Tabriklar va qutlovlar  ( 556906 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 ... 107 B

Ansora  13 Sentyabr 2009, 14:44:38

Assalomu-alaykum azizlar. Sizlar bilan hursandchiligimni bo'lishmoqchiman. Ollohga hamdu-sanolar bo'lsin, 5 yil oldin boshlangan mojarom nihoyat yakun topdi. Marmara Universitetining Turk tili va adabiyoti fakuletidagi aspiranturamni muvaffaqiyat bilan tugatdim. Juma kuni diplomimni oldim.
Dissertatsiya mavsuzi, Umar Sayfuttinga oid 7 hikoyaning O'zbek tiliga tarjimasi va hikoyalardagi qo'shma fe'llar va iboralarni har iki tilda qiyoslash, edi.
Bu mavzuda savollari bo'lganlar marhamat.

Avvalambor Ona-Vatandagi ota-onamni tabriklayman. Bu ularning yutug'i. Moddiy-ma'naviy dastaklari bilan shu kungacha keltirdilar. Qolaversa turmush o'rtog'im va ikkinchi oilam ham juda ko'p dastak berdilar. Olloh hammalaridan rozi bo'lsin.
Ziyozning asosiy a'zolari talaba. Barchalariga bu yo'lda omad, sabr, Ollohning yordamini tilab qolaman.

Olloh, ilm yo'lidagi inson uchun, "U QULİM MENİNG YO'LİMDADİR," deganlar. Rabbim bu yo'lda barchamizga haqqini berishni nasib aylasin, Omin.

Qayd etilgan

Nurdinboy  13 Sentyabr 2009, 14:51:19

Kapalak. Mumkin bo'lsa tarjimalaringizni menga yuboring. pochtam - [email protected].
Keyin. Kaminaning turk tiliga ishtiyoqim baland. O'rganmoqchiman. Maslahat bering. har holda bizga opa ekansiz.  :7

Qayd etilgan

Ansora  13 Sentyabr 2009, 15:02:29

Abdulaziz bilan tarjimalarini saytga qo'yish haqida gaplashgan edik.U kishi o'qib chiqqanlaridan keyin nasib bo'lsa butun o'quvchilar bahramand bo'ladilar. Turk tilini o'rganish uchun alohida sahifa bor. Shu yerga siz bir qarang. Savollaringizni yozishingiz mumkin.

Qayd etilgan

Ansora  14 Sentyabr 2009, 01:56:06

Azizlar, Ziyo uzga a'zo bo'lganimga bugun 1 oy bo'libdi. Bu munosabat bilan O'zimni o'zim tabriklayman:) Bu 1 oy ichida ancha narsa yashadim, o'rgandim. Olloh bir-birimizni faqat hayirli duolar bilan yodga olishni nasib qilsin.

Qayd etilgan

Муҳаммад Соҳиб  14 Sentyabr 2009, 02:34:58

Ўсс, бенда сизи табрик сдерим!  Қисқа заманда бсйла гиби узел кунишмаларда фаал иштирак сттиниз ичин тешеккурлар!
Кейинги иштирокларингиз ҳам ксп манфаатлик бслишини тилаб қоламиз!

Qayd etilgan

Ansora  14 Sentyabr 2009, 02:49:39

Asos bo'lgan sanoq emas, sifat bo'lsin.

Turklarda "So'z kumush bo'lsa, Sukut-oltindir", degan gap bor. Aslida butun saodat- ko'p tinglab kam gapirishda, eshitgan to'g'rilarni esa hayotimizga tadbiq etishimizda, deb o'ylayman. Bo'lmasa, Ustoz Alisher Navoiyning aytganlariday,
"O'qib-o'rganganlarini hayotiga tadbiq etmagan kishi, hammomga kirib kir chiqqan kishiga o'hshaydi"....holatiga tushib qolishimiz hech gap emas.

Qayd etilgan

Ansora  14 Sentyabr 2009, 13:48:08

Huseyn birodarimiz roppa rosa 2 yil oldin Ziyouzga a'zo bo'lgan ekanlar. Bu monosbat bilan u kishiga sog'lik sihhat tilayman. Tilagim, bu yerda o'tkazgan vaqtlari u kishiga faqatgina huzur va foyda keltirsin:)

Qayd etilgan

Mahdiyah  15 Sentyabr 2009, 08:10:11

Ramazonning oxirgi kunlari....

Qayd etilgan

Ansora  15 Sentyabr 2009, 18:01:15

Azizlar, O'zbekistonimizda kecha Qadr kechasi ekan, bugun esa Turkiyada. Zotan Qadr kechasini ohirgi 10 kunlikda qidirishimiz kerakligi Hadisi Sharifda aytilgan.
Barchangizni bu Qutlug' kun bilan muborakbod etaman. Olloh duolaringizni qabul aylasin.

DUOLARDA KO'RİSMOQ NİYATİ BİLAN

Qayd etilgan

Ansora  15 Sentyabr 2009, 18:03:46

MİNG OYDAN HAM HAYİRLİ BO'LGAN QADR KECHANGİZ MUBORAK BO'LSİN!

Qayd etilgan