Sheriyat mulki  ( 151084 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 23 B


AbdurRohman  20 Sentyabr 2007, 21:28:16

Kelibman dargahingga, shohi xo'bonim, qabul etkil,
Bag'ir qonim bila bul chashmi giryonim qabul etkil.

Umid aylab talab olmoqqa kirdim rohi pokingga,
Yo'lingda aylagan faryodu afg'onim qabul etkil.

Tushubdur boshima savdoyi ishqing, ey shahanshohim,
Alam bozorida bul dardi pinhonim qabul etkil.

O'tubdur gavhari noyobi umrim toki g'aflatda,
Tazarru' zor ilan qolg'on pushaymonim qabul etkil.

Tegibdur novakingdin necha o'q jismim aro pinhon,
Shahidin ishq o'lmoqqa oqan qonim qabul etkil.

Uvaysiy garchi noqobil, kelibdur ostonangg'a,
Fig'onu ohi so'zonini, sultonim, qabul etkil.

Qayd etilgan


AbdurRohman  23 Sentyabr 2007, 13:19:00

Chiqib ishq o'ti ko'ksim chokidin, boshimdin oshibdur,
Quruq shoxeki, go'yo o'z ichidin o't tutoshibdur.

Ko'zing jon labiga yetkurdi, labing jon qo'shti jonimg'a,
Bu ikki do'stlar ul joni mahzunim taloshibdur.

Azal kunda asar etgandi sirri may qulog'img'a,
Bugun, vah, dil bulog'i jo'sh urmoqlikda toshubdur.

Visoling orzusi shiddati hijronni yiqmoqda,
Bu ikki pahlavon maydoni dil uzra kuroshibdur.

Uvaysiy, olma boshing zikru fikri yod yodidin,
Suluki ishq aro be yodi haq yo'ldin odoshibdur.

Qayd etilgan


AbdurRohman  23 Sentyabr 2007, 13:38:43

Ey gul, jigarim qoni uzorngg'a munosib,
Yuz porali ko'ksum dag'i xoringg'a munosib.

Sarf aylama har bexabara la'li hadising,
To qahru g'azab ham meni zoringg'a munosib.

Tun sog'arida sharbati bedorlig' ichsang,
Mastonalig' ul chashmi xumoringg'a munosib.

To qildi muattar xati rayhoni sahargoh,
Xushhollig'im husni bahoringg'a munosib.

Man' etma tarahhum etibon, yor, yo'lungdin,
Ashkim yo'l aro man'i g'uboringg'a munosib.

Dil manzarini pok etibon muntazir o'ldum,
Bo'lg'oymu ekin tab'i gulzoringg'a munosib?

Rashk otashini, Vaysiy, bugun ayla mukarrar,
Yuz sen kabi devona nigoringg'a munosib.

Qayd etilgan


AbdurRohman  23 Sentyabr 2007, 13:49:15

Bo'lmasaydi to parishonlig'da zebo kokuling,
Qilmag'aydim shona chog'ida tamosho kokuling.

O'rmasam erdim olib ilgimga ul mashshotni,
Qilmag'ay erdi meni olamga rasvo kokuling.

Yo xaridor o'lmasam edim junun bozorida,
Solmag'aydi boshima yuz rangli savdo kokuling.

Husni ruxsoring to'yo ko'rgan edim qadr tuni,
Qilmasaydi yuzlaring ustida g'avg'o kokuling.

Qolmag'aydim norasolar ta'nayi pinhonig'a,
Etmasaydi sirrimi elga huvaydo kokuling.

Qo'nmasaydi moh ruxsoringg'a ko'nglumning qushi,
Tushmagaydi tori to bo'ynumga yaldo kokuling.

Osmasayding jon olur vaqtinda zulfung dor etib,
Bo'lmag'aydi muncha Vaysiyga mujallo kokuling.

Qayd etilgan


AbdurRohman  23 Sentyabr 2007, 14:19:57

Ki bulbul nola, afg'on aylamakni mendin o'rgandi,
Vujudin sham'i so'zon aylamakni mendin o'rgandi.

Borib sahroga, qon bag'rimdin izhor ayladim bir kun,
Falak bag'rin qon aylamakni mendin o'rgandi.

Shafaq xun bo'lg'usi, dil, yor mehri gar nihon bo'lsa,
Samo gulguni domon aylamakni mendin o'rgandi.

Ko'rub abro' hiloling, jon fido qildim jamolingga,
Ul oy husniga qurbon aylamakni mendin o'rgandi.

Fig'onkim g'am tarog'i xasta ko'nglum resh-resh etti,
Sanam zulfin parishon aylamakni mendin o'rgandi.

Seni izlarman andoqkim, quyoshi diydorin izlarda,
Kezib tun-kun, shitobon aylamakni mendin o'rgandi.

