Sheriyat mulki  ( 150893 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 B


Robiya  15 Oktyabr 2007, 14:24:11

            Robiya Turob qizi
Savob deb birovga qilsang gar yordam,
Javobi ko’zingni o’yib ketarlar.
G’amingga sherigu do’sting deb jondan,
Kulfatda o’zingni qo’yib ketarlar.

Ojiz sadaqaga ochganida qo’l,
Tashlamoq o’rniga olmoq istarlar.
Hatto farzand tilar onasin margin,
Tiriklayin go’rga tiqmoq istarlar.

Yoshlar dunyo talab bo’lsa chidarsan,
"œOyog’i go’rda"ning xayoli pulda.
Oxiratga neni olib ketarsan,
Kalima o’rnida ne bor u tilda.

Begonaga boqmoq gunohi azim,
Ko’zlar emas,tanlar begona izlar.
Harom luqmalari bo’lmasdan hazm,
Yana harom yo’lni qalblari izlar.

Ayol tani tugul balki ovozi,
Begonalarning oldida makruh.
Bugun ko’cha-ko’yda ayol parvozi,
Ayol hokimligi erkaklar majruh

Yaratgan Egamga shukronalik yo’q,
Bergan rizqiga ham yo’qdir qanoat.
Qilgan gunohlardan hayronalik yo’q,
Bugun ko’plar uchun yolg’on Oxirat

Shunday mal’unlarni ko’tarib yurgan,
Zaminning holiga achinaman, oh!
Hamisha Sobiru Sabrida turgan,
Ne jazo berarkan ertaga Olloh.
             

Qayd etilgan


Robiya  27 Oktyabr 2007, 17:06:55

           Robiya Turob qizi
Deydilar yolg’izlik oyga yarashar,
Inson yolg’izlikda hech oy bo’lmasin.
Jilvalanib oqish soyga yarashar,
Insonning ko’z yoshi hech soy bo’lmasin.

Alloh ko’pga nazar solmish azaldan,
Yolg’iz otning dong’i chiqmas deydilar.
Oilada jamlik shirin asaldan,
Yovg’on ovatni ham oshdek yeydilar.

Yolg’izning har kuni yil bo’lib o’tar,
Hatto yorug’ olam ketar tor bo’lib.
O’zi ham bilmaydi,u kimni kutar,
Mol-dunyosi uni, yutar g’or bo’lib.

Yolg’izlikdan asra o’zing  ey,Tangrim,
Birga bo’ldirdingmi,birga o’ldirgin.
Yolg’izlab boshiga hech g’amni solma,
Birga g’am chektirib,birga kuldirgin.

Farzandni onadan ayirib qo’yma,
Yo otadek baxtdan etmagin judo.
O’limga iloj yo’q,lek tiriklayin,
Yolg’izlikni boshga solma ey, Xudo.


Qayd etilgan


Mahzunabonu  04 Noyabr 2007, 19:57:03

"œSayohatnoma"lardan
QO’QONDAN SHOHIMARDONGA

Faryodkim, garduni dun
Aylar yurak bag’rimni xun,
Ko’rdiki, bir ahli funun —
Charx anga kajraftor ekan.

Qolmay shaharda toqatim,
Qishloq chiqardim odatim,
Xohi yayov, bo’lsun otim,
Goh sayr ham darkor ekan.

"œUltarma"ga qildim yurush,
Yo’ldosh edi bir chitfurush,
Yetdim jadallab vaqti tush,
Bir dam qiziq bozor ekan.

Bir ma’raka ko’rdim butun,
Ja’mi yopingan boshga to’n,
Boqsamki, besh yuzcha xotun,
Voiz so’zin tinglor ekan.

Mingboshilik kimning ishi,
Desam, dedi bedonishi,
Bir "œQo’shtegirmon"lik kishi,
Xo’ja Iso badkor ekan.

