Tabriklar va qutlovlar  ( 749401 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 ... 107 B


siddiqa  21 Avgust 2009, 08:16:08

 :as:
Bizlarni xalq qilgan va'dasi haq va azobi shiddadli,mo'minlarga rahmati har nedan ustun bo'lgan ,Alloh subhanahu taologa beadad ,behisob va mukammal hamd sanolar bn .
Ummatim ,ummatim deya doimo bizning dardimiz ila yashagan vaqiyomatga qadar dardimizga sherik bo'lgan sarvari Koinot maqatalgan Mahmud sav saloti durrudlar bo'lsin .
Allohim mo'minlarga rahamatini yog'dirsin ,aziz dindoshlar bugungi juma ayyomingiz va qalblar intiq bo'lib kutayaotgan mohi ramazon barchangizga qutlug' bn ,Alloh oqibatlarimizni hayirli qilsin .ramazonda g'ofil topgan qalblarimiz ko'zlarining pardalari umirbodga ko'tarilsin ,bu oyni huddi jannat vasfini sezgandek ,saodat shamollarini his qilib o'tkazishlikni janobi Haqdan so'rab qolamiz .
assalamu aleykum .

Qayd etilgan


Muzayyana  21 Avgust 2009, 11:01:47

 
:bs1:
Assalamu alaykum.
O'zining cheksiz hikmati bilan bizga muborak oyni ato etgan Biyru Bor Parvardigorimizga mahluqotlarining adadi qadar hamdu sano bo'lsin.
Biz "Ramazon ummartimning oyi "deya tabir qilgan buyuk muallim , olamlarga rahmat bo'lgan habibimiz Muhammad  :sw: ga to qiyomatga qadar salotu- durud yog'ilsin.
Islomni xalqlarga yetib kelishi uchun jon berib jon olgan Allohning suyukli qullari, ibodat peshvolariga Allohning rahmati bo'lsin.
"O'n kuni rahmat, o'n kuni mag'firat, keyingi o'n kuni do'zaxdan panoh" deya tariflangan oy , o'n ikki oy ichida sulton Ramazon muborak bo'lsin. Allohim bu oyni hammamizga hayrli qilsin. InshaAlloh mana shu oyda yolg'iz Allohning yuzi uchun qilinadigan amallar Jannatga kirishimizga vasila bo'lsin, amin.
Aziz birodar, bugungi Jum'a va Ramazon oyi barchangizga muborak bo'lsin!
Va assalamu alaykum!

Qayd etilgan


Fatima  21 Avgust 2009, 12:14:39

                              :bs1:

                           :as:

Olamlarni tarbiyat qiluvchi Alloh taologa beadad, go`zal va muborak (barokatli) hamd bo`lsin! Uning Zoti azamatiga va saltanatining buyukligiga qandayin hamd sazovor bo`lsa, shunday hamd-u sanolar bo`lsin! Va Sayyidimiz - Muhammad  :sw: va uning ahli xonadoniga va ashoblariga va Unga sidqidildan tobe` bo`lgan barcha izdoshlariga salotu salomlar bo`lsin!

Salmoni Forsiydan rivoyat qilingan bir hadisda Allohning Rasuli  :sw: shunday deganlar:
"Ey Insonlar! Buyuk va juda muborak bir oyning soyasi sizni ustingizga tushibdi. U oyda qadr kechasi bordir-ki, ming oydanda xayrlidir. Alloh uni Ro`zasini farz, tunggi ibodatini esa nafl qildi. Kim u oyda xayrli ishlar qilsa, boshqa oylardagi farz qilingan ishlarni bajargan bo`ladi. Kim u oyda farz ishlarni amalga oshirsa, boshqa oylardagi 70 farzni amalga oshirgan bo`ladi. U oy sabr oyidir, sabrning javobi esa - JANNATdir. U - yaxshilik oyidir. U oy mo`minning rizqini oshiradigan oydir. Kimki u oyda birorta ro`zadorga iftorlik qilib bersa, uning gunohlari kechiriladi va do`zaxdan ozod bo`ladi. Shuningdek, unga ham ro`zadorning savobidan hech qancha kam bo`lmagan savob beriladi".

Barchamiz toatlar ila kutgan mehr-shavqat oyi Ramazon va bugungi Sayyidul Ayyom - JUM`A barchamiz uchun xayrli va muborak bo`lsin. Allohim barcha qilayotgan ibodatlarimizni maqbul aylasin.  :amn:
Duolaringizda unutmang ...
                                   

Qayd etilgan


Foniy  21 Avgust 2009, 12:25:39

 :as:

Mo`minni sevdirgan mehr Muborak,
Ro`zada asqotgan sabr Muborak.
Bundan-da ajoyib, bundan-da go`zal
Ming kundan afzalroq Jum'a Muborak!

