Tabriklar va qutlovlar  ( 750119 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 ... 107 B


ЖАМШИДЖОН  15 Sentyabr 2009, 18:05:05

MİNG OYDAN HAM HAYİRLİ BO'LGAN QADR KECHANGİZ MUBORAK BO'LSİN!



O'zbekistonda qadr kechasi ertaga bo'ladigan bo'ldi Zamira opa. Turkiyada esa bugun

Qayd etilgan


Ansora  15 Sentyabr 2009, 18:10:08

Rabbim bizga Qor'onni bu kechada nasib etdi. Musulmon olamining "Qomusi"-Qur'oni Karimga rioya qilishni, hayotimizni Qor'onning bizga ko'rsatgan to'g'ri yo'lda yashashni nasib etsin insholloh. Bu yo'lda asta-sekin bo'lsa ham sog'lom qadamlar tashlashda yana Olloh O'zi bizga madadkor bo'lsin. Omin.

Qayd etilgan


Ansora  15 Sentyabr 2009, 18:13:00

Jamshidjon katta rahmat. Olloh rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


Ansora  15 Sentyabr 2009, 18:18:08

Yo Rabbim!
Yuzimizni go'zallashtirganing kabi ahloqimizni ham go'zallashtir!

İymonimizni yangila va bizlarni Sening yo'lingdan ayirma!


Qayd etilgan


Ansora  15 Sentyabr 2009, 18:38:45


Qayd etilgan


Ansora  15 Sentyabr 2009, 18:39:44


Qayd etilgan


Ansora  15 Sentyabr 2009, 20:59:44

Laylatulqadr bilan bog'liq tabriknomalardan biri O'zbekiston bayrog'iga o'chshab ketarkan. O'zbekiston Xalqining Qadr Kechasi hozirdan muborak bo'lsin!


Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  16 Sentyabr 2009, 10:39:00

Assalamu alaykum varoxmatulloxi va barokatuxu va mag‘firatuxu.Siz va bizni "œIYMON LAZZATIDAN "œ baxramand kilib  ko‘ygan allox taologa xamdu sanolar bo‘lsin . Ikki dunyo oftobi, Barcha mo‘minlarni shafoatgo‘yi  payg‘ambarimiz Muxammad mustafo sallolloxi taala alayxi vasallamning muborak ruxoniyatlariga salovoti shariflar bo‘lsin.
Bayram tashvishlari va tayyorgarliklari boshlanganiga bir necha kun bo‘lib qoldi va bu holatlar hali yana bir necha kun davom etadi.
Endi barcha tashvishlarni bir chetga yig‘ishtirib qo‘yaylik! Axir yaxshi niyatlar bilan qadam qo‘yayapmiz. Bu ramazon oyida oilamizga farovonlik, hammaga sog‘lik-omonlik tilaylik. Yurtimiz tinch, boshimiz uzra osmon musaffo bo‘lsin! Yigitlarning qaddi bukilmasin, oriyati, g‘ururi toptaladigan voqealar yuz bermasin! Ayollar bolalarining baxtidan ko‘ksilari tog‘ qadar yuksalsin! Voyaga yetgan go‘zal va farishamisol qizlarimiz beka bo‘lishsin, ona bo‘lishsin! Kelinchak degan mas’uliyatli va yoqimli kalomga loyiq ko‘rilganlar esa beshik quchishsin, allalar aytishsin, turmush o‘rtog‘ining omadidan faxrlanib yurishsin!
"Faqat imon keltirgan va solih amallarni qilgan, bir-birlariga haqiqatparvar bo‘lishni tavsiya etgan va bir-birlariga sabrli bo‘lishni tavsiya etgan zotlargina bundan mustasnodirlar". Parvardigorimizga imon keltirib, bir-birlarimizni chiroyli amallar qilishga va o‘zaro sabrli bo‘lishga da’vat qilib, tinch va totuvlikda istiqomat qilishga nasibu ro‘zi aylasin! Omin.

Qayd etilgan


Robiya  16 Sentyabr 2009, 15:40:41

Assalamu alaykum wa rohmatullohi wa barokatuh!

Aziz dindosh birodarlarim, forumdoshlarim!

Savobi ming oydan ham yuqori bo'lgan muborak KUN - LAYLATUL QADR Sizga xayrli kelsin!

Ushbu kunda qilajak barcha xayrli duolaringiz ijobat bo'lsin ilohim!

Duolarda mo'min musulmonlar qatorida kamina ojiza birodaringizni ham unutmaysiz degan umiddaman!..





[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan


Abdurasul  16 Sentyabr 2009, 16:23:28

Assalomu alaykum va Rohmatullohi va Barakotuhu va Mag'firatuhu aziz mo'min va mo'minalar, muslim va muslimalar.Muqaddas qomusimiz nozil bo'lgan ushbu kecha muborak bo'lsin.Hammangizni Alloh o'zi yorlaqasin.Haq yo'lida adashtirmasin.Jannatdagi 99nematini hammangizga nasib etsin inshaolloh.

Qayd etilgan