Mag’rur, xasisu beshu kam,
Har gapda yuz ichgay qasam,
Takjoy olur moxovdan ham,
Hoji o’zi murdor ekan.

"œDo’rmoncha"ga ketdim o’tub,
Yoqamni har soat tutub,
Yotdim ul oqshom g’am yutub,
Dashti qaroqchizor ekan.

Unda bo’lus G’ozi dedi,
Ham mufti, ham qozi dedi,
Yurt barcha norozi, dedi,
Qilg’on ishi ozor ekan.

Boz izdihomi voizi,
Badkayf, ochilmas ko’zi.
Yuqori boshidin tizi,
Ermaklari ko’knor ekan.

So’rsam, dedilar: "œBo’rbaliq",
Birmuncha echkilar ariq,
Kelsa kishi yeyar tariq,
Shomu sahar tayyor ekan.

"œOq yer"din o’tdim, boylari —
Oliy imorat joylari,
Mehmonsiz o’tkay oylari,
Kelsa birov nochor ekan.

Ammo nazarda "œRoshidon",
Firdavs bog’idin nishon,
O’ynab oqar obi ravon,
Sahni gulu gulzor ekan.

Ma’yus bordim "œZohidon",
Bir ko’cha ketguncha do’kon,
Sho’x odami, ichmay piyon,
Mast, otasi bezor ekan.

Suvlar sepilgan so’rilar,
Bo’rlangan o’choq-mo’rilar,
Tab’ing mabodo choy tilar,
Damlashlari ishqor ekan.

"œOltiariq" qursin o’shal,
Sellarda qoldim bir mahal,
Bo’ldim ivib, yomg’urda shal,
To’n shilta, ho’l ezor ekan.

Mingboshisi so’finamo,
Tasbehu bo’ynida rido,
Cho’qub qochar zog’i alo
Bir dog’uli ayyor ekan.

Xayru soho vajhiga kar,
Bir pulni yuz yerdin tugar,
Kelsa gadoy nogah agar,
Bir non chiqish dushvor ekan.

Ko’rdim chuqur "œChimyon" erur,
Yer ostida zindon erur.
Dushmanlari mehmon erur,
Bog’i uning tutzor ekan.

Vodil maqomi dilfizo
Ko’chalaridur dilkusho,
Anhorida obi safo,
Sebarga obishor ekan.

Muqimiy.

Qayd etilgan


Robiya  06 Noyabr 2007, 16:46:25

                 Robiya Turob qizi
Qaniydi o’tmishim tush bo’lib qolsa,
Yoki ertaklarga aylansa edi.
Yozuqlarim koshki qush bo’lib qolsa,
Uchib yo’qliklarga boylansa edi.

Hasan Basriy bir vaqt qilgan gunohin,
Yozib osib qo’ydi bo’yniga bog’lab.
Undan hech uzmadi yoshli nigohin,
To so’nggi damgacha bag’rini dog’lab.

Qay bir gunohimni osay bo’ynimga,
Qay birin aytibon qonlar yig’layin.
Ular qora ilon — kirgan qo’ynimga,
Gar qo’limdan kelsa,uni tig’layin.

Banang so’rog’idan titraydi vujud,
Sening ro’parangda nima qilarman.
Gunohga kafforat — qilganim sujud,
Qabulmi-no qabul qaydan bilarman.

O’zing bilan bog’liq gunohim kechsang,
Bandang kechirmasa,holim ne kechar.
Gunohlar yopingan kiyimin yechsang,
Bu gunohkor tanim qay to’nin yechar.

Mag’firat pardasin o’ragan bo’lsang,
Iloyo men uni yirtib qo’ymayin.
Bandangdan ne amal so’ragan bo’lsang,
Nasib et,bajarib aslo to’ymayin.


Qayd etilgan


Robiya  21 Dekabr 2007, 09:14:53

       Shukrullo
Agar ba’zi birlar seni ranjitsa,
Azob otashida o’rtanma butkul!
O’zing bilasanki, hammani esa,
Ko’nglini bir xilda ovlamoq mushkul.

