Siz o'limni qachon eslaysiz?  ( 64774 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 B


Mr.Twister  08 Noyabr 2009, 18:18:58

O`lim har qadamda yonimiz yurishini sezish ayniqsa hozir bilinib qoldi, nomardlar ko`payib qoldi...

Qayd etilgan


Mahdiyah  11 Noyabr 2009, 06:52:54

O`lim har qadamda yonimiz yurishini sezish ayniqsa hozir bilinib qoldi, nomardlar ko`payib qoldi...

Gaplarizga qo'shilaman.
Ayniqsa din masalasida ham, haqiqatga emas cho'nchagiga qarab yoki tanish bilishga qarab "ADOLAT" qilinayabdi...

Qayd etilgan


habar  11 Noyabr 2009, 07:29:21

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir kun sahobalar bilan utirgan paytlarida ssahobalarga qarab o'limdi sizlar qanchalik yaqin bilasizlar deganlarida, 1 sahoba Tongdan kun botkuncha?
2 sahoba Kechadan tonggacha?
3 sahoba Namozimni bitirishimga qadar?
 Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vassalam shunday dedilar man shunchalik yaqin bilamanki kuzimni ochib yumgunima qadar . Sizlar O'limni uzoq bilasizlar degan ekanlar sahobalarga qarata.
Albatda o'lim haq ammo hozirgi kundagi ishlarga boqadigon bo'lsangiz hech kim o'limni eslamayapti degan hayolga borish hech gap emas. Yana Allohu Taolo bilguvchidir.

Qayd etilgan


ossiyobinti  08 Yanvar 2010, 16:43:25

Assalomu alaykum!
Har bir jon o'limni totguvchidir. (Oli imron surasi, 185-oyat)

Har qanday tirik jon bi kunmas-bir kun o'lim bilan yuzma-yuz keladi. Ojiz fikrimcha, inson shu muqarar voqelikka munosib tayyorgalik ko'rish uchun ham, o'zining hech kimligini, bir siqim tuproqligini, kun kelib, vujudini qurt-qumursqalarga yem bo'lib ketishini chuqur idrok etishi kerak.


Hech kim qachon, qayerda qanday holatda jon berishini bilmaydi. Biroq shu foniy dunyoda abadiy qolmasligini juda yahshi biladi. Gohida inson o'sha anglagan haqiqat og'ushida bo'ladi va goho o'zini dunyo bilan ovutib, go'yo umrining chegaralarini o'zi belgilab qo'ygandek, hali uzoq yashashga aniq kafolat bordek o'limni eslashdan yiroqlashadi. Ba'zan hayotda o'ylamay so'zlab o'lim bilan o'ynashib, o'z o'limidan shoirona bashorat qilguvchilar ham topiladi. O'lim haq, qachon kelishini hech kim bilmaydi. O'lim haq va u juda ham yaqin, qosh ila qaboqdan ham yaqin. Kimdur sakson yoki to'qson yoshga borgan qariya uchun kafan hozirlashi, mozorini kovlatib qo'yishi mumkin. Ammo o'sha keksa zotning yana qancha yashashini hech kim aytaolmaydi. Navqiron yigitu qizlarimiz qirq ellik yoki nikohdan so'ng ohirat ishlarini, ya'ni solih amalu namozu ro'zalarini , hijobu avrat berkitishlarini mo'l qo'yadi, ehtimol.

