Sheriyat mulki  ( 151013 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 23 B


AbdurRohman  14 Sentyabr 2007, 17:39:35

                                        G'azallar!

Na qildim sanga man, yorim, jamolingdin judo qilding,
Boshimda gardi g'amni chun charog'i osiyo qolding.

Hamisha kuydurub sham'i firoqing birla jonimni,
Meni parvonani xokistarini zeri po qolding.

Judoliq aylar ekansan, ayo laylivashi shirin,
Ne deb avval o'zungg'a men g'aribni oshno qilding.

Nigoro, bori g'am birla faqiri notavon aylab,
"Alif"dek qomatimni "lom-alif" yanglig' duto qilding.

Firoqing osmonidin solib bir barqi olamso'z,
Vujudim xirmanin o'rtab ado qilding, ado qilding!

O'shal ro'ze:"Bilurmisan meni?" deb ayding, ey yorim,
"Bale",-dedim, seni suydum, balog'a mubtalo qilding.

Ayo dilbar, Huvaydodek balokashni eshiklarda
Solib ko'zdin asiru benavo, zoru gado qilding.

Qayd etilgan


AbdurRohman  14 Sentyabr 2007, 17:46:17

Xoki poyi yaxshilar bo'l, xok bo'lmasdan burun,
Bu qaro yer qo'yni senga chok bo'lmasdan burun.

Mo'mineni g'iybatiden munda og'iz pok qil.
Anda do'zaxni o'ti misvok bo'lmasdan burun.

Ko'rsatib ganji qanoat, och ko'zingni sayd qil,
Ko'zlaringni kosasig'a xok to'lmasdin burun.

Xoru xasni yostanib, qilma tama'din bir xase,
Qabring uzra to'ydayi xoshok unmasdan burun.

Qilma g'amgin mo'mineni, ko'nglini shod aylagil,
Tongla mahshar dashtida g'amnok bo'lmasdan burun.

Ey Huvaydo, kechalar yig'lab yaqongni chok qil,
Domani subhi qiyomat chok bo'lmasdan burun.

Qayd etilgan


AbdurRohman  14 Sentyabr 2007, 18:00:52

Nafsing seni qattig' balo, albatta, urgil poy ango,
Har dam seni o'tqa solur, zinhor berma poy ango.

Aytur snega yuklab yukin:"Ul ishni qil, bul ishni qil!"
Aksini aylab so'zni, hech qilmag'il parvoy ango.

Izzatig'a ul farbeh bo'lub, isyon sari bo'lg'ay daler,
Aylab oyog' ostida xor, cho'g' nayzasini soy ango.

O'z royiga qo'ysang oni, bir damda ajdarho bo'lub,
Boshing yutarg'a o'g'rag'ay, erkingni berma boy ango.

Uzgil havasni xorini dil bog'idin aylab shitob,
Resha olib mahkam bo'lur, bersang zamone joy ango.

Miskin Huvaydo, senoni nogoh ko'tarsa boshini,
Taqvi tayog'i birla chop, hargiz dedurma voy ango.

Qayd etilgan


AbdurRohman  14 Sentyabr 2007, 18:07:21

Qoshinga sajda qildim misli mehrob,
Qaro zulfingga qo'ydim jonim chirmob.

Ko'zingni g'amzasi tiri baloye,
Sipar qilsam anga jon, tutmag'ay tob.

Xadangi kiprikingdur xanjari tez,
Qo'yor har dam mani qonimg'a bulg'ob.

Nigohing misli ohuyi ramida,
Yonib bir boqishingdin bo'ldi dil ob.

Yuzung gul, lablaring la'li Badaxshon,
So'zung shirinlig'i naydin olur ob.

Dahoning g'unchayi gul, tishlaring dur,
Qadingdur sarv, raftoring erur ob.

"Alif"dek qomatingni, ey nigorim,
Saloming "lom alif"dek soldi to'lg'ob.

Saningdek nozaninga bul Huvaydo
Nechuk jon bermasun, ey durri noyob.

Qayd etilgan


AbdurRohman  14 Sentyabr 2007, 18:22:36

Sani ishqingda, ey dilbar, ajab devonalar bo'ldum,
Xaloyiqg'a bo'lub kulgu, base afsonalar bo'ldum.

Qilur ta'na ko'rub har kim mani holimga, ey mohim,
Bu elni og'zida har go'shada afsonalar bo'ldum.

Hama qavmu qarindoshim mani ko'rsa qilur nomus,
Baridin yuz o'gurdim, bir yo'la begonalar bo'ldum.

