Tabriklar va qutlovlar  ( 585618 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 ... 107 B


AbdulAzim  03 Sentyabr 2010, 02:11:41

Assalomu alaykum

Barcha yurtdoshlarni o'tgan Mustaqilligimizning 19 yilligi bilan tabriklayman. Yangi o'quv yilini boshlagan talaba va o'quvchilarga Alloh taolodan o'qishlarida muvaffaqqiyat, foydali ilm so'rab duo qilib qolamiz.

Qayd etilgan


Zulfina  03 Sentyabr 2010, 17:57:49

:as:


Hech bir oyda bu oydagichalik qalbimiz halovat topmaydi. Bu oy bizning- Rasululloh s.a.v ummatlarining oyidir. Qalbimiz quvonchi Ramazon ham nihoyalab bormoqda. Barchamizga Oylar Sultonining so'nggi Jum'asi muborak bo'lsin. Alloh barchangizni, shu qatorda bizni ham hifzu himoyasida asrasin. Kelgusi Ramazon Jum'alarida ham sizni qutlamoqlik bahtini nasib etsin.
Komil iymon tilab muslima birodaringiz.

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  10 Sentyabr 2010, 08:09:26

Hamma Ramazon bilan bir birini tabriklaganda...

Kunlarning sayyidi Juma ham muborak bo'lsin!

Qayd etilgan


Mars  11 Sentyabr 2010, 10:10:22

Kech bo'lsa ham hammaga iyd muorak  ;D

Qayd etilgan


yoqutxon  24 Sentyabr 2010, 06:56:13

Assalam aleykum varahmatullohu vabarakatuh. Olloh bizga kunlar ichida eng fayzli,eng yahshi qilib tanlab bergan Juma ayyomi qutlug' bo'lsin. Qalblarimiz bu kunda hidoyat topsin. Ko'proq Savob olishimiz uchun bizga yana bir imkon bilan kelgan kunlar Saidi bo'lmish Juma muborak.

Qayd etilgan


Margiloniy  01 Oktyabr 2010, 01:14:54

Allohim sizlarni doim qo`llasin Umringiz uzun, mazmunli o`tsin,

Oilangizga baraka, Rahmat yog`dirsin Juma ayyomingiz muborak bo`lsin!

Onadan tug`ilgandek begunoh bo`ling, Iymon nuriga doim siz sho`ng`ing,

Doim shodon va hursand yuring Juma ayyomingiz muborak bo`lsin!

Barcha ezgu tilagingiz ijobat bo`lsin, O`qigan kitobingiz tilovat bo`lsin

Uyingiz o`gilu-qizlarga to`lsin Juma ayyomingiz muborak bo`lsin!

Sizlarga doim bahtlar tiladim, Allohdan siz uchun jannat tiladim,

Baquvat iymonu, sog`lik tiladim Juma ayyomingiz muborak bo`lsin!

Biringiz akamsiz biringiz opam sizlarni hurmat qilarman har dam,

Bosgan izlaringiz misoli chaman Juma ayyomingiz muborak bo`lsin!

Ahli oilangizga salomim ayting, Ulug kun ila aytgan tabrigim

Ayting sizlarni eslarman duo qilgan vaqtim Juma ayyomingiz muborak bo`lsin.


Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  08 Oktyabr 2010, 08:49:05

Sayyudil ayyom hajjul masokin Juma muborak!
Kuningiz mazmunli va barokatli eng asosiysi ibodatga boy bo'lsin!

Qayd etilgan


studentcha  14 Oktyabr 2010, 01:30:40

Robiyani bugun forumga a'zo bo`lganiga 4 yil bo`lganligi bilan tabriklayman

Qayd etilgan


Ansora  29 Oktyabr 2010, 15:01:45

 :as:

Juma kuni uchun alohida mavzu ochildi:)

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=5096.msg278779#new

Qayd etilgan


ibrohim  31 Oktyabr 2010, 10:12:02

     

bugun Chet-eldagi yurtoshlarimzni va barcha chet-elliklarni "Halloween" bayramlari bilan tabriklab qolamiz...

Qayd etilgan