Sheriyat mulki  ( 149055 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 ... 23 B


AbdurRohman  01 Oktyabr 2007, 11:27:13

                Fuzuliy g'azaliga muxammas

Falak shabgun ko'ngul dudin namoyon etdigumdandur,
Zamin gulzor qon yoshim gulafshon etdigumdandur,
Jahonda sho'ri rasvolig' farovon etdigumdandur,
Parishon xalqi olam ohu afg'on etdigumdandur,
Parishon o'ldug'im xalqi parishon etdigumdandur.

Saropo aqli xudroyim giriftori junun o'lmog',
Damodam chashmi giryonim sirishki lolagun o'lmog',
Dili mahzunim anduh ichra har soat zabun o'lmog',
Tani zorimda dardi ishq kun-kundin fuzun o'lmog',
Tani bedarda tadbir ila darmon etdigumdandur.

Yetub gar holate oshiq do'gar yosh yo edar nola,
Sabab ta'siri fayzi ma'shuq o'la ul hola,
Eshit burhonimi tasdiqing o'lmazsa bu aqvola,
Ko'zimkim bag'rim qonin do'kar pargola-pargola,
DAmodam orzuyi la'li jonon etdigumdandur.

Xachan afsus edardim sirrimi po'shida qilsaydim,
Xachan hasrat chekardim zohiran gul-gul ochilsaydim,
Xachan zahmat ko'rardim da'vati oroma kelsaydim,
Xachan rasvo o'lurdim qon yutub sabr eda bilsaydim,
Malomat chekdigim behuda afg'on etdigumdandur.

Junun vodiylarig'a Xizri uzlat go'stara ohim,
Na hamrohim o'lub Munis kibi hamrozu dilxohim,
Na bir odam ko'rub ashkim, eshitur nalavu ohim,
Fuzuliy, ixtiloti mardumi olamdin ikrohim,
Parivashlar xayolin munisi jon etdigumdandur.

Qayd etilgan


AbdurRohman  01 Oktyabr 2007, 11:46:45

                     TURDI FAROG'IY
             
                         
Qatrayam nochiz, ammo zoti qulzum Turdiman,
Kelturan amvojg'a bahri talotum Turdiman.

Qirq, yuz, ming aqrabolar etdilar mandin nufur,
Ne balo baxti qarovu tolei shum Turdiman.

Rishtadek ming bor ro'ze chashmi so'zandin o'tar,
Bovujudi e'tibori chashmi mardum Turdiman.

Qayd etilgan


AbdurRohman  01 Oktyabr 2007, 11:49:37

Tana'umning nadomatsiz, tamoshoning tasarrufsiz
Jahon istab yururda ko'rmadim bir tan taassufsiz.

Haqiqatbing'adur har juzv - kull, har zarra bir xurshed,
Guharni bilma holi qatradin, har Yusufsiz.

Tafakkur vartasinda mahv o'lub, kirdim jahon sori,
Harife topmadim olamda yo'qlug'din takallufsiz.

Qayd etilgan


AbdurRohman  01 Oktyabr 2007, 11:53:57

                     G'azallar!

Bir sari azm ayla, joyi nomusulmondur bu mulk,
Fitnayi avboshu zulmi kufru tug'yondur bu mulk.

Bir kalima hurmatidin lek islom oti bor,
Mutlaqo kirdori xayli kofiristondur bu mulk.

Durhadu, tangchashmu besaru ya'jujvaz',
Muxtalif mahzab, guruhi o'zbekistondur bu mulk.

Naqdi jon bersang, topilmas, istasang, bir dona aysh,
Mehnatu anduhdan so'rasang, farovondur bu mulk.

Joyi islomu musulmonlig', Farog'iy, istama,
Poytaxti kishvari Subhonqulixondur bu mulk.

Qayd etilgan


AbdurRohman  02 Oktyabr 2007, 14:26:59

Tor ko'ngilli beklar, manman demang, kenglik qiling,
To'qson ikki bo'li o'zbek yurtidur, tenglik qiling.

Birni qipchoqu xitoyu birni yuz, nayman demang,
Qirqu yuz, ming son bo'lub, bir xon oyinlik qiling.

