Tabriklar va qutlovlar  ( 749679 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 ... 107 B


Foniy  02 May 2008, 11:04:01

Assalomu alaykum!
Sayyid-ul ayyom Muborak!

Rasululloh (s.a.v.) bildirdilar:
- Mening oldimga Jabroil alayhissalom keldi. Qo'lida oppoq bir oyna bor edi. "Bu - Jum'a. Rabbing uni - senga va ummatingga bayram bo'lsin deb - senga farz qildi!" dedi. "Bizga undan nima foyda chiqadi!" dedim. Dediki:
- Jum'ada siz uchun xayrli bir soat bor, kim u soatda xayrli bir narsa istasa, Olloh uni albatta beradi. Yoki bir gunohdan saqlanish uchun Ollohga sig'insa, Olloh uni saqlaydi. Bizningcha, u - kunlarning eng ulug'idir. Biz oxiratda yavmul-mazid deymiz uni. (yavmul-mazid - ortig'i bilan quvonch berilgan kun, demakdir).

Mukoshafat ul-qulub, Abu Homid G'azzoliy

Bayramingiz Muborak bo'lsin, ahli mo'min birodarlar!

Qayd etilgan


Mahdiyah  02 May 2008, 11:38:03

Bugungi ayyom Juma hammaga muborak bo'lsin!

Rasuli Akram sollallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œShunhasiz, Juma kuni kunlarning muboragi va buyugidir. U Alloh nazdida Qurbon bayrami kunidan ham, Ramazon bayrami kunidan ham buyukdir".
(Ahmad, Bayhaqiy, Ibn Moja)

http://sayyidulayyom.pochta.ru/juma24d.JPG

Qayd etilgan


Robiya  02 May 2008, 13:12:43

Assalomu alaykum!

Olloh muhabbatin qalbga joylagan,
Bu kun oxiratni eslamoq kerak.
Rasululloh sevib bayram aylagan,
Jum'a ayyomingiz bo'lsin muborak!

Barcha forumdoshlarimni bugungi muqaddas kun - Yavmul mazid, muborak Sayyidul-ayyom bilan muborakbod etaman. Ilohim, barcha ezgu niyatlaringizni Alloh ijobat aylasin!

Qayd etilgan


Robiya  16 May 2008, 10:16:08

Assalomu alaykum!
 Sayyidul-ayyom muborak bo'lsin!

  Abu Luboba ibn Abdulmunzir rivoyat qiladi. Rasululloh (SAV) aytdilar:

" Jum'a kuni kunlarning sayyidi va Alloh nazdida eng ulug' kundir. U Allohning huzurida Ramazon va Qurbon hayitlaridan ulug'roqdir. Unda besh xislat bor: Alloh Odamni shu kunda yaratdi, shu kunda Alloh uni Yerga tushirdi, shu kunda Odam vafot etdi, u kunda shunday bir soat borki, o'sha soatda Allohdan nimani so'rasa, faqat harom narsadan boshqasini albatta, beradi, shu kunda qiyomat qoim bo'ladi, Parvardigori huzuridagi muqarrab farishtalar, osmon va yerdagi bosh farishtalar jum'a kuniga mushtoqdir"

Al-faqih Abu Lays as-Samarqandiy "Tanbehul-g'ofiliyn"

Qayd etilgan


Foniy  16 May 2008, 11:19:51

Assalomu alaykum!
Sayyid-ul ayyom Muborak!

Rasululloh (s.a.v.) bildirdilar:
- Tepasida quyosh tug'ilgan eng xayrli kun Jum'a kunidir... Ollohning nazdida bu kun yavmul-maziddir. Ko'kdagi farishtalar ham bu kunni shu nom bilan aytadilar. Ollohning jamoli tomosha qilinadigan kun ham shu kundir.
- Olloh Jum'a kuni olti yuz ming kishini jahannamdan ozod qiladi.
- Jum'a omon bo'lsa, boshqa kunlar omon bo'ladi.

Mukoshafat ul-qulub, Abu Homid G'azzoliy

Bayramingiz Muborak bo'lsin!

Qayd etilgan


Robiya  23 May 2008, 13:05:29

 Assalamu alaykum!
 Sayyidul-ayyom muborak bo'lsin!

