Assalamu alaykum!
Birodarlar, bitta narsani yaxshilab ajratib olishimiz kerak.
Islom dini, taraqqiyot dini. Bid'at hukmida ham diniy tomonlarini «Kimki dinimizda asli yo‘q bo‘lgan narsani paydo qilsa, u albatta rad qilinur» degan hadisga muvofiq olinadi. Dunyoviy tomondan esa Islom taraqqiyotni qo'llab quvvatlaydi.
Endi bayramlar masalasiga kelsak, Mustaqillik bayrami, O'qituvchilar kuni bayramida hech qanday diniy motiv yo'q, ya'ni bu dinda paydo bo'lgan bid'at emas. Bu bayramni islomiy davlatlarda ham nishonlashadi, katta ulamolarning o'zlari ham yurtning mustaqil bo'lganini qutlab, ustoz va murabbiylarni bizni mana shu holatga keltirganlari uchun tabriklab, go'zal niyatlar qiladilar. Bunda savob bor, lekin bu bayramlarning gunoh yoxud dindagi bid'at ekanligini aytgan ulamolarni hali eshitmadim.
Ana endi nasorolik bilan aloqadoirligi uchun "Yangi Yil", zardo'shtiylik bilan bog'liq bo'lgani uchun "Navro'z", yoxud kommunist, ba'zi ma'lumotlarga ko'ra aslan asoschisi fohisha bo'lgan Klara Setkin tashkil etgan "8 mart" bayramlarini nishonlashda diniy ruh borligi uchun ancha zalolatga eltuvchi bid'at sifatida qabul qilinadi.
Sahih rivoyatlarga ko'ra, Rasululloh s.a.v.ga bir sahobiy kelib o'zining ekin ishlarida maslahat so'radi. Yil oxiriga borib esa, natija yaxshi bo'lmagach, sahobiy kelib Rasululloh s.a.v.dan uning sababini so'raganda shunday marhamat qilganlar: "Mendan diningiz haqida so'ranglar. Dunyoviy ishlardan men ham siz kabi bandaman" (mazmuni).
Islomda madrasalar tashkil etish, universitetlar, turli muassasalar tashkil etish ham aslan bid'at bo'lib, lekin uning taraqqiyotga xizmat qilishi sababli uni xayr o'laroq qabul qilingan. Bunaqa bid'atlar juda ko'p. Agar har sohada ham ularga taqlid qilishni Islom man qilganida, bu kabi taraqqiyot bo'lmas edi. Agar masalani tor oladigan bo'lsak, hozirgi kiyayotgan kiyimlarimiz, turmush tarzimizning 90%izi ahli kitoblarga taqlid bo'lib chiqardi.
Bo'lgan voqea: Hali Islom haqida to'liq fikrga ega bo'lmay, endigina bir-ikkita siiyratlarni ko'rgan yosh bola uyida janjal ko'taribdi: "men stolda ovqatlanmayman, qoshiqda taom yemayman." Negaligini so'rashganda: "Payg'ambarimiz stolda ovqatlanmagan ekanlar", - deb javob beribdi. Ota-onasi unga qanchalik tushuntirishmasin, ko'nmabdi. So'ng, bir ulamoning oldilariga olib kelib, tushuntirishibdi.
Boya aytganimdek, Islom dini taraqqiyot dinidir. Islomda dunyoviy ilm, madaniyat (haqiqiy ma'nodagi) borasida boshqalardan o'rganishga targ'ib etiladi. Zero, Payg'ambar s.a.v. aytganlaridek, "Hikmat (ilm) mo'minning yo'qotgan narsasidir. Uni qayerdan olsa ham haqlidir".