Qayd etilgan


ossiyobinti  08 Yanvar 2010, 16:50:02



Biroq yilning qaysi kunida o’zini o’lim poylab turganini hech kimsa bilmaydi. O’limni eslamaslik kibr, manmanlik, g’aflat, kayfu-safo, ochko’zlik, loqaydlik kabi qator illatlarga olib keladi. O’lim bu"¦                                                                                                                                  
Ruhmning jasaddan, mol mulkning egasidan, dardning dardmanddan ayrilishidir.
Kimning tobutini ko’tarib keta turib, bir kuni o’zi ham shu zaylda  qabristonga eltishlarini inson vujud-vujudi bilan his qilgan taqdirdagina ichidagi shaytoniy tug’yonlarga barham beradi. O’jiz-notavon, bechorahol ekanligini, boshidan to’kilgan bir tola sochini qayta joyiga qo’ya olmasligini, ajin bosgan yuzlarini avvalgi go’zal holiga qaytarish qo’lidan kelmasligini anglaydi. Hamma yo’llar yagona bir manzilga eltadi. Mo’min kishi, albatta, qilgan ezgu amallari, toat-ibodatlari, Allohning rozi-rizoligi yo’lida yelib-yugurganligi evaziga ulug’ mukofatlari berilishidan umid qiladi.
To’g’ri, ushbu satrlarni yozishga shoshilyotgan qo’llarimiz ham, so’zlarini ustida yugurayotgan ko’zlarimiz ham bir kun kelib tuproqqa qorishib ketishini nechun anglamaymiz"¦"¦.Ammo chin mo’min qiyomatda qayta tirilishiga, bu foniy dunyodagi go’zal amallari uchun Mehribon va Rahmli Alloh va’da qilgan, Qu’ron Karimni Ar-Rahmon va boshqa bir qator suralarida keltirib o’tgan daryolarida sutlar, asallar to’lib oqayotgan, bo’glarida turli-tuman mevalari bor jannatdagi joylarini keltirgan, amallarga qarab darajotlar berilishiga ishonib yashaydi.

Qayd etilgan


ossiyobinti  08 Yanvar 2010, 17:04:46

Aynan o’shalar shunday zotlardirki, Biz ulardan qilgan go’zal amallarini qabul qilurmiz va jannat egalari qatorida ularning yomonliklaridan o’tib yuborurmiz. (Bu) ularga va’da qilib yuborilgan haqqoniy va’dadir. (Ahqof.16)
Darhaqiqat , har qanday umr, hayot ohir oqibatda o’lim bilan yakun topadi. Biroq musulmon kishi uchun o’lim bu yo’qlik emas. O’lim bu-visol. O’lim bu-bekatda bir muddat qolib ketgan yo’lovchining ko’zlangan manziliga yetib olishi Musofirning asl Vataniga qaytishidir. Bunda safar yuzasidan hisobot, hisobotga qarab martaba berilishi uchun kerak bo’lgan muddatdir"¦..

Tug’ilish — o’limga qo’yilgan dastlabki qadamdir (Gyote)

Azizlarim, birodarlarim, qiblagohlarim bu bilan man o’limni tushuntirish uchun yozganim yo’q, vaholangki o’limning asl mohiyati Allohning kitobida, Hazrat Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam Payg’ambarimizning hadislarida bayon etilgan. Dilingizga hiralik, o’g’riq kiritib qo’ygan bo’lsam mendek ko’z ojiz bandani kechirgaysiz. Va ohirida Qalbim erkinliga buyruq  berolmagan holimda keltirib o’tgan to’rtlik mislarim"¦"¦

’Qabr"
Qalbim nedur maqsadim ne nahot buni bilmadim,
Qabrim ichra yoturman men umrim o’tdi sezmadim.
Nega shuncha umr ko’rib yahshi amal qilmadim,
SHuncha vaqtim bo’la turib jamoaga chiqmadim.
Dunyoni deb orzu, havas ko’ray deb men ishladim,
Foniy dunyo ekanligi betga kelib angladim.
Onajonim hafa bo’lmang sizzi juda So’g’indim .
Taqdirim shu ko’z yosh to’kmang sabr qiling ilohim .
Qiblagohim Otajonim dardingizni bilmadim,
Nasib qilsa yana diydor ko’rishmoqlik istadim"¦..

Yorug’ yuz ila ko’rishmoqlikni, Allohning va’da qilgan jannatida yuzimiz nurli holatda sizdek aziz bandlar ila ko’rishmoqlik umidida, holisona niyat kun kechiryotgan vafojon"¦

O’limdan keyin boshqa maruzaning keragi yo’q. (Hasan Basriy)
                                                            Mualif:Vafojon

Qayd etilgan


Hadija  16 Yanvar 2010, 23:30:33

O'limning o'zi bir borliq...

