Ayrimlari esa har bir davrda va makonda nodir, kamyob bo‘pgan kishilar hofiz deb atalishini va bunday kishilar borligi hali-hamon mutazzir, ya’ni uzrli, istisno holat ekanligini uqtiradilar. Zero bir hadis olimining hofiz deb nomlanishi uchun keng va qamrovli ilm bilan birga nodir sifatlarning unda mavjud bo‘lishi shart qilingan. Al-Hokim «Al-madhal» asarida bunday deydi: «Bir hofizning xotirasida yarim millionta hadis saqlanar edi»(«Tadrib-ur-roviy», 8-sahifa)
Ammo Fathuddin ibn Sayyidinnos bu da’voning nisbiy ekanligini va har bir davrning o‘ziga xos bir istiloh va tahdidi borligini ta’kidlaydi va aytadiki, «Ulamoi mutaqaddimiyndan (qadimgi olimlardan) daftarida yigirma ming hadis yozilmagan kishini hadischi deb hisoblamaganlari rivoyat qilinadi. Holbuki, ularning bu tushunchalari o‘z davrlariga ko‘radir9»(«Tadrib-ur-roviy», 7-sahifa)
Imom Buxoriy aytadiki, «Xotiramda yuz mingta sahix hadis va ikki yuz mingta g‘ayri sahih hadis bordur!» («Tadrib-ur-roviy», 8-sahifa)
Hofizlar garchi yuz minglab hadislarni yod olgan bo‘lsalar-da, shundan faqat juz’iy mikdorini rivoyat qilganlar. Bu bir tavarru, Ya’ni parhezkorlik, ehtiyotkorlik masalasi ekanligi ma’lum. Chunki hadischilar Islomdan bo‘lmagan biror so‘zni Islomga taqab qo‘yishdan qattiq hazar qilishgan. Al-A’mash, roviylar hadislarning har bir so‘zi ustida ko‘rsatgan talabchanlik na hasosliklarni tasvirlaydi va ularning bu harakatini maqtab, bunday deydi: «Ilm shunday zotlarning qo‘lida ediki, ularning har biri uchun osmondan yerga kulab tushish, shariat ilmiga bironta «vov», bironta «alif» yoki bironta «dol» qo‘shib qo‘yishdan ko‘ra osonroq edi. Endi esa ilm, baliqning katta yoki kichikligi borasida ham qasam ichaveradigan kishilar qo‘lida qoldi».(«Al-Kifoya», 178, Al-A’mash, u Sulaymon ibn Muhrondir; 148-hijriy yilda vafot etgan.)