O’lim — batamom o’lish va yoki yo’q bo’lish bo’lmay, balki bu uydan boshqa uyga o’tishdir. Shu ma’noda haqiqiy musulmon mo’minki, o’limdan qo’rqmaydi. Balki, gunoh va xato ishlardan qo’rqadi. Shu sababdan islom ulug’lari aytganlar : rasvo, sharmsiz hayotdan ko’ra, dilkash o’lim yaxshi.
Bas ey azizlar ! Banda to tavba qilmas ekan va dili yig’lamas ekan, botini ochilmas ekan, aybu nuqsonlari ma’lum bo’lmaydi. Binobarin u banda har kuni bir marta quyidagi tariqa o’ziga xitob qilsin : nega tavba qilmaysan? Nega Alloh va uning Rasulidan uyalmaysan? Nimaga oxirat uchun yig’lamaysan? Va nima uchum dunyo deb yig’laysan?
Dunyoviy orzularing qo’ldan ketsa afsus chekasan, ammo oxirat qo’ldan ketsa parvoyinga kelmaydi? Nima uchun Jannatni ikki kunlik dunyoga alishasan. Ey inson ! Bugunmi yoki ertami ajal kelsa bularning bari bir jon berish achchig’iga arzimaydi. Ey aziz do’stim ! Agar sizdan so’rab qolsaki, nima uchun hamma namozlarda azonu takbir bor, ammo janoza namozida yo’q. Javob beraylikki, nima uchun bo’lmas ekan? Yangi tug’ilgan go’dakning qulog’iga azonu takbir aytiladi, shoyadki ana o’shalarning namozi janoza namozi bo’lsa. Shunday, odamning umri shunchalik qisqaki, namozu takbir va janoza vaqti oralig’icha fursat xolos. Bas ! shunday ekan, ma’lum bo’ladiki, haligi yuqorida zikr etilgan azonu iqomatbizning janozamiz uchun ekan va namozning o’qishga birozgina vaqt berilgan ekan, toki "œOXIRAT OZIG’I" ni sozlaylik va o’zimiz bilan ozuqa olib boraylik.