Bismillahir rohmanir rohiym
 
Borliq moddiy va ma'naviy qismlardan iboratdir. Masalan, och qolish, qo'rqish, hayol surish, iztirob chekish kabi manaviy borliqlar ko'zga ko'rinmaydi, qo'l bilan tutilmaydi, lekin bajargan ishlari bilan o'zlarini ko'rsatadi. Tush ko'rmaganga tushning nima ekanini anglatish mumkin bo'lmaganidek, tishi og'rimagan odamga ham tish og'rig'ini anglatib bo'lmaydi. Shuning uchun "Ruhiy hodisalar his qilish bilan bilinadi" deyishadi.
 
Binobarin, o'lim ham ma'naviy bir borliqdir, uning o'zini ko'rmasak ham, qilgan ishlarini ko'ramiz. O'lim borliq hisoblangach, o'lganlarni yuqlikga ketishi mumkin emas. O'lim holat o'zgarishidir. Biz ruhlar olamida o'lib, onamizning vujudida tirildik, onamizning vujudida o'lib, dunyoda tirildik, dunyoda ham o'lamiz, qabr eshigidan o'tib, oxiratda qayta tirilamiz.
 
O'lim holat o'zgarishi bo'lgach, "daraxt o'ldi", deb bo'lmaydi. Chunki uning danagi qoladi. Danakni tuproqqa kumsak, o'nib chiqadi, ya'ni, yosh va guzal ko'rinishda qayta tiriladi.
 
Danakni hech qachon yuq qilib bo'lmaydi. Uni esak ozuqa, yoqsak, issiqlik bo'ladi. Chirindisi esa, o'g'it bo'lib tiriladi. Erga sepsak,tuproqqa aralashadi, tuproq esa,o'simliklar vujudida tiriladi.
 
Ulkan o'rik daraxtini kichraytirib, danak ismli tobutga solgan ALLOH danakning vujudida bir vaqtning o'zida o'lim va hayotni mujassamlashtiradi. Masalan,stol ustida quyilgan danak o'lik, lekin ayni vaqtning o'zida u tirikdir, chunki u tuproqqa ko'milsa o'sa boshlaydi. Shuningdek, tobutdagi inson ham dunyo nuqtai nazaridan o'lik, oxirat nuqtai nazaridan tirikdir. Chunki inson bir urug', bir danak kabi tuproqqa ko'miladi, qabr eshigidan o'tib, oxirat hayotini davom ettiradi.
 
O'lim hayotning ziddidir.Zid narsalar bir-birini to'ldirishi e'tiborga olinsa, o'lim ham hayotni poyoniga etkazadi. Shuningdek, oshqozonimizda o'lgan ozuqalar bizga hayot bo'ladi. Zamon daryosida oqayotgan moddalarni bir (tirik) holatdan boshqa (o'lik) holatga o'tishini o'zgaruvchan tokning faza va amplitudasi davrlariga o'xshatishimiz mumkin. Sigir egan o'tlar o'ladi. O'lgan o'tlar sigirning vujudida tiriladi, go'sht, sut va buzoqqa aylanadi. Sigirning go'ngi o'tlarning ildizida qayta tirilib, o'simlik bo'ladi. Go'nglar tirilayotgan bu olamda insonning tirilmasdan qabrda yotishi aqlga va ilmga ziddir.
 
Go'nglar tiriladi, lekin ahloqsizlikning iflos va tuban hayotini madaniyat hisoblagan insonlar Islomiyatning moddiy va ma'naviy olamlarida tirilmasligi mumkin. Holbuki, har kim uchun tavba eshigi  doimo ochiqdir. Chunki tirilishimiz kabi, tirilib jannatga ketishimiz ham muhimdir.
 
Turk muallifi Ismoil Hakim o'g'lining "O'lim yuqlikmi?" kitobidan olindi.

Qayd etilgan


Abdullоh  23 Yanvar 2010, 00:51:30

Ayni shu damda o'limni esladim. To'g'risi juda qo'rqdim...