BIr yaqodin bosh chiqorib, barcha bir to'nga kirib,
Bir o'ngurlik, bir tirizlik, bir yaqo-yenglik qiling.

Kim qo'yubdur uhadyi o'z mulkungizdin chiqmayin,
Ikki, uch, to'rt da'visin etmakni, ko'tahlik qiling.

Mardlar maydon chekib, rangin ko'torib zaxmlar,
Sizga yo'q ul javhare, yuzga upo-englik qiling

Qayd etilgan


AbdurRohman  02 Oktyabr 2007, 14:44:37

Musulmon bilma aslo hech mazhab qavlida o'zbak,
Bularni kufrig'a bilittifoqi jumla yo'qtur shak.

Na mazhab, qaysi din, o'z mulkini o'zi xarob etgay,
Erurlar mufsid ul-arzu firqayi badrak.

Atolur hoji kofir Makka borib, haj qilib kelsa
Ki, hargiz o'zga bo'lmas haq yo'li yurgan bilan eshshak.

Ko'rub suratda zohir shayxu so'fi, e'tiqod etma,
Kirib masjidg'a chiqmak birla qo'ymas (go'ng) yemakni sak.

Qayd etilgan


AbdurRohman  02 Oktyabr 2007, 14:53:33

Boshima bir ko'hi g'am bir ot kohu yemidin,
Bir ko'ngul yuz pora yo'qluq za'fi, vahmu bimidin.

Qad bukub, bo'ynum egib, tegdi ayoqlarg'a boshim
Ahli dunyo poybo'si, xizmatu ta'zimidin.

Dil kabobim, qon sharobim, ashki hasrat - nuqli bazm
Yetdi qassomi azalni xidmati tan'imidin.

Qayd etilgan


AbdurRohman  02 Oktyabr 2007, 15:01:06

Qunyi-yu uqbo sening ko'nglungda doim jilvagar,
Birga vuslat istasang, qil ikkidin qat'i nazar.

Bir dil o'lsa, ikkiga bermak haqiqat shirkidur,
Birdan o'lsa jumla paydo, birga qil umrung basar.

Molu dunyoni yig'ib, bir losha tang'a zulm edib,
Yuk og'ir, eshshak yag'ir, manzil uzoqu yo'l xatar.

Qayd etilgan


AbdurRohman  02 Oktyabr 2007, 15:10:47

Turkona xirom ayladi ul sho'xi diloro,
Dil mulkini bir go'shayi chashm ayladi yag'mo.

Tufrog'da jon bitsa ravodur, na ajab gul,
Cho'x sarvi sihi etdi nihon ko'zlari shahlo.

Har qanda g'ami do'st dili porani istar,
To subh yaqo yirtmadi - mehr o'lmadi paydo.

Qayd etilgan


AbdurRohman  02 Oktyabr 2007, 15:29:40

               MUHAMMADRIZO OGAHIY

                         G'azallar!

Mushkin qoshining hay'ati ul chashmi jallod ustina,
Qatlim uchun "nas" kelturur "nun" eltibon "sod" ustina.

Qilg'il tamosho qomati zebosi birla orazin,
Gar ko'rmasang gul bo'lg'onin payvand shamshod ustina.

Nozu adovu g'amzasi qasdim uchun qilurlar dam-badam,
Vah, buncha ofatmu bo'lur bir odamizod ustina.

Man xastag'a jon asramoq emdi erur dushvorkim,
Qotil ko'zi bedod etar har lahza bedod ustina.

Ul gul yuzi shavqi bila shaydo ko'ngul shomu sahar
Bulbuldek aylar yuz navo ming nav'i faryod ustina.

Boshimg'a yoqqan g'am toshin mingdin biricha bo'lmag'ay
Gardun agar ming Besutun yog'dursa Farhod ustina.

Ey shah, karamm aylar chog'i teng tut yamonu yaxshini
Kim, mehr nuri teng tushar vayronu obod ustina.

Xoki taning barbod o'lur oxir jahonda necha yil
Sayr et Sulaymondek agar taxting qurub bod ustina.

Ne jur'at ila Ogahiy ochg'ay og'iz so'z dergakim,
Yuz xayli g'am qilmish hujum ul zoru noshod ustina.

Qayd etilgan