Sayyid-ul Ayyom Jum'a hamda Mohi Sharif Ramazon barchamizga Muborak bo`lsin, Olloh  :jl: subhonahu va taolo barcha mo`min bandalariga bu oyda eng munosib ajru-savoblar oladigan amallarni bajarishlikni nasib aylasin,  :amn:

Qayd etilgan


Hadija  21 Avgust 2009, 13:02:22

Assalam alaykum Wa Rahmatullohi Wa Barakatuh...
Qadirli aziz dindosh birodarlarim, bugungi, Sayidul Ayyam Hajjul masokin, Jum'a va ertangi Mohi Ramazon muborak bo'lsin. InshaAlloh, qilib kelayotgan va qilajak hayirli amallarimizni O'zi O'z dargohida maqbul aylab, Ajri ila mukofotasin. Qo'shaloq Ushbu kunlar yna bir bora muborak...

Qayd etilgan


Robiya  21 Avgust 2009, 15:07:10

:bsm:

 :as:

«Ey mo‘minlar, taqvoli kishilar bo‘lishingiz uchun sizlardan ilgari o‘tganlarga farz qilingani kabi sizlarga ham sanoqli kunlarda ro‘za tutish farz qilindi» (Baqara, 183)

Ushbu ilohiy amr sabab har yil intiqib kutganimiz mohi sharif Ramazon ham kirib keldilar!

Xush keldingiz, muborak Oy! Xush keldingiz, rahmat,mag'firat,do'zaxdan omonlik bo'lgan Oy!

Aziz dindosh birodarlarim,qadrli forumdoshlarim, barchangizni ushbu muborak KUN bilan tabriklayman!

Bugun shuningdek miskinlar haji - Sayyidul ayyom ham!

Allohim O'zingga shukr, shunday ulug' kunlarga yetkizganing uchun hamdlar bo'lsin Senga!

Sizlarga duolaringizdagidan ham, niyatingizdagidan ham afzalini tilayman!


Qayd etilgan


Bayern M  21 Avgust 2009, 15:24:54

Sog'inib kutilgan Ramazon oyi kelmoqda. Rabbim, ushbu oyda Sen uchun to'yib to'yib yig'lamoqni nasib etgin! Bizlarni ko'p shukr qilguvchi shokir bandalaringan, ko'p zikr qilguvchi zokir bandalaringdan qilgin! Muborak oy muborak bo'lsin qadrdon dindoshim!

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  21 Avgust 2009, 15:46:37

Ассалому алайкум ва рохматулох ва барокатух.
Boqiylik va davomiylik hamda izzatu kibr bilan yagona bo‘lgan, bandalari uchun foniylikni yaratib, ularni farz kilgan narsalari sababli baxtli va baxtikarolik guruhiga taqsimlagan Allohga hamdu sanolar bo‘lsin! Biz Unga xamdu sanolar va istig‘forlar aytib, tavbalar qilamiz hamda nafsimiz va yomon amallarimizdan panox so‘raymiz. Va barcha mujohidlarning rahbari Muhammad sollallohu alayhi va sallamga, u kishining oilasiga, ashoblariga va u kishiga Qiyomatga qadar ergashgan barcha musulmonlarga Zalolat saxrosida sarson-sargardon bo‘lgan gumroxlarni xidoyat yo‘liga yetaklagan, bu yo‘lda yo‘likkan barcha mashakkatlarga mardanavor sabr etgan, barcha paygambarlar va barcha da’vatchilarga Allox Ta’oloning salotu-salomi va marxamati bo‘lsin!
Allox Subxanaxu va Ta’olo O’zi xidoyat va raxmatni in’om etgan zotlarning yo‘llariga bizlarni xam xidoyat etishini, raxmatidan maxrum etilib, gazabiga giriftor bo‘lganlar xamda xidoyatdan benasib etilib, gumrox bo‘lganlarning yo‘llaridan bizlarga panox berishini so‘rab, Ul Buyuk Zot O’ziga xar kuni bir necha bor iltijo kilmokligimini nasib aylasin..

. To’la bir yil 12 oy birin ketin  biz qilgan yaxshi va yomon ishlarimizni yelkasiga olgancha o’tdi ketdi. "œOlloh rost aytadi Zero Ollohdan kura rostgo’yroq kim bor biz bu kunlardi odamlar orasida aylantirib turamiz" (Oli Imron surasi 140 — oyat ) Olloh kecha va kunduzni aylantirib turadi. Albatta bunda  qalb egalari uchun  ibrat bordur. (Nur surasi 44 — oyat). Ibni kasir rahmatulloh alayh aytadi. Kunlar birin ketin o’ta veradi biz ko’z ko’rib turgan holda ajallarimiz sari boraveramiz. Umrimizdan o’tgan har bir daqiqa har bir soniya tog’larcha oltin kumush sarflasakda also ortga qaytmaydi.

Hammalarini Juma bayrami va Ramazon bayrami bilan tabriklayman.


Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  21 Avgust 2009, 19:35:09

Ассалому алайкум!
 :bs1:
А амазон муборак бслсин!

Дуоларингизда бизни ҳам унутманг!


Qayd etilgan


siddiqa  22 Avgust 2009, 05:28:29

Gofillardan qilmagin Rabbim ,
Uyg'ot meni azoningla ....,
qalbga sakinatni cho'mdirgin bugun ,
rahmat bo'lgan ramazoningla .


                                   

Qayd etilgan