Qanoat qildi Vaysiy, topti dildin gavhari nazmin:
Sadaf ham durri g'alton aylamakni mendin o'rgandi.

Qayd etilgan


AbdurRohman  23 Sentyabr 2007, 14:30:24

Yurursan sohibi xuni jigardin bexabar tokay?
Magas ahvoliga rahm aylamay, ey sheri nar, tokay?

Taalluq bodasin toji aziz boshingg'a yo'l topti,
Xirad taryokin ol komingg'a, vahkim, dardi sar tokay?

Kishikim, hali dildur, do'stlig' davriga ko'z ochsa,
Yiroq ahli yaqinlig'da erurlar mo'tabar tokay?

Bilurmi ahli g'aflat kavkabi bedor inib der,
Kechalar tortgan ohimdin falak uzra sharar tokay?

Qanoatda sadaf batnida durdin bexabardurlar,
Cho'mub g'avvos sochgay sangi dillardin guhar, tokay?

Uvaysiy, qalb mir'onatig'a ko'rguz dil yuzin, ey sho'x,
Qilursan bu jahonning nek nomidin hazar tokay?

Qayd etilgan


AbdurRohman  23 Sentyabr 2007, 14:35:52

                                     Chiston!

Ul na gumbazdur: eshigi, tuynugidin yo'q nishon,
Necha gulgunpo'sh qizlar manzil aylabdur makon.
Sindurub gumbazni, qizlar holidin olsam xabar,
Yuzlarida parda tortig'liq, turarlar bag'ri qon.

Qayd etilgan


AbdurRohman  23 Sentyabr 2007, 14:44:42

                            SHERMUHAMMAD MUNIS

                                      G'azallar!

Do'stlar, mensiz dame ohangi ishrat qilmangiz,
Siz ichib sahbo, meni xunori hasrat qilmangiz.

Gar muyassar bo'lsa bir mahbub ila bazmi nishot,
Mansizni suhbat tuzarga mayli rag'bat qilmangiz.

Topsangiz bazmi visole, anda yoq etmay meni,
Zor ko'nglumni asiri dog'i furqat qilmangiz.

Men kibi yo'qdur aroda, mankubu maxmuri aysh,
Kimsaga mendin ziyoda boda shafqat qilmangiz.

Ahli donish birla har dam aylangiz bazmi kitob,
Jam'i nodonlar bila izhori ulfat qilmangiz.

Do'st uldurkim, yomon kun yuz evurmas do'stidin,
Munis ahvolini ko'rub tarki muhabbat qilmangiz.

Qayd etilgan


AbdurRohman  23 Sentyabr 2007, 14:51:54

Davlating borida bordur ahli olam oshno,
Qaytg'ach davlat, jahonda topilur kam oshno.

Uyla bekaslik meni mahzung'a topmish dastkim,
Bir kishi yo'qdur mango juz kulfati g'am oshno.

Baski, davron xoxishi begonaliq solmoqdurur,
Bir-biriga bo'la olmas ikki hamdam oshno.

Kimki bo'ldi oshno, bot ayladi begonalig',
Topmadim davr aro bir ahdi mahkam oshno.

Gar vafo bo'lsa, parida bo'lg'ay erdi, ko'rmadim,
Bo'ldurlar har nechakim avlodi odam oshno.

Hajr ranjidin o'larga eymishamkim, ko'rsalar
Holima tutg'ay azo begona, motam oshno.

Ishq aro ul nav' erur vahshat meni majnung'akim,
O'zgani demay, bo'la olmas ko'ngul ham oshno.

Dard chekmak, ashk to'kmak ishq eliga xosdur,
Har ko'ngulga dard, har ko'zga emas nam oshno.

Muniso, davron g'ami begona bo'ksa, tong emas
Kim, senga bo'lmish biyik donishvar Akram oshno.

Qayd etilgan


AbdurRohman  23 Sentyabr 2007, 15:18:15

Base g'am boridin chekmish og'irni,
Yog'ir bo'lmish hazin ko'nglum yog'irni.

Falak g'am yuklarini solg'onda elga,
Yog'irnimg'a mening qo'ymish og'irni.

Bilursen g'am yukin ko'p chekkanimni
Yog'irnim ustida ko'rsang yog'irni.

Iting ko'rsam, manga uns aylasun deb,
Berurman gah ko'ngulni, gah bog'irni.

Raqib ollingda bo'lmoqdin hazinman,
Tilarman ko'rmasam ul bo'lmog'irni.

Zamon ahlig'a bo'lmish shikva oyin,
Netong, sevsam agar gungu sog'irni.

Najote istasang Munisg'a g'amdin,
Ayoqchi, tut anga har dam chog'irni.

Qayd etilgan