Tabriklar va qutlovlar  ( 748897 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 ... 107 B


Robiya  30 Yanvar 2009, 12:05:41

 :as:

Aziz forumdoshlarim, dindoshlarim!

Barchangizni bugungi muborak kun - Sayyidul-ayyom, Jum'a  bilan qutlayman. Allohim qilgan va qilmoqchi bo'lgan barcha xayrli amallaringizni mukofotlasin. Duolaringizda kamina birodarlaringizni ham eslab qo'yasizlar degan umiddaman :)

Qayd etilgan


Abdullоh  30 Yanvar 2009, 14:59:13

Assalomu alaykum!
Katta rahmat. Men ham barcha musulmonlarni kunlarning sayyidi bo'lmish muborak Jum'a bilan tabriklayman. Allah hammamizni o'z rahmatiga olsin. Qilayotgan ibodatlarimizni o'z dargohida qabul aylasin va gunohlarimizni o'zi mag'firat aylasin.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  01 Fevral 2009, 19:38:11

O'tgan bo'lsada forumimizning ilg'or userlaridan biri bo'lmish Shoxjahon12 ni tug'ulgan kunlari bilan tabriklayman. O'ylagan barcha ezgu niyatlariga yetishiga tilakdoshman.

Qayd etilgan


ZUBAIR  01 Fevral 2009, 20:22:10

Men ham kech bo'lsada Musannif Adhamni Mega Member bo'lgani bilan tabriklayman :)

Qayd etilgan


Robiya  06 Fevral 2009, 13:07:02

   Assalamu alaykum aziz forumdoshlarim!

   Haq Subhanohu va taologa behad hamdu sanolar bo'lsin. Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo salallohu alayhi vasallamga salovot va durudlarimiz bo'lsin hamda ularning sahobalari, nubuvvat xonadoni xonimlari, barcha ansoriy,muhojirlar, ISLOM yo'lida xizmat qilganlarga cheksiz hurmatimiz, havasimizni bildiramiz.

   Alloh muborak qilgan kunda Siz va boshqa ahli musulmonlarga XAYRLI kelsin! Alloh ushbu kunni munosib o'tkazishga O'zi noil aylasin. Amallarda erinchoqlik qilishdan saqlasin!

  Allohim, O'zing bizni Islomda sobit qilgin, amallar mukammalligi yo'lida qilajak harakatlarimizda madad bergin, shayton vasvasasidan O'zing bizni muhofaza et!

  Shunday muborak kunlaringdagi singari boshqa kunlarda ham O'z yodingdan, zikringdan begona qilma, Allohim! Faqat Sengagina suyanaman, Sengagina tavakkul qilaman, Sendan o'zga tayanchim,suyanchim yo'q. Men bandangni O'z marhamating va rahmatingdan darig' tutma, ayirib qo'yma.......

   Azizlarim, Jum'a Muborak bo'lsin barchangizga...

 

Qayd etilgan


Musannif Adham  06 Fevral 2009, 14:06:00

Assalomu Alaykum, aziz forumdoshlar.

Barchangizni bugungi muborak ayyom bilan tabriklayman. Jum'ani Shahrisabzda o'qidim. Insha Alloh forumda ko'rishamiz.

Qayd etilgan


Robiya  13 Fevral 2009, 12:31:21

Assalamu alaykum aziz forumdoshlarim!

Barchangizga bugungi muborak kun - Jum'a ayyomi muborak bo'lsin!

Qayd etilgan


Qosimxon  13 Fevral 2009, 16:37:59

Sizga ham bizga ham islom muborak!
Qalbimiz bahori qur'on muborak!
Allohdan ajr kutib duo qilguvchi kun,
Sayyidul ayyom jum'a muborak

Qayd etilgan


Azza binti Baxrom  13 Fevral 2009, 16:43:59

  Assalomu aleykum va rahmatullohu va rahmatullohu va ta'ala va barokotuhuh!
 Assalomu aleykum, Aziz dindoshim, Ahli Islomga Muborak Jum'a xayrli kelsin ilohim.
Yavmul-mazid bilan tabriklayman barcha Aziz birodarlarimni...Alloh barcha niyat-0istaklaringizni ijobat aylasin...

Qayd etilgan


ibnUyayna  14 Fevral 2009, 02:07:28

  Assalamu alaykum wr wb!
  Jum`a bayramingiz bilan tabriklayman qadrli musulmon birodarlar,muslimalar!Alloh oqibatimizni hayrli qilsin Inshaallah!Haqqimizga duo qipturila.Shu yerda bir narsani eslatib o`tsam ijozatila bilan.Albatta musulmon uchun 3 ta bayram bordir:Jum`a va 2 Hayit.
  Assalamu alaykum wr wb!

Qayd etilgan