Sheriyat mulki  ( 149115 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 B


Robiya  25 Yanvar 2008, 11:52:46

Yetgan daryosidan ko’ra insonga,
Yetmagan bulog’i go’zal ko’rinur.
Yetsa ham yulduzga yo’ldosh armonga,
Yetmagan chirog’i go’zal ko’rinur.

Ummonga yetsa ham huzur qilmaydi,
Soyga yetmadim deb, armon qiladi.
Quyoshga yetsa ham shukr qilmaydi,
Oyga yetmadim deb armon qiladi.

Bo’stonga yetsa ham pushaymonga qul,
O’kinar sahroga yetmaganiga
Odamzod hamisha qo’yadi ko’ngil,
Yetganiga emas, yetmaganiga.

Hayot shunday ekan, kimdir seni der,
Sen esa qo’msaysan o’zga kimsani.
Kimgadir bir umr bo’lasan asir,
Kimdir yuragida e’zozlar seni"¦

 Muallifi noma'lum

Qayd etilgan


Husravbuxoriy  27 Yanvar 2008, 00:31:38

Ey jonu dilim, sen meni yonimda tur,
Yonda ne, balki manim ayni shu qonimda tur,
Beqaror qon bu nadur, sen shirin jonimda tur
Bevafo jon deydilar, pokiza iymonimda tur,
Har yomonu yaxshi kunda barcha imkonimda tur,
O'ngda tur yo so'lda tur, sen meni yonimda tur.

Do'sti ko'p qaddi bukilmas deydilar qon kechsa ham,
Kechmagay mard do'stidan molu jondin kechsa ham,
Boma deb garchi raqiblar zar choponing yechsa ham,
Garchi taqdir hush kelib yo'lingga gullar sochsa ham,
Mayli har ne kechsa ham, do'st bo'sang yonimda tur
Do'st bo'sang yonimda tur, do'st bo'sang yonimda tur.

Molu davlat qo'lda bo'lsa do'stu yor ham ko'p bo'lar,
Qayga borsang olqishu, maqtovchilar ham ko'p bo'lar,
Hech qoqilma, gar qoqilsang g'iybatchilar to'p-to'p bo'lar,
Munofiq ham soxta do'sting dushmaningdek bo'p qolar,
Mayli har ne gap bo'lar, do'st bo'sang yonimda tur,
Do'st bo'sang yonimda tur, do'st bo'sang yonimda tur.

Har yomonu yaxshi kunda ko'zlarim do'st axtarar,
Bu ko'ngul har soniya ming shirin so'z axtarar,
Kimki oni topmadib bitta gul yuz axtarar,
Charx urib oyu quyosh ham kecha kunduz axtarar,
Top seni kim axtarar, do'st bo'sang yonimda tur,
Do'st bo'sang yonimda tur, do'st bo'sang yonimda tur.

Nozaninlar bazmida aytilar mastona so'z,
Termulib joningni olg'ay surmali mastona ko'z,
Kelgil ey jonimki sendan tinglayin do'stona so'z,
Qo'llarim tutsin belingdin, surtayin poyingga yuz,
Bazmi dildoshlarni tuz, do'st bo'sang yonimda tur,
Do'st bo'sang yonimda tur, do'st bo'sang yonimda tur.

Bu jahonda do'st yo'q, qilma oh, qilma xitob,
Do'stni top ham Haqni topgin, Tangri bergan bir Kitob,
Haqni tosang do'stni topding, do'st qidirsang Haqni top,
Zarra imkoning bo'sa bir g'arib ko'nglini top,
Haq yo'lida qil savob, do'st bo'sang yonimda tur,
Do'st bo'sang yonimda tur, do'st bo'sang yonimda tur.

Ota-onag'a o'g'il-qiz mehribondir do'st bo'lsa,
Hatto sevgan sevgiling ham vafodordir do'st bo'lsa,
Yuzni burma og'a-ini garchi ming xil so'z bo'lsa,
Yetti yot begonalar ham birodardir do'st bo'lsa,
Mayli har ne so'z bo'lsa, do'st bo'lsang yonimda tur.

Ey jonu dilim, sen meni yonimda tur,
Yonda ne, balki manim ayni shu qonimda tur,
Beqaror qon bu nadur, sen shirin jonimda tur,
Bevafo jon deydilar, pokiza iymonimda tur,
Qayda tursang tur vale, do'st bo'sang yonimda tur,
O'ngda tur yo so'lda tur, sen meni yonimda tur.

Qayd etilgan


Robiya  31 Yanvar 2008, 10:35:03

So’roqlar
Samolarda yulduzlarni osmon so’roqlar,
Chin insonni ko’ngil qo’yib inson so’roqlar.

Orzu — armon tug’iladi yerda, yurakda,
Cho’qqilarda baxtin izlab dovon so’roqlar.

