Odamdan azizroq muqaddas bu yöl,
Indamay bosh egmish Iloh amriga,
Shu buyuk e'tiqod sababin körgin -
Allox kafil böldi "qurbon" umriga.
Islomga tutajak baxtli qöllarin
Yig'lamay turolgan "ox-voximlar"ga,
Dunyo tahsin aytmish Ismoillarin
Qurbon qila olgan Ibrohimlarga.
Qurbon ayyomiga qalbingni tutgil,
U kulib tinglaydi bayotimizni,
Aslida bu yölga arziydi butkul
Qurbon qilishlikka hayotimizni!
X.Hamidov. 26.11.2009