Qayd etilgan


Hadija  31 Yanvar 2010, 02:55:45

ОЛИЙМАҚОМ ТАВАККАЛЧИ

Ўттиз иккинчи ҳижрий сана.
Қудратли Ислом давлатининг пойтахти Мадинаи Мунаввара шаҳри.
Ўша пайтдаги Ислом давлати бошлиғи, халифа Усмон ибн Аффон розисллоҳу анҳу шаҳар ксчалари бсйлаб юриб кетмоқдалар.
У киши кечагина одамларнинг қсйини боқиб кун ксрадиган нимжон, пакана ва бечораҳол чспонча, Абдуллоҳ ибн Масъуд розисллоҳу анҳу бугун бетоб бслиб қолганларини сшитиб ташвишга тушганлар.
Кечагина одамларнинг қсйини боқиб кун ксрадиган нимжон, пакана ва бечораҳол чспонча, Абдуллоҳ ибн Масъуд розисллоҳу анҳуни бугун ҳолидан хабар олишлари лозимлигини схши биладилар.
Абдуллоҳ ибн Масъуд розислоҳу анҳу слим тсшагида ётганларида халифа Усмон ибн Аффон розисллоҳу анҳу сна ксргани келдилар ва у кишига,
«Аимадан шикостинг бор», дедилар.
Шунда Абдуллоҳ Ибн Масъуд розисллоҳу анҳу:
«Гуноҳларимдан», деб жавоб бердилар.
«Аимани хоҳлайсан?» деб ссрадилар ҳазрати Усмон.
«А оббимнинг раҳматини», деди Абдуллоҳ ибн Масъуд розисллоҳу анҳу
«Сенга табиб юборайми?» дедилар ҳазрати Усмон.
«Табиб (съни Аллоҳ) Ўзи касал қилди», деб жавоб қилидилар Абдуллоҳ ибн Масъуд розисллоҳу анҳу.
«Бслмаса, моддий ёрдам беришни буюрайин», деди халифа.
«Менинг унга ҳожатим йсқ!» деди бемор.
«Сенга бслмаса, кетингдан қолган қизларингга керак бслар», деди халифа.
«Менинг қизларимни камбағал бслишларидан қсрқспсанми?! Менинг бешта қизим бор. Барчаларига ҳар кечада «Воқеа» сурасини сқишни буюрганман. Чунки, Лайғамбаримиз алайҳиссаломнинг, ким «Воқеа» сурасини ҳар кечада сқиса, камбағаллик ва ҳожатмандлик ксрмайди, деганларини сшитган сдим,-дедилар Абдуллоҳ ибн Масъуд розисллоҳу анҳу
Абдуллоҳ ибн Масъуд розисллоҳу анҳу слим тсшагида ётганларида ҳам таваккул-ҳар бир нарсада Аллоҳ таоло га сусниш қандоқ бслиши борасида дарс стдилар. Ислом туфайли мсъжизага айланган зот охиригача сша ҳолда қолдилар.
islom.uz

Qayd etilgan


BecK_Uz  04 Fevral 2010, 20:51:05

O'lib Kutulmaganda Keladi,Bu Kutulmagan Joyda.Hayrulla Hamidovni Bir Hikoyalari bor edi.ku..
BIr Insonni Do'sti BeNamoz inson Bo'lgan kan U esa Nazmozni Kanda Qilmasdan O'qir Va uni davat qilishdan Charchamas EKan.Bir Kuni Yana Davatga Chaqirishibdi Shunda Haligi Odam Etadan keyin mani Yubileyim Shuni O'tkazib Bomdoddan Namoz O'qishni boshleyman Vaqtin bo'sa san ham Kegoin Yubileyga deyishibdi;Yubiley O'tibdi ozgina Ichkilik ham bo'libdi..
Ertasi Kuni Ertalab Hali Odam O'z do'stini Va'dasini eslab ertalab Uni Bomdodga Masjidga Olib kiraman deb Uni eshigini taqillatibdi,shu Payt Uni Hotini Uydan Yig'lab chiqibdi,Tinchlimi NIma Bo'ldi Deb So'rashganda Sizi Do'stiz Olamdan O'tdilar Yureglari Pristup berib qoldi Degan kean Hotini,.
Allohga Ibodat Qilishni Ortga Surush BU Juda ham Katta Gunohdur.Allohga Shukur Biz Muslimonmiz,Va Bizga Farz Qilingan Amallarni qilishlik biz Uchun Farzdur.Kimki BUndan Mustasnoman deb O'ylasa bilsinki Alloh Taolo Uni Hech Qachon Kechirmeydi...Hurmat va Extirom ila BecK_UZ(Sarvar)

Qayd etilgan