng eski qadrdonlaridan. Qariyb 4 yildirki, o'z avatar va imzolarini o'zgartirmaganlar :)

Barchangizga yana bir bor tashakkur!
Sizlar bor ekansizlar, inshaalloh bu forumimiz yana-da gullab-yashnaydi.
Inshaalloh sizlar bilan Ziyo olamini yangi nurlar, yangi ilmlar bilan to'ldiramiz!

Qayd etilgan


Farida  19 Fevral 2008, 15:03:38

Assalomu alaykum!
Samimiy mulohaza va tilklar uchun sizga ham tashakkur!
Alloh sizdan rozi bo'lsin!
Qalbizdefgi barcgha tilaklarga o'z yor bo'lsin!

Qayd etilgan


Robiya  22 Fevral 2008, 12:14:23

Assalomu alaykum! Olloh qilayotgan amallaringizni ko'rguvchidir. ("Anfol" surasi, 72 oyat) Barchangizga Muborak Jum'a - Sayyidul ayyom qutlug' bo'lsin! Alloh hammamizni o'z panohida asrasin!

Qayd etilgan


Robiya  29 Fevral 2008, 10:57:00

Assalomu alaykum! Kecha va kunduz odamlar uchrashadigan bir bekat. Oxir-oqibat bu bekatlar ularni so'nggi manziga olib borajak.
  Shunday ekan, har bir bekatda kelajaging uchun ezgu amallar qilishga shoshil. Chunki so'nggi manzil yaqin. Barchangizga bugungi ulug' kun - muborak Jum'a, Sayyidul-ayyom qutlug' bo'lsin!

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Fevral 2008, 12:52:47

Assalamu alaykum.
Bu Muborak kun barchangizga muborak bo'lsin!
Alloh taolo bugungi ibodat va duolarimizni husnu maqbul aylasin!!!

Qayd etilgan


Mars  29 Fevral 2008, 13:17:30

Rahmat sizlarga ham muborak bo'lsin

Qayd etilgan