  Imom Ahmad va Imom Termiziy Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilgan rivoyatda janobi Rasululloh sav bunday deb marhamat qiladilar:

  "Jum'a kunida 1 soat borki, mo'min banda Allohga yaxshilik bilan qilgan holda o'sha soatga muvofiq kelsa, Alloh uni mustajob qiladi".

  Duo ijobat bo'ladigan jum'a kunidagi mazkur soat haqida xabar berib, Payg'ambarimiz sav imom minbarga chiqib o'tirganidan to namoz o'qib bo'lguncha oraliqda bo'lishini aytib o'tganlar (Imom Muslim rivoyati).

  Anas ibn Molik r.a.dan Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda esa Payg'ambarimiz sav: "Jum'a kunida umid qilinadigan o'sha soat asrdan keyin quyosh botguncha bo'lgan vaqtdan izlang!", - deganlar.

  Imom Ahmad Abu Hurayra r.a.dan qilgan rivoyatda Payg'ambarimiz sav bunday deganlar:

  "Jum'a kunida eng oxirgi uch soatning birida o'sha soat bor. Kim unda Allohga duo qilsa, mustajob qilinadi".

  Demak, inson Jum'a kunining iloji boricha, hamma soatini ibodatda, zikrda,duoda o'tkazishi kerak. Agar iloji bo'lmasa, Payg'ambarimiz sav tilga olgan yuqoridagi vaqtlarni g'animat bilishi kerak.

  Yana bir bor duolar mustajob bo'ladigan ushbu muqaddas kun - Hajjul-masokiyn Sizlarga muborak bo'lsin, azizlarim!

Qayd etilgan


Robiya  30 May 2008, 15:53:02

Assalamu alaykum! Barchangizga Sayyidul-ayyom, Muborak Jum'a qutlug' bo'lsin!

    Allohumma soli a'la sayyidina Muhammadin va va a'la ali sayyidina  Muhammadin solatan tunjiyna biha min jamiy'il ahvali val afat va taqzi lana biha jamiy'al hajat va tutohhiruna biha min jamiy'is sayyiat va tarfauna biha indaka alad darojat  va tubbalig'una biha aqsol g'oyat, min jami'il xoyroti fil xayati va ba'dal mamat. Bi rohmatika ya arhamar rohimiyn. Hasbunallohu va ni'mal vakiyl ni'mal mavla va ni'man nasiyr. G'ufronaka robbana va ilaykal masiyr>>.
   "Allohim! Payg'ambarimiz. Muhammad (S.A.V) oilasiga shunday bir solat-u salom
yuborginki, u salot-u salom ila bizni xavotirlardan. qorquvlardan falokatlardan muhofaza et. U salot-u salom ila barcha xojatlarimizni ravon qil. U salot-u salom ila bizlarni eng yuksak darajalarga chiqar.Goya va maqsadlarning end oxirgi darajasiga bizni yetishtir. U salot-u salom bizni tirikligimizda va olganimizdan so'ng yaxshiliklarga qovushtir. Buyuk Alloh bizga yetarlidir. U naqadar yaxshi Vakil, naqadar yaxshi qo'riqlovchi va naqadar yaxshi yordamchidir"

Qayd etilgan


Furqat_Hasanovich  30 May 2008, 22:41:21

Barcha Mo'minla Jumah  Muborak, Alloh qilgan Juma ibodatlarimizni dargohida Qabul etsin

Qayd etilgan


Robiya  06 Iyun 2008, 15:06:14

Assalamu alaykum! Barchangizga ushbu duolar qabul bo'ladigan Muqaddas kun - Sayyidul-ayyom, Jum'a Muborak bo'lsin!


Qayd etilgan


Robiya  20 Iyun 2008, 16:40:04

Assalomu alaykum! Jum'a ayyomingiz muborak bo'lsin, azizlar!
 "Biz aytgan istig'forning o'zi ko'-o'p istig'forga muhotjdir" Robiyayi Adaviya
                 
  Ushbu kunda qilgan barcha ezgu duolaringiz ijobat bo'lsin! Sayyidul-ayyom qutlug' bo'lsin!

Qayd etilgan