Tabriklar va qutlovlar  ( 745626 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 ... 107 B


Zulfina  27 Avgust 2010, 11:47:30

:as:


Tashnalikdan qiynalgan vujud suvsizlikdan qanchalar azob  chekadi. Ammo bizning tanamiz emas ruhimiz tashna. Shu kunlarda shunchalik Qur'onga to'ymayammanki, so'z ila tavsiflay olmayman. Hech qachon bundayin tashnalikni his qilmagandim. Ne bahtki Allohim bizni kalomiga tashnalardan qilib qo'ygan. Alhamdulillah! Barchangizga 11oy kutilgan oyning ulug' kunini Yaratgan rizoligi ila o'tqazmoqlik nasib etsin. Ayyom muborak bo'lsin!

Qayd etilgan


yoqutxon  27 Avgust 2010, 13:12:41

Assalomu aleykum wr wb. Barcha mo'minu muslima birodarlarimizga ikki barobar barokatli, hikmatlarga boy, Haq Taoloning bandalarga bo'lgan katta inomi Ramazoni sharifning 3chi muborak Jumasi qutlug' bo'lsin. Bu kunda eng chiroyli amallar egasiga aylanib, amal daftarimiz savoblar bilan to'lishiga Mehribon Ollohning O'zi yordam bersin. Juma muborak Azizlarim.

Qayd etilgan


Habib  28 Avgust 2010, 12:10:34

Kuni kecha davlat unvonlari bilan taqdirlangan aziz vatandoshlarimizni chin dildan muborakbod etamiz!!

Nazarbekov Ozodbek Ahmadovich — "œO‘zbekiston Respublikasi xalq artisti"
 unvoni muborak bo'lsin!

Qayd etilgan


Ansora  28 Avgust 2010, 12:26:43

Kuni kecha davlat unvonlari bilan taqdirlangan aziz vatandoshlarimizni chin dildan muborakbod etamiz!!

Nazarbekov Ozodbek Ahmadovich — "œO‘zbekiston Respublikasi xalq artisti"
 unvoni muborak bo'lsin!

O juda yaxshi, muborak bo'lsin:) Bu unvonni olgan eng yosh sanatkorlardan biri bo'ldilar chamamda...Lekin ma'noli ashulalari, orada eshitib, Vatan sog'inchini ketkazib bazan esa "olovlandirib" turaman...

Qayd etilgan


braupov  28 Avgust 2010, 16:13:03

 :as:
Aziz forumdoshlar sizlarni O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 19 ylligi bilan chin yurakdan mubarokbod etaman. Barchamizga o'z ona yurtimizni dunyoga tanitishga qo'limizdan kelgancha yordam berishimiz nasib qilsin.

Shu kunlarga yetkizgan Allohga beadad shukurlar bo'lsin.   

Qayd etilgan


yoqutxon  28 Avgust 2010, 20:33:46

Assalomu aleykum varahmatullohu vabarakatuh. Barcha ro'za tutgan mo'minu muslima forumdoshlarim sizlarni sabr bardosh ila, nafsingiz ustidan hukmdor bo'lib, Olloh yo'lida tutgan ro'zangizning yana bir kuni hayrli tugagani, Olloh Taolo ro'za tutishlikni qalbimizga solib, bu baxtdan be bahra aylamaganligi bilan muborakbot etaman. Mehribon Zotga ming bora hamdu sanolar bo'lsin!

Qayd etilgan


AL_laziz87  01 Sentyabr 2010, 15:43:10

O'zbekiston Respublikasining mustaqilligining 19 yili bilan barcha vatandoshlarimni tabriklayman. Mustaqilligimiz abadiy va mustaxkam bo'lsin.

Qayd etilgan


Robiya  01 Sentyabr 2010, 17:08:19

:as:

Alhamdulillah! Muborak Ramazon oyidamiz.. Har kun masjidlarimizdagi Qur'on xatmlari, qorilar tilovatidan qalblarga surur bag'ishlayapti..

Alhamdulillah! Har kun xonadonlarimizda "Ramazon aytib keldik.."lar yangramoqda.. Iftorliklarda duolar qilinyapti..

Bundayin ilohiy irfon, qur'oniy sakiynat, ruhiy halovatlarda yurtimiz tinchligining ham hissasi yuqori..

O'zbekistonimiz mustaqil, tinch ekanki, shundayin amallar nasib etmoqda.. Alhamdulillah!

19 yoshing muborak, O'zbekistonim... Tinch, osuda kunlaringga ko'z tegmasin. Alloh hamisha O'z panohida saqlab, nazaridan qo'ymasin!

Qayd etilgan


Huseyn  01 Sentyabr 2010, 18:12:46

Бир дсстим айни пайтда хорижда. Кеча у билан гаплашаётиб, «байрамлар билан!» десам хайрон қолди.
-Қанақа байрам?
Кутилмаган саволдан салкам довдирадим.
-Мустақиллик байрами-ку!
"œҲа-а, шундай демайсанми..." - деб қсйди у бепарво тарзда. Сезспман, мусофирчиликдаги турмуш тарзи, оиласидан узоқда, тирикчилик ксйида кечаётган ҳаётидан мамнун смас. Бунга сса сабаб, важ қилиб бир четда мустақилликни ксраётган бслса ҳам ажаб смас.
Мутақиллик айёми. Ўн тсққиз йилдан бери ушбу санани нишонласпмиз. Тсғри, стган йиллар давомида кимдан олдин, кимдан кейин бслиб келдик. Баъзида бундан-да схши бслиши мумкин сди-ку деб гиналар қилдик. Аммо, нега снди қорин ғамини, тскис сшаш деган азалий истакни ҳамиша Ватанга бслган меҳр билан қориштиришимиз керак? Демак, сз юртимизда шоҳона сшасак, Ватан бечора севилишга ҳақли-ю, оч-наҳор кунларимизда таъна-дашномлар ксмилсинми?
Ахир, Ватан — она смасми? Онадан сса бирон нарса хомтама бслмайдилар. Қайтангга, Уни улуғлашни, авайлаш ҳам фарз ҳам қарз деб қулоғимизга қуйиб келишган. Шоир айтганидек, Ватан синглим каби покдир, онамдайин хокисор!
Ўн тсққиз йил стди, аммо нима сзгарди дейдиганларга сса жавоб битта — шу стган йилларнинг тинч-осойишта кечганининг сзи улкан ютуқ смасми?
Ҳа-с, гап билан бслиб муддаога ксчмабман. Ҳаёлидан кстарилганларга сиз ҳам сслатинг - бугун байрам! Мустақиллик байрами!
Истиқлол тантанаси барчамизга муборак бслсин! Ватанга меҳримиз, мухаббатимиз тобора ошиб бораверсин!

Qayd etilgan


Zamiraxon  02 Sentyabr 2010, 16:47:45

Assalomu alaykum.
Bugun 2-sentabr - birinchi öqish kuni bilan barcha maktab, oliy dargohu dorilfunun ilm ahllarini tabriklayman! Mana hash-pash deguncha 3 oylik ta'til ham ötib ketdi. Endi buyog'i faqat öqish! Barchaga bu yölda avvalo Allohdan ilm, sabr-toqat, kuch-quvvat, sihat-salomatlik tilayman. Yuqori ballar-u "5"lik stipendiyalar barchaga nasib etsin. :)

Qayd etilgan