Ba’zida joningni jabborga berib,
Asl haqiqatni so’zlaganing dam,
Ba’zi birlar sendan butunlay ranjib,
Mumkin seni nodon deyishlari ham.

Bordiyu, yaxshini desang ham yomon,
Aminmman, topilur senga tarafdor.
Dunyoda bor ekan haqiqat yolg’on,
Hammaga teng yoqish mumkinmas zinhor.

Demak, shunday ekan, yolg’on gap sotib,
Nopoklar ko’ngliga bo’lgandan ma’qul.
Do’stim, haqiqatu rostini aytib,
Faqat, vijdoningni buyurganin qil!


Qayd etilgan


Robiya  10 Yanvar 2008, 11:50:39

                      Hofiz Sheroziy
Agar ko’nglimni shod etsa, o’shal Sheroz jononi,
Qaro xoliga baxsh etkum Samarqandu Buxoroni.
So’n, ey soqiy, maying oxirigacha,jannatda topmaysan,
Bu Ruknobod qirg’gog’idagi so’lim Musalloni.
Shu aldoqchi,qiziqchi,fitnachi sho’xlar qo’lidan dod,
Ko’nguldan eltdilar sabrim qilib turklarcha yag’moni.
Mening nuqsonli ishqimga uning husni emas muhtoj,
Go’zal yuz hech talab qilmas bo’yoq ham zebu oroni.
Gapir cholg’uchidan,maydan,jahon sirini kam izla,
Yecholmas hech kishi hikmat-la bu og’ir muammoni.
Men ul Yusufdagi cheksiz go’zallikdan aniq bildim.
Chiqarmish ishq nomus pardasidan ul Zulayhoni.
Yomon deding quvondim man, xudo haqqi,so’zing to’g’ri,
Go’zalroq ayladi achchiq so’zing la’li Shakarxoni.
Nasihat tinglagil,jono,tuturlar jonu dildan do’st —
Aqlli baxtli yoshlar hurmat aylab keksa dononi.
G’azal etdingu dur sochding, yoqimli kuyla, ey Hofiz,
Falak nazmingga gavhardek nisor etsin surayyoni.

Qayd etilgan


Robiya  18 Yanvar 2008, 16:54:20

Fig’onkim, gardishi davron ayirdi shahsuvorimdin,
G’amin ko’p, ey ko’ngul, sen bexabarsen holi zorimdin.

G’uborim ishq vodisida barbod o’ldi, andog’kim,
Biyobonlarda Majnun to’tiyo izlar g’uborimdin.

Qizil qondur sirishkim, za’farondur chehran zardim,
Meni kim ko’rsa farq etmas, xazon birla bahorimdin.

Buzuldi ro’zg’orim, xonan ayshim xarob o’ldi,
Na rohat ko’rgamen emdi buzulg’on ro’zg’orimdin.

Biyobonlarni izlab topmadim yorim so’rog’ini,
Berurman jon, sabo nogoh xabar keltursa yorimdin.

Diyorim ahli mendin yorsiz begona bo’lmishlar,
Ki men ham yorsiz ozurdamen yoru diyorimdin.

Gahi yirtib yaqo, gah qon yutib, gahi fig’on ettim,
Nelar o’tdi bu oqshom, Nodira, joni figorimdin.


Qayd etilgan


Robiya  18 Yanvar 2008, 16:54:59

Men ki qoldim hajr vayronida besomon bo’lib,
Yor kelmas kulbai vayronima mehmon bo’lib.

Dashtu sahrodin so’rog’ingni topolmay dard ila,
Aylanib keldim yana g’am uyiga hayron bo’lib.

Sharbati la’ling xumori birla chandon yig’ladim,
Qatra — qatra ko’zlarimdin oqti bag’rim qon bo’lib.

Vasl aro mag’rur edim diydorig’a, shomi firoq,
O’rtadi jismimni oxir, otashi hijron bo’lib.

