
O'limni doim eslaydiganlardan qilsin hammamizni.
Albatta inson o'limi qachon kelishini bilmaydi, shuning uchun doim tayyorgarlik korib yurishi kerak, buning uchun esa Robbimiz
Alloh S.W.T.ni ko'p zikr qilishga harakat qilishi talab qilinadi. Allohni ko'p zikr qiladigan inson
Oxiratiga bog'liq hamma narsani eslab yuradi, shu qatorda o'limini ham. O'limini ko'p eslaydigan inson esa, solih amallardan ko'p-ko'p qilib olishga, Alloh va Rosuli ta'qiqlagan amrlani to'liq bajarishga harakat qiladi ekan ajal farishtasi jonini olishga kelgunga qadar. Ana o'shanday hayot kechiradigan insonlar, sekin-asta solih insonlar darajasi tomon ko'tarila boshlaydi va hatto ajali yetib qazo qilishidan ham qo'rqmay qo'yadi. Bizlar uchun ajiybki, ba'zi bir solihlar orasida, o'zining yaxshi ko'rgan insonlari uchun o'limni tilaganlari ham bo'lgan ekan, yani ular o'limi orqali bu dunyo g'am-anduhlaridan qutulishi, qayg'u-musiblaridan uzoq bo'lishini, bu dunyo hayotida sevib yashagan Alloh va Rosuli bilan ko'rishishni umid qilib shunday fikrlashgan bolsa ajab emas. Haqiqatda Allohning rahmati juda keng, O'zining fazli-marhamati bilan o'shanday solih bandalardan qilsin bizni ham.