Tabriklar va qutlovlar  ( 749378 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 ... 107 B


Foniy  09 Oktyabr 2009, 11:11:03

 :as:

Bu kun go`zallikdan so`zlaydi tillar,
Bu kunda shodondir mo`min ko`ngillar.
Ollohdan savoblik amallar tilab
Duoga qo`l oching aziz odamlar!

Ayyomingiz Muborak bo`lsin!

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  09 Oktyabr 2009, 11:23:54

Assalomu aleykum va rahmatullohu barakotuhu !!!

O’ziga itoat qilgan va taqvodorlarni aziz, amriga muxolif bo‘lgan va osiylik qilganlarni xor qiluvchi, tavba va taqvo qilganlarning gunohlarini kechiruvchi, amridan yuz o‘girib, ta’qiqlaganlarini qilganlarni jazolovchi Allohga hamdu sanolar bo‘lsin.

Bandalariga quloq, ko‘z va qalblarni shukr qilarmikanlar deya ato etgan, bandalari ustidan turfa ne’matlarni yog‘dirgan, bu ne’matlardan sarhisob qilib, ularni javobgar qilgan Allohga hamdu sanolar bo‘lsin! Bu ne’matlar bilan in’om qilgan Zotga ibodat qilish uchun foydalanganlar najot topganlardur, Unga osiylikda sarf etganlar esa, Qiyomat kunida, o‘zlari va oilalari ziyon ko‘rganlar qatorida bo‘ladi. Unutmanglarki, o‘sha kundagi ziyon — haqiqiy ziyondir!

Men: «Sheriksiz va yagona, biron narsani xohlasa unga «Bo‘l!» desa bo‘ladigan Allohdan boshqa iloh yo‘q» ekaniga hamda «Muhammad ibn Abdulloh — Uning payg‘ambarligi bilan payg‘ambarlar va rasullar(ning kelishi) tugallangan zot, Uning hidoyati va siyratiga to‘g‘ri yo‘ldagilargina ergashishiga» guvohlik beraman. Allohim, Muhammad ibn Abdullohga, Uning oilasi, sahobalari va Undan talaffuz, amal, harakat va sokinlikda o‘rnak olgan barchaga salavotu salomlar yo‘lla. 


Xamma mumin  -  musulmonlarning  bugungi Juma sayyidul-ayyom bayrami  barchangizga muborak bo‘lsin. birodarlar

Qayd etilgan


Robiya  09 Oktyabr 2009, 15:51:44

 :as:


Qayd etilgan


IXLOS  15 Oktyabr 2009, 09:01:04

Assalamu aleykum OLLOH suygan ahli musulmonlar!!!
Men bugun barcha forumdosh birodarlarim nomidan MUHAMMAD SOHIB akamizni
nikoh to'ylari munosabati bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Ularga Olloh taolo o'zlari hohlagandek soliha, muslima jufti halol nasib etishini tilab qolaman!
Muhammad Sohib aka ilohim Haq taolo, Sarvari Koinotga xos va mos juhti halol va farzandlar ato etsin,
doimo sog'lik-salomatlikda, iymon butunligida, bahtli hayot kechirishingizni so'rab qolamiz!!!

Qayd etilgan


Ansora  15 Oktyabr 2009, 12:19:49

V.Alaykum assalom. İhlos, men ham sizning duo va tilaklaringizga qo'shilgan holda,
Muhammad Sohibjonga kelin qiz bilan birgalikda ikki dunyo saodatini tilab qolaman.



Qayd etilgan


Hadija  15 Oktyabr 2009, 13:07:03

Chin Qalbdan tabriklayman. Alloh hayirli va barokatli qilsin. Ilohim, islom diniga xizmat qilguvchi oilalardan biri bo'lsin...

Qayd etilgan


Abdul_Malik  16 Oktyabr 2009, 00:02:39

Dinninig yarmini barpo etib, "Yahshilar" safiga qo'shilganiz bilan tabriklayman!

Qayd etilgan


Mahdiyah  16 Oktyabr 2009, 00:04:38

Alloh muborak qilsin!!!

Din uchun, HAQ uchun hizmat qiluvchi farzandlardan nasib qilsin!!!

Qayd etilgan


Abdulhafiz  16 Oktyabr 2009, 05:43:01

:as:
Azizlar jum'a ayyomingiz muborak bo'lsin.
Ushbu ulug' kundagi duo va ibodatlaringizni Alloh :jl: dargohida maqbul aylasin.

Qayd etilgan


Ansora  16 Oktyabr 2009, 10:22:59

Rabbim, barchamizni Juma kunining qadrini bilib duo qilganlardan aylasin insholloh.

Qayd etilgan