Aylasam devonalig’ ayb etmangizkim, ul pari,
G’oyib o’lmishdur nazardin jilvasi pinhon bo’lib.

Nodira, ul mehri tobon shavqida qildim junun,
Oshkoro bo’ldi ishqim shuhrai davron bo’lib.


Qayd etilgan


Mas'ud  18 Yanvar 2008, 18:26:17

Ишқим пинҳон тутгум, асло ошкор стмам ёрима,
Изтироб-азоб стини бермагум дилдорима.

Кузги спроқ сингари дил сарғайиб сслди тамом,
Келди ксклам, лек сшилдан қатра йсқ гулзорима.

Айни фасли ёшлигимда келди-ю, кетди шитоб,
А­нди қилмам қанча афсус, сшитмайди зорима.

Қслим ишда, ёр ёнима, кснгул бунда шод сди   
Йсқотиб лол слтирибман, ҳеч унум йсқ корима.

Қай ерни  ул стди макон осмонними, ё замин?
Менки тайёр кетишликка, қурбон айлаб борима
         
Оразини ксрмоғим чун интиҳодан қайтмагум
Майли қсйсин икки устун ва сиртмоқни дорима.

Оҳларимга қулоқ тутмас дссту ёрон минг  тараф, 
Баён стдим дардларимни шу мсъжаз ашъорима.


Kamina

Qayd etilgan


Robiya  24 Yanvar 2008, 12:29:02


               Robiya Turob qizi
Yaratganning oldida ibodatli inson bo’l,
Payg’ambar sunnatiga itoatli inson bo’l.
Poyqadamlari neku sharofatli inson bo’l,
Baxti yarlaqab kulgan saodatli inson bo’l.
Yaxshi yomonni anglar faqosatli inson bo’l,
Adab bobida tanho malohatli inson bo’l.
Qilgan gunohlariga nadomatli inson bo’l.
Turmush tashvishlariga matonatli inson bo’l,
Ota-oangn, elingga sadoqatli inson bo’l.
Nodonga kaltak derlar, ishoratli inson bo’l,
Sabr uyi mustahkam qanoatli inson bo’l.
Hukm chiqarmoqlikka adolatli inson bo’l,
Haq yo’liga boshlovchi hidoyatli inson bo’l.
Shu yo’ldan yurganlarga himoyatli inson bo’l,
Yomonni yo’ldan qaytar siyosatli inson bo’l.
Hozir-huzuring ko’rmay, diyonatli inson bo’l,
Haqdeb mashaqqat chekkan riyozatli inson bo’l.
Majruh qalblarga malham shifoatli inson bo’l,
Allohga jonin tikkan fidoyatli inson bo’l.
Namoz o’quvchilarga imomatli inson bo’l,
Qur’on tilovatida qiroatli inson bo’l.
Xo’b amallar qilguvchi karomatli inson bo’l,
Ne amri vojib bo’lsa shijoatli inson bo’l.
Taning haromdan saqla salomatli inson bo’l,
Nopoklarni ko’rganda malomatli inson bo’l.
Rahmon yo’liga doim xarojatli inson bo’l,
Shayton yo’lidan yiroq inoyatli inson bo’l.
Yordam qo’lin cho’zganda inobatli inson bo’l,
Qalbim pok bo’lsin desang, tahoratli inson bo’l.
Islom ilmiga chanqoq ochofatli inson bo’l,
Bergan rizqiga rozi, qanoatli inson bo’l.
Robbingni madh etarga risolatli inson bo’l,
Behuda so’zlar aytmay, tilovatli inson bo’l.
Bu dunyo uyqusiga xiyonatli inson bo’l,
Tunlar haq deb faryod chek, munojotli inson bo’l.
Bu dunyoga g’arq bo’lmay, qiyomatli inson bo’l,
Oxirati obodu-halovatli inson bo’l.








Qayd etilgan