Tabriklar va qutlovlar  ( 750154 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 ... 107 B


Musannif Adham  27 Noyabr 2009, 19:37:31

Assalomu Alaykum.

Barcha muslim va muslima birodarlarimizni, shu jumladan forumdoshlarimizni bugungi Islom shiorlaridan bo'lgan Iydul Adha - Qurbon Hayiti bayrami bilan tabriklayman. Alloh barchamizni O'zining hidoyatidan adashtirmasin. Islomda sobitqadam qilsin. Yurtimizda Islomga yanada quvvat va rivoj bersin. Bugungi kunda bo'layotgan va qalbimizni tirnayotgan holatlarga, Islom va musulmonlarga nisbatan tazyiqlarga O'zi barham bersin. Mana shu sinovlar vositasida qalbimizdagi iymonimizni yanada mustahkam qilsin.

Allohim, bugungi muborak kunda qilayotgan duolarimizni O'zing ijobat qil!!! Bizni Jannatlarda ham birga bo'ladigan birodarlardan qilgin!!! 
   

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  27 Noyabr 2009, 20:19:41

 :as:
Mo'minni sevdirgan mehr muborak
Ro'zada as qotgan sabr muborak
Bundanda ajoyib, Bundanda go'zal
Ming kundan yahshiroq,XAYIT muborak!

IYDU qurbon muborak bo'lsin.

Qayd etilgan


Munavvara  27 Noyabr 2009, 20:32:43

Robbisi Alloh, Qiblasi Ka'batulloh,
Rasuli Muhammad, Payg'ambariga ummat.
Kitobi Qur'on, Qalbi to'la iymon,
Sizga eng ezgu tilak, IYDI QURBON MUBORAK!



Qayd etilgan


ziyoda_aliyeva  27 Noyabr 2009, 22:15:55

 Islom olamidagi eng ulug' ayyom - Qurbon Xayiti bilan chin dildan muborakbod etamiz!

Bu muborak kunlarga yetkazganiga Yaratgan Parvardigorga beadad hamdu-sanolar bo'lsin!
Allohim barchamizni xonadonlarimizga tinchlik-osoyishtalik, sihat-salomatlik, mustahkam iymon, dasturxonimizga qut-baraka, ishlarimizga rivoj bersin! Barchamizni xayr-sahovat sohibi qilsin va shunday muborak kunlariga qayta-qayta salomat iymon va xayrli amallarimiz bilan sog'-salomatlikda yetkazsin!

Shunday qasr quringki, darvozasi ISLOMdan, devorlari IYMONdan, zinalari NAMOZdan, oynalari RO'ZAdan, ustunlari ZAKOTdan, taxti HAJdan, qo'rg'oni esa TAQVOdan, inshaAlloh xazinasi JANNATdan bo'lsin. Hazinani ichida "Allohning visoli" ni ko'rishlik nasib qilsin!

Qayd etilgan


Sh_O_H_I_D_A  28 Noyabr 2009, 09:24:51

Olamlar fayzga to'ldi
Ulug' ayyom qutlug' kun
Muborak bo'lsin do'stim
QURBON Hayiti bugun
Har kuningiz bayram bo'lsin
Kunlaringiz sayyidi Jum'a Muborak!!!

Hammaga Qurbon hayiti muborak bo'lsin

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  28 Noyabr 2009, 09:34:05

Qurbon Hayit muborak!

Qurbon hayiti keldi,
Qurbonliklar muborak.
Takbir,tashriq,salomlar,
Darmonliklar muborak.

Ummatiga hikmatdir,
Payg'ambarning har so'zi.
Qurbon kuni bayran deb,
Buyurmishdur Haq o'zi

Rabbim,shukr lutfingga,
Rahmat inar samodan.
Ko'ngil eshigin oching,
Umid qiling duodan.

Olamlar fayzga to'ldi,
Ulug' ayyom,Qutlug' kun.
Muborak bo'lsin do'stlar,
Qurbon hayiti bugun!

Qayd etilgan


Sh_O_H_I_D_A  28 Noyabr 2009, 09:46:21

 :as:
Jannatdan sado kelar bu kunda
Namozxonlar savob yig'ar shu kunda
Farishtalar to'lar Osmonu falak
Ming kundan yahshiroq Hayit muborak

Qayd etilgan


Mars  29 Noyabr 2009, 07:16:48

Men ham barcha ni Qurbon hayiti bilan tabriklayman

Qayd etilgan


Muhammad Amin  04 Dekabr 2009, 07:06:38

Assalamu alaykum!!!

Muborak JUMA saidulayyom barchangizga muborak bo'lsin. Ushbu kunda qilingan duolar ijobat. Hammangizga sog'lik, omad, baxt hamisha hamroh bo'lsin. Dunyoda nimayki orzularingiz bo'lsa barchasini Alloh taolo ijobat aylasin. Eng asosiysi sog'lik hech qachon sizlarni tark etmasin!!! JUMA MUBORAK!!!

Qayd etilgan


Abdulhafiz  11 Dekabr 2009, 09:02:03

Assalamu alaykum va rahmatullohu va barakatuh.Azizlar sayyidul ayyom muborak bo'lsin.
Ushubu ulug' kundagi duo ibodatlarizi Alloh :jl: qabul qilsin.
:amn:

Qayd etilgan