Yurak, yongin bir umrga vafo yo’lida,
Oshiq ahli o’z ishqini pinhon so’roqlar.

Do’st qadriga do’st yetadi, jon do’sting o’sha,
Bu olamda mol — dunyongni nodon so’roqlar.

Inson qadri nomusiday bo’lsin pokiza,
Benomuslar o’z narxini arzon so’roqlar.

Hayot shirin farzand bilan, ko’zlar qarog’i,
Farzandlarning kamolini zamon so’roqlar.

Narziy, tutgil odil yo’lni, yo’ldan adashma,
Bilki, dunyo sarhisobli, vijdon so’roqlar.

            Normurod Narzullayev

Qayd etilgan


Robiya  14 Fevral 2008, 14:30:18

NOMI MAN ZEBUNNISOST

Garchi man Layli asosam dil chi Majnun dar havost,
Sar ba sahro mezanam, lekin hayo zanjiri post,

Bulbul az shogirdiyam shud ham nishini gul ba bog`,
dar muhabbat komilam, parvona ham shogirdi most.

Dar nihon xuman, ba zohir garcgi rangi g`ozam,
Rangi man dar man nihon chun rangi surx andar hinost,

Baski bori g`am burun andohtam bar ro`zgor,
Joma niliy kard inak bin, ki pushti dutost.

Duxtari shoham valekin ro` ba faqr ovardaam,
Zebu ziynat bas haminam: nomi man Zebunisost

                          Zebuniso

Qayd etilgan


Robiya  14 Fevral 2008, 14:34:48

             SAHBOGA PARVONA
                     Mahzuna

Emasman charx davri ichra maydin hech begona,
Quyoshning kosasidek o`ynagay qo`limda paymona.

Topilmas rangi sarg`aygan kishi mayxonamiz ichra,
Agar jo`sh ursa maynin ghimmati majlisda mardona.

Chirog`i davlati o`chmas sira sar-sar shamolidin,
Agar maydin kishining jomi ichra tushsa durdona.

Faqat qayrilma qoshdin o`zgaga mast etmagay sajda,
Shuningchun bosh egar may dargahiga rindi mastona.

Erurlar boshqa olam qavmidin ma'noga oshiqlar,
Chivindek bo`lma, ey Mahzuna, sen sahboga parvona.


                M.Muinzoda tarjimasi


Qayd etilgan


Robiya  14 Fevral 2008, 14:38:08

                  OSHIQ BO`LMISHAM
                           Uvaysiy
Bir pari paykar sumanbar yora oshiq bo`lmisham,
La'li dilkash, so`zi xush dildora oshiq bo`lmisham.

Maddi ohim ko`kdadur, sorug` yuzumda ashki ol,
Ul qaddi ra'no, yuzi gulnora oshiq bo`lmisham.

Qilm gulqanding ila za'fim ilojin, e hakim,
menki, gulbargi shakar guftora oshiq bo`lmisham.

Nolau afg`on ertarman qumridek bulbul kabi,
Na ushunkim, sarvigulruxsora oshiq bo`lmisham

Lablaringdin to ko`rinshim xush-xush inju tishlaring,
La'li birla ul duri shahvora oshiq bo`lmisham.

Do`stlar ko`nglum olon zulfi musulmonkush erur,
Kofiredur, kokuli zunnora oshiq bo`lmisham.

O`zni qutqarmoq uchun yeldim-yugurdim har sari,
Oh vovayloki, bora-bora oshiq bo`lmisham.

Manzilu ko`yu, aloyiq bandidin ozodman
To tariqi `hojai Ahrora oshiq bo`lmisham.

Baski, sargardon, quyun yanglig` yugurmakdur ishim,
Ishq vodisiga man ovora oshiq bo`lmisham.

Vaysiydin xush istamaklik yo`q munosib ne uchun?
Bir pari paykar sumanbar yora oshiq bo`lmisham.


Qayd etilgan


Robiya  14 Fevral 2008, 14:46:58

                               Mashrab
 
Ne g`urbatlarni chektim charx bebunyod dastingdin,
Mudom motamda qoldim, bo`lmadim dilshod dastingdin,
Tamomi xonumonim bo`ldi chun barbod dastingdin,
Qafasdin bo`lmadimki qumridek ozod dastingdin,
Hama obod bol`di, bolmadim obod dastingdin
Ki men har qayga borsam, dod etarman, dod dastingdin.
Dilimning quvvati, ruhi ravonimdin ayirdilar,
Ko`zimning oqi yanglig` mehribonimdin ayirdilar,
Azizim, hamdamim, oromijonimdin ayirdilar,
Jahon gulzorida ul gulistonimdin ayirdilar,
Hama obod bol`di, bolmadim obod dastingdin
Ki men har qayga borsam, dod etarman, dod dastingdin.

