Tabriklar va qutlovlar  ( 745571 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 ... 107 B


Shoxjahon12  14 Fevral 2009, 16:56:32

O'tgan bo'lsada forumimizning ilg'or userlaridan biri bo'lmish Shoxjahon12 ni tug'ulgan kunlari bilan tabriklayman. O'ylagan barcha ezgu niyatlariga yetishiga tilakdoshman.
Tushunmadim. Mening tug'ilgan kunim 16 mayda.
Chalkashlik yuzaga kelganga o'xshaydi. Nima bo'lsa ham yaxshi niyatlaringiz uchun tashakkur, Y_U_R_I_S_T!!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  15 Fevral 2009, 10:01:06

O'tgan bo'lsada forumimizning ilg'or userlaridan biri bo'lmish Shoxjahon12 ni tug'ulgan kunlari bilan tabriklayman. O'ylagan barcha ezgu niyatlariga yetishiga tilakdoshman.
Tushunmadim. Mening tug'ilgan kunim 16 mayda.
Chalkashlik yuzaga kelganga o'xshaydi. Nima bo'lsa ham yaxshi niyatlaringiz uchun tashakkur, Y_U_R_I_S_T!!

Iye, uzr. Men www.11x11.ru saytida Shoxjahon12 nomli userni ko'rib qoldim. Hoynahoy u siz bo'lsangiz kerak deb o'yladim. O'sha yerdagi tug'ilgan kun shunaqa ko'rsatilgandi. Ha, mayli, vaqtliroq tabrikladim deb tasavvur qilasiz.

Bugun saytimiz administratori AbdulAzizning tug'ilgan kunlari! (Bu safar adashmadim menimcha  ;D Ilohim ularga ishlarida rivoj va omadlar yor bo'lsin. Ota-onalarining baxtiga sog'-salomat bo'lib, o'ylagan barcha ezgu niyatlariga erishsinlar. Men ZiyoUz forumidagi barchauserlar nomidan va o'zimning nomimdan eng samimiy tilaklar ila tabriklayman.

Tavallud ayyomingiz qutlug' bo'lsin.

Bugun sizning tug'ilgan kuniz,
Davra yangrar ezgu tilakdan.
Do'stlarizdan biri bo'lib men,
Tabriklayman sizni yurakdan!

Qayd etilgan


Abdullоh  15 Fevral 2009, 17:04:48

Assalomu alaykum. Men ham administratorimiz AbdulAziz akani tug'ilgan kunlari bilan chin qalbimdan tabriklayman. U kishiga Allohdan uzoq umr, baxt-saodat, kelajakdagi ishlarida ulkan zafarlar tilab qolaman. Alloh O'zi u kishining qilgan savobli amallariga ajrini ko'paytirib bersin. Shunday farzandni tarbiyalagan ota-onalariga ham ming rahmat.

AbdulAziz aka shunday shijoatingiz va iymoningiz susaymasin. Omin. Allohu Akbar!!!

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Fevral 2009, 07:46:09

Va alaykum assalom!
Xushnudbek, Abdulloh!

Ezgu tilaklaringiz uchun tashakkur. Alloh rozi bo'lsin!
Sizlarga ham qalbimdai eng yaxshi tilaklarimni yo'llayman.

Hayotda nimaniki ezgu deb bilsangiz, o'shanga yetishishingizni Yaratgandan tilab qolaman.

Qayd etilgan


Mr.Twister  16 Fevral 2009, 11:20:12

AbdulAziz aka sizni tabriklayman. Allohning suygan bandalari qatorida bo`ling

Qayd etilgan


Robiya  20 Fevral 2009, 11:29:02

:as:

Aziz dindoshlarim, forumdosh birodarlarim!

Bugungi muqaddas kun - Jum'a, Sayyidul-ayyom barchangizga Muborak bo'lsin! Alloh xayrli amallarda sobit qilsin hammamizni!

Qayd etilgan


siddiqa  20 Fevral 2009, 14:32:14

:as:

Aziz dindoshlarim, forumdosh birodarlarim!

Bugungi muqaddas kun - Jum'a, Sayyidul-ayyom barchangizga Muborak bo'lsin! Alloh xayrli amallarda sobit qilsin hammamizni!

Amiiin
Juma kuni hammamizga hayirli kelsin

Qayd etilgan


The Best  26 Fevral 2009, 01:27:14

Hammani kirib kevotgan Baxor fasli bilan tabrikliman. Kumush qish bilan esa xayrlashishga shoshilila :)

Qayd etilgan


Zamiraxon  27 Fevral 2009, 09:08:03

 :as:
Assalamu alaykum va raxmatullohu va barakatuh.
Birodarlar, Jum'a ayyomi barchamizga qutlug' bo'lsin. Iymonimiz kuchaysin. Ollohning sevimli bandasi bo'lib yuraylik. Firdavs Jannatlarida Nabiy  sallallohu alayhi vasallam bilan rafiq bo'lishdek ulkan bir baxtga, saodatga Olloh o'zi yetkazsin. Omin

Qayd etilgan


Abdullоh  01 Mart 2009, 14:39:32

Mana bugun bahorning birinchi kuni ekan. Buning uchun Allohga hamd va sanolar aytamiz hamda hamma forumdoshlarni bahorga eson-omon yetib kelgani bilan tabriklayman.

Qayd etilgan