Tabriklar va qutlovlar  ( 749569 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 ... 107 B

Robiya  07 Mart 2008, 15:07:01

Assalomu alaykum, aziz forumdoshlar! Barchangizga bugungi duolar qabul bo'ladigan kun -Sayyidul-ayyom, muborak Jum'a qutlug' bo'lsin! Hammamizni Alloho'z panohida asrasin!

Qayd etilgan

Robiya  14 Mart 2008, 12:58:24

Assalomu alaykum! Alloh unga (dinga) O'zi xohlagan kishilarini tanlar va Unga inobat qiladigan kishilarni hidoyat qilur. (Sho'ro surasi, 13-oyat)

Aziz forumdoshlar, barchangizni bugungi muborak kun - Jum'a ayyomi bilan tabriklayman.

Qayd etilgan

Mars  21 Mart 2008, 12:20:49

Navro'z bayramingiz muborak bo'lsin aziz fo'rumdoshlar

Qayd etilgan

Robiya  28 Mart 2008, 11:16:17

 Deydilarki:
- Jum'a kuni qushlar, ham, hasharot ham bir-birlari bilan uchrashganda shunday deyisharkan: "Salom, salom, solih kun!".

 Barchangizni bugungi bayram - Sayyidul ayyom, muborak Jum'a ayyomi bilan tabriklayman!

Qayd etilgan

AbdulAziz  29 Mart 2008, 07:11:00

Assalomu alaykum!

Rabiul-avval oyining yana bir kuni barchamizga muborak bo'lsin!
Bu oyda va har qachon Payg'ambarimiz Muhammad SAVni ko'p eslash, u kishiga salovatlar aytish, ularning hayotlaridan, ilmlaridan nur olish barchamizga nasib etsin!

Kecha, undan avval yurtimizning ko'p masjidlari, xonadonlarida Rasululloh SAVni eslab mavludun nabiy o'qildi. Oxirzamon payg'ambari, butun olamlarning faxri bo'lgan Muhammad alayhissalomning ibratli hayotlari, fazilatlari yana bir bor biz ummatlarga eslatildi.

Mana shunday kunlarni nasib etgan, olamlarga rahmat o'laroq Payg'ambar alayhissalomni yuborgan Allohga hamd-sanolar bo'lsin! Payg'ambarimiz Muhammad SAVga durudu salomlar bo'lsin!

U zotning birodarlaridan bo'lish barchamizga nasib etsin! Allohim Qiyomat kunidan ularning shafotalridan bahramand aylasin!

Mavlud muborak, azizlar!!!

Qayd etilgan

shoir  29 Mart 2008, 20:09:41

Omin!

Rasulullohning shafoatlari barcha mo'minlar qatori bizlarga ham nasib etsin!

Qayd etilgan

Robiya  04 Aprel 2008, 15:54:22

Assalomu alaykum! Alloh bizga muqaddas qilgan hamda duolar ijobat bo'ladigan kun - muborak Jum'a , Sayyidul - ayyom muborak bo'lsin, aziz forumdoshlar!

Qayd etilgan

AbdurRohman  09 Aprel 2008, 12:03:38

Assalomu alaykum.
Bugun forumimizning ajoyib bir a'zosi Fatima(Ozoda)ning tug'ilgan kunlari. BU userkamizni chin qalbimdan tabrikliman. Alloh taolo sizga mazmunli umr ato etsin. Alloh marhamati ila har yerda va har doim mustahkam iymon, omad va baxt hamrohingiz bo'lsin. sizga ikki dunyo saodatini tilab AbdurRohman :)

Qayd etilgan

Robiya  09 Aprel 2008, 14:22:48

Assalomu alaykum! Sevimli singillarimdan biri, forumimizning ajoyib userkasi, abituriyent Fatimaning tug'ilgan kunlari bilan tabriklayman. U kishiga eng ezgu tilaklarni tilayman.

Qayd etilgan

Umayyah  09 Aprel 2008, 16:00:47

Bu Xam Sizga >>OZODAXON<<

Qayd etilgan