Ashk xun, ruxsor zardu dil xazin, tole' qaro,
Dard gunogun, falak dun, ahli davron bevafo.
Jon g'amin, xotir mushavvash, aql mafqudul - asar,
Hajr qotil, yor g'ofil, ishq g'olib bohro.
Zaxm muhlik, tiri g'am parron erur, romi falak,
Za'f mustavli, badan majruh erur, marham fano.
Do'st beparvo, ko'ngul oshuftavu dushman qaviy,
Muddaiy ko'p, ta'na bisyor jafokor oshno.
Ham havo bordur samumi ohu ham so'z ashk,
Mazra' ofat, shohi naxli umr benash'u namo.
Yor hamsuhbatligidin toki ayrildim, erur
Hamdamim ranju ano, hamroz g'am, mahram balo.
Kishvari mehnat shahimenkim, manga bordur mudom,
Boshg'a sochqan xok toju taxt-eski bo'ryo.
Maskanim xoki mazallat, bistarim xori taab,
To'mam anduhu nadomat, ishratim tutmoq azo.
Majlisim qayg'u, mayim xuni jigar, jomim firoq,
Lekin, ey Munis, bu hangom ichradur soqiy qazo.