Siz o'limni qachon eslaysiz?  ( 55904 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 B


ossiyobinti  06 Oktyabr 2009, 13:55:22

Abu Hurayradan :ra: rivoyat qilinadi. Rasululloh :sw:: "Lazzatlarni ketkazuvchi o'limni eslashni ko'paytiringlar", deb aytdilar, Imom Temiziy rivoyatlari.

Qayd etilgan


Abdullоh  07 Oktyabr 2009, 00:36:57

Jumadan tashqari xar kuni esliyman!!!!!

Bu degan Juma kuni o'limni eslamayman deganimi? yoki, Juma kunidan boshqa kunlarda ham eslayman deganimi?

Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Oktyabr 2009, 07:53:37

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=PFj_aCd61LE" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=PFj_aCd61LE</a>
 
O'lim haqida...

Meshary Alarada - Farshy AlTurab Islamic Nasheed + MP3 LINK

Qayd etilgan


registan  14 Oktyabr 2009, 17:46:51

Man o'limni ko'p eslab turaman, lekin haqiqiy eslash har samolyotga chiqqanimda ro'y beradi. Juda qo'rqaman, har xolda hali tayyor emasmizda.

Qayd etilgan


Ansora  24 Oktyabr 2009, 15:39:11

Yaqinimizdagi Masjiddan namoz vaqti bo'lmasligiga qaramay "Selah" o'qilganda, haa deyman yana biri rahmatlik bo'libdi. Chunki bu yerlarda odat shunday. Kichkina joylarda masjidni mikrofonidan kim vafot etgani va janozasi qachon ko'tarilishini ham aytib o'tishadi. Shu paytlarda yana bir bor o'limni eslayman...

Qayd etilgan


Mr.Twister  28 Oktyabr 2009, 23:35:17

 :bs1:
Kuni kecha uxlashdan oldin negadir ertani ko`rmaydigan kishidek o`zimni xis qildim. Juda qo`rqdim o`limdan emas, Olloh oldidagi savol - javobdan... Alhamdulillah ertalab shunaqangi yengil ahvolda uyg`ondimki unday tongni hech ko`rmagandim... Allohu akbar

Qayd etilgan


Abdulahad  29 Oktyabr 2009, 01:05:42

 :as:
 O'limni doim eslaydiganlardan qilsin hammamizni.
 Albatta inson o'limi qachon kelishini bilmaydi, shuning uchun doim tayyorgarlik korib yurishi kerak, buning uchun esa Robbimiz Alloh S.W.T.ni ko'p zikr qilishga harakat qilishi talab qilinadi. Allohni ko'p zikr qiladigan inson Oxiratiga bog'liq hamma narsani eslab yuradi, shu qatorda o'limini ham. O'limini ko'p eslaydigan inson esa, solih amallardan ko'p-ko'p qilib olishga, Alloh va Rosuli ta'qiqlagan amrlani to'liq bajarishga harakat qiladi ekan ajal farishtasi jonini olishga kelgunga qadar. Ana o'shanday hayot kechiradigan insonlar, sekin-asta solih insonlar darajasi tomon ko'tarila boshlaydi va hatto ajali yetib qazo qilishidan ham qo'rqmay qo'yadi. Bizlar uchun ajiybki, ba'zi bir solihlar orasida, o'zining yaxshi ko'rgan insonlari uchun o'limni tilaganlari ham bo'lgan ekan, yani ular o'limi orqali bu dunyo g'am-anduhlaridan qutulishi, qayg'u-musiblaridan uzoq bo'lishini, bu dunyo hayotida sevib yashagan Alloh va Rosuli bilan ko'rishishni umid qilib shunday fikrlashgan bolsa ajab emas. Haqiqatda Allohning rahmati juda keng, O'zining fazli-marhamati bilan o'shanday solih bandalardan qilsin bizni ham.  :amn:

Qayd etilgan


siddiqa  29 Oktyabr 2009, 09:14:22

 :as:

kecha .....kayfityatim zo'r ,o'qishga shoshilmay vaqtli chiqqanman ,negadir dunyolarga uchib yurgandek ........
odamlar yig'ilishgan .......piqqilllagan yig'i tovushlari ,va tilovat ovozi qo'shni uydan kelardi ,
oyoqlarim yerni sezgandek bo'ldi .alhamdulillah ,
kimdir ketayotgan joyga ertaga o'zim ham borishni o'ylab yerga qarardimu .....ohirat hayollari .
Rabbim unutguvchi bandangga eslatib tur ,deya yig'lagim kelardi .

Qayd etilgan


ossiyobinti  08 Noyabr 2009, 12:28:44

Assalomu alaykum hozirgi kunda ko'pchiligimiz, o'limini esdan chiqarib yuborvomiza. Bugungi kuni o'tkaniga hursand bo'lib, ertangi kunimizam o'ylamasdan yurimiza.

Qayd etilgan


Ansora  08 Noyabr 2009, 13:23:25

Alloh, bu dunyodagi vazifalarini joyida keltirgan holda, haqiqiy dunyoni unutmagan qullaridan bo'lishni nasib etsin insholloh....


O'lum guzel shey, budur perde arkasından haber
Hich guzel olmasaydı o'lur muydu Peygamber

                                                       Nejib Fazıl Kısakurek

O'lim juda go'zal narsa, budir parda orqasidan xabar
Hech go'zal bo'lmasa edi, o'larmidi Payg'ambar....

Qayd etilgan