Chamanda bulbuli sho`ridadurman, oshyonim yo`q,
Misoli chug`zdek vayronalarda ham makonim yo`q,
Vafolig yor deb chiqti, jasadda balki jonim yo`q,
Azizimdin judo bo`ldum, boshimda soyabonim yo`q,
Hama obod bol`di, bolmadim obod dastingdin
Ki men har qayga borsam, dod etarman, dod dastingdin.

Meningdek g`amga qolgan, dilparishon o`lmasun hech kim,
Ko`zi chun termulub yo`llarda vayron o`lmasun hech kim,
Bahori gulshani umri zimiston o`lmasun hech kim,
Bu dunyo diydasig`a torikiston o`lmasin hech kim,
Hama obod bol`di, bolmadim obod dastingdin
Ki men har qayga borsam, dod etarman, dod dastingdin.

Umidim bor, etkurgaymusan xurshidi matlabni,
Saodat burjidin ul sha'mi iqbolimg`a kavkabni,
Ko`targaysan boshimdin ikki olamda qaro shabni,
Iloho, sen etur himmat yo`lig`a xasta Mashrabni,
Hama obod bol`di, bolmadim obod dastingdin
Ki men har qayga borsam, dod etarman, dod dastingdin.


Qayd etilgan


Robiya  27 Fevral 2008, 09:46:41

Yo Rab, boshimda ko’pdur havolar,
Noming-la to’ldi arzu samolar.

Shukri visoling aylab tunu kun,
Ilkimni ochdim-qildim duolar.

Har kimni ko’rsang Xizr birla ko’r,
Uchrar qoshingga ko’p rahnamolar.

Sheri jayondek, fili damondek
Kuyungda yotmish ming mubtalolar.

Kuyung so’rog’in qildi nabilar,
Baytul hazanda bo’ldi fanolar.

Yusuf jamoling da’vosin etdi,
Uch yilga sotdi o’n bir ag’olar.

Zikringni aytdi tayr ila vahshiy,
To’ldir alarg’a ko’hu darolar.

Yuz ming til bila ming-ming farzand,
Ishqing boshida qilg’ay navolar.

Majnun boshida savdoyi zulfung,
Yuz ming meningdek baxti qarolar.

Layli yuzidan anvori husning,
Andek jahonda ko’p xudnamolar.

Qo’hi g’amingda qolmish balog’a,
Farhod yanglig’ yuz ming gadolar.

Shakkar labingni shahdida o’lmish
Shirin misolliq nozuk adolar.

Shomu saharlar yodingni aylab,
Bonu o’qiydur hamdu sanolar.

Samarbonu

Qayd etilgan


Robiya  28 Mart 2008, 12:13:56

Kimki o’z qadrini bilmas, bilmas odam qadrini,
Odam ermas bilmasa har kim bu olam qadrini.

Aylanib suv ustida oqqan somon yanglig’ kishi,
Qolmagay girdobi g’amda bilsa bu dam qadrini.

Ey bahor elchisi, bog’da tutma pandingni darig’,
Yaxshi bilsin subhidam gul bargi shabnam qadrini.

Vasf etib ming bir kecha aytolmagay mingdan birin,
Maqtagan jon bulbuli ming yil bu ko’klam qadrini.

Ey quyosh, davringning qadrini bilmagan iblislar,
Ham behishtdan haydalur, bilmas jannat qadrini.

Qadr bilganlarni qadrin saqla tan, jon birla teng,
Qadr bilmaslarga o’rgat kunda kam-kam qadrini.

Chustiy, bu olam muhabbat oftobin olami,
Odam ermas bilmasa har kim bu olam qadrini.


Qayd etilgan


Muhyiddin  07 May 2008, 18:03:18


Ўн саккиз минг олам ошуби агар бошиндадур,
Ае ажаб, чун сарвинозим сн саккиз ёшиндадур.

Деса бслғайким, сна ҳам сн саккиз йил ҳусни бор,
Ўн саккиз ёшинда мунча фитнаким бошиндадур.

Ўн саккиз йил дема, юз саксон йил слса, улдурур
Ҳусн шоҳи, ул балоларким, ксзу қошиндадур.

Ҳайрат стмон, ҳусни нақшидаки, ҳар ҳайратки бор,
Барчаси А­зид Таоло сунъ наққошиндадур.

Тан анга сийму ичинда тош музмар кснглудин,
Ақлға юз ҳайрат ул ойнинг ичу тошиндадур.

Май кетур, сй муғки, юз ҳайрат аро қолмиш Масиҳ,
Бул ажабларким, бу сски дайр хуффошиндадур.

То Аавоий тскди ул ой фурқатидин баҳри ашк,
Ҳар қачон боқсанг, қуёш акси анинг ёшиндадур.

Алишер Аавоий

Qayd etilgan