Tabriklar va qutlovlar  ( 745319 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 ... 107 B


siddiqa  27 Noyabr 2009, 06:28:40

 :as:
Dunyoda bayramlar to'lib yotibdi ,
ularning asli cho'pchak yo ertak ,
bugun hatto quyosh go'zal otibdi ,
Hayit bayramingiz bo'lsin muborak


Dindoshlar hayit ayyomingiz muborak .

Qayd etilgan


Mahdiyah  27 Noyabr 2009, 07:09:26

Yana bir bor
H A Y I T    M U B O R A K    B O ' L S I N!



Qayd etilgan


Muslimа  27 Noyabr 2009, 08:04:02

 :as:

   Musulmonlar uchun Qurbon haytini bayram qilgan Allaoh taologa cheksiz hamdu sano va shukurlar bo'lsin! Bu ulug' bayramni chiroyli nishonlashni bizlarga o'rgatgan Rasululloh  :sw: ga Allohdan salovat va durudlar yog'ilsin!
Iyd Al-Adho butun musulmon ahliga muborak bo'lsin!
Alloh subhanahu va taolo ushbu kunni fayzi va hayridan barchamizni bahramand qilsin! Alloh uchun qurbonlik qilayotgan barcha mo'minlarni qurbonliklarini Alloh O'zi qabul qilsin! Haj qilish bahtiga erishgan mo'min va mo'minalarni ibodatlarini Alloh husni maqbul aylasin!
     Allohim musulmonlarni va dinimizni O'zi muhofaza qilsin, din dushmanlariga O'zi kifoya qilsin! Musulmonlarga birlik va ittifoqni ato qilsin! Barchamizni Qur'on va hadis atrofida jamlasin!  :amn:

Qayd etilgan


Munira xonim  27 Noyabr 2009, 09:31:29

 :as:
Buyuk Rabbimiz Alloh taologa hamdu sanolarimiz, O'zining eng sevikli RAsuliga SAV durudu salovatlar yog'ilsin!!!
Bugungi ulug' kun barcha muslim va muslimalarga, butun ISLOM va Muhammad SAV ummatlariga muborak bo'lsin.
Bugungi muborak ayyom barchani oilasiga Allohning salomini, magfirati va rahmatini, barakotini yog'dirsin!!!
Alloh O'zining RAhmon va Rahiym sifatlari hurmatidan va bugungi Al-Adzxo ayyomi hurmatidan barchamizni maf'firat qilsin!
Alloh yo'lida xolis exson qilguvchilardan qilsin va bu exsonlarimizni O'zi husnu maqbul aylasin!
Qalblarimizni kibrdan va amallarimizni riodan saqlasin!!!
Amiyn!!!

IYDUL ADZXO MUBORAK BO'LSIN AZIZ MUSULMONLAR!!!

Qayd etilgan


Kumush  27 Noyabr 2009, 10:13:21

Мен ҳам барча форумдошларни  муборак байрам Ийд Қурбон хайит билан табликлайман.
Иншааллоҳ барча сзгу нистларингиз ва барча солиҳ амалларингиз ажр ва мукофотларга сабаб бслсин! Аллоҳ ҳар ишингизда мададкор бслсин.

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  27 Noyabr 2009, 10:22:12

Ayyom muborak barchaga! Shu kunlarga yetkazganiga shukur.

Qayd etilgan


lolo  27 Noyabr 2009, 10:30:39


Assalamu 'alaikoum Aziz Forumdosh-Dindosh Birodarlarim!
Alloh Ta'alo biz musulmonlarga turli fazilatlar, abadiy manfaatlar, nafis hazinalar bilan ziynatlab
Bayram qilishimizga ro'zi bo'lib bergan Ulug' Kunlardan biri bo'lmish Iydul Adho - Qurbon Hayiti
Barchangizga Muborak (barakali) bo'lsin! Robbimizga eng Mahbub amallardan biri va
Ibrohim 'alayhissalom sunnatlari bo'lgan - Qurbonligimiz va boshqa barcha Solih Amallarimiz
Alloh huzurida Yuqori Martaba va Ulkan Ajrlar Sohibi bo'lishimizga sababchi bo'lsin.
Barchamizga Allohning Rahmat, Hidoyat va 'Ilm Nurlari yog'ilsin!

Qayd etilgan


Robiya  27 Noyabr 2009, 10:55:02

 :as:

Qadrdon forumdoshlarim, Qurbon hayiti muborak bo'lsin!
   Qalblarimizni ziyosi bilan munavvar etgan Islom dinining bunday shodiyona kunida Sizga qalbimdagi eng ezgu tilaklarni tilamoqlikni joiz bildim.
   Qalbingizga O'ZI va o'zingizga nisbatan mustahkam ishonch,ruhiyatingizga doimiy ko'tarinkilik,taningizga sihat-salomatlik,hayotingizning har kunida bayramona kayfiyatu quvonch,ishlaringizda behisob muvaffaqiyatlar yor bo'lishini tilayman!..
 :iyd:



Qayd etilgan


Muhammad Amin  27 Noyabr 2009, 11:19:02

Assalamu alaykum!!! Bugungi qo'shaloq bayram barchangizga muborak bo'lsin. Alloh barchamizga ushbu kunni xursandchilik bilan o'tkazishimizni nasib aylasin! Qurbon hayiti va muborak juma kuni jamiki musulmon birodarlarimizga qutlug' bo'lsin! Har bir mo'min va mo'minalar ushbu kunni intiqib kutushgani aniq. Allohim barchamizni yanagi Qurbon hayitlariga ham sog' omon yetkazsin! Ikki muborak kun yana bir bor QUTLUG' BO'LSIN!!!

Qayd etilgan


Fatima  27 Noyabr 2009, 11:49:04

            :bs1:

            :as:

Bugun kun erurkim mo`minlar xursand,
Qalb ALLOH debon ko`zlarida nam.
Bugun kun erurkim to`la savoblar,
ALLOHning amriga xolis javoblar.

Bugun ALLOHimning suygan bandasi,
Imon beshigining Haqli egasi.
Bugun eng go`zal kun JUM`A
Demak, aziz birodarim Sizga HAYIT muborak!!!


               :iyd:

Qayd etilgan