Bir kun Anjancha osh yeb ko`riylar, deb adamiz atay Andijonga olib bordilar. Mashxur choyxona (nomi esimda yo`q)ni bir oz qidirib qoldilar. Yo`lda ketyapgan kelinchak bo`lsa kerak, to`xtatib, choyxonaga chiqadigan ko`chani so`radik. Kelinchak "Mana shu yo`ldan tiiiiikka ketaverasiz, choyxonaga chiqasiz" deb marhamat qildi.
Biz ham hursand, gazni bosib tiiiiiiiiikka ketdik, ko`cha oooxiridagi muyulishda DNK hodimini ro`parasidan chiqibmiz. Uyam astoydil ko`z tikib turganekan, biror musofir chiqar, biror narsalik bo`lib qolarman deb...
O`sha tiiiikka ko`cha yengil moshinalar uchunmas ekan
Kelinchak piyoda yuraverib, bizlarga ham o`rgangan yo`lini ko`rsatib yuborgande
Xullas, Anjancha oshimiz ancha qimmatga tushgan, lekin alamimga sotib olgan devzira guruchini AQSHga kelganimdayam osh qilib yedik