Sani ilkingdin, ey dilbar, muhabbat jomini ichsam,
O'shal kundin beri bilmay o'zum mastonalar bo'ldum.

Shabiston ichra, ey yorim, jamoling sham'ini ko'rdum,
Boshingdin o'rgulib har subhidam parvonalar bo'ldum.

Visoling izlabon, dilbar, Huvaydoyi g'arib miskin
Gadolardek so'rab eldin yurub ovvoralar bo'ldum.

Qayd etilgan


AbdurRohman  14 Sentyabr 2007, 18:28:06

Qo'l solib keldi sanam bir-bir bosib,
Belig'a xanjar hamoyildek osib.

Aydim, ey, jonim tasadduqdur sanga,
BOsh kerak bo'lsa, rizoman ol kesib.

O'ldurur bo'lsang mani bechorani,
Zulfi zanjiring bilan o'ldur osib.

Xoh o'ldur, xoh kuydur, ey pari,
Qilmag'il ammo yuzingdin benasib,

Kuldi, aydi:"Bu kecha xilvatdaman,
Shum raqiblar bilmasun, borg'il busib".

Bul Huvaydoni ko'rung, bebaxtni,
Borg'oli qo'ymas raqiblar yo'l to'sib.

Qayd etilgan


AbdurRohman  14 Sentyabr 2007, 18:41:39

Har so'zung bo'lsa, boqib so'zla, dilo, bo har nafas,
Aylagil parhezkim, oldingda bo'lsa xoru xas.

Xona xoli, uy mening deb har qayu so'z so'zlama,
Bo'lmag'ay ravzan aro devorni keynida kas.

Vah, na xush davlat erur uzlatnishin xomushliq,
Bo'lmadimu so'zlagandin to'ti dar bandi qafas.

Shishayi purmay uza, ovoz bermas, tegsa tosh,
Mag'zi yo'q bemag'z uchun berdi sadohoyi jaras.

Zoye' etma yaxshi so'zni fahmi yo'q befahmg'a,
Na bilur shiru shakarni lazzatini sagmagas.

Har kishi bo'lsa kerakdur o'z maqomu haddida,
Har bila teng bo'lmag'oy harchand log'ardur faras.

Oqil ahlig'a ishorat ushbu so'z, nodong'a zarb,
Bo'lsa aqling, ey Huvaydo, ushbu so'zdur senga bas.

Qayd etilgan


AbdurRohman  14 Sentyabr 2007, 18:53:21

Ey dilo, gul vaqtida gulzordin andisha qil,
Uzmagil behuda gul, gulkoridin andisha qil.

Kimki kirdi bu chamang'a, to gul uzmay qomadi,
Ore-ore, gul uzarsan, xoridin andisha qil.

Pashshakim, berdorlikdin ichti odam qonini,
Ba'zi-ba'zi mardumi bedordin andisha qil.

Rozi dilni aytmagil, har kimni san mahram bilib,
Oqil ersang, mahrami asroridin andisha qil.

Ganj topsang, zohir etma, tut nihon eldin oni,
Topsa shuhrat, zolimi badkordin andisha qil.

Ey Huvaydo, etmagil Majnundek sirringni fosh,
Aylasang xo'yi "analhaq", doridin andisha qil.

Qayd etilgan


AbdurRohman  15 Sentyabr 2007, 21:37:22

Sabo yеtkur salomimni qaddi sarvi ravonimg'a,
Qaro ko'zluk, qaro kokul o'shal shirin zabonimg'a.

Yotibdir bir g'aribi zor o'lib og'ishtai tufroq,
Bu holimni borib aytg'il mani oromijonimg'a.

Mani boshim ani yo'li arog'a har balo kеlsa,
Boqarman, ey birodarlar, qachon sudu ziyonimg'a?

Falak charxi uzildi-yu, yiroq soldi mani andin,
Qachon qo'shg'ay xudovandim aningdеk mеhribonimg'a?

Ani dardu firoqi o'lgucha mandin judo bo'lmas,
Taralmish jismima jondеk tamomi ustixonimg'a.

Huvaydoni firoqiga oni hеch kеlmadi rahmi,
Qaro toshlar su bo'ldi rahm etib oxu fig'onimg'a.

Qayd etilgan


AbdurRohman  15 Sentyabr 2007, 21:38:36

Hеch kishiga so'zlamasdim, dod etdurdi falak,
Ko'p xaloyiq oldida faryod etdurdi falak.

Arzi holim yetkudеk bir yoru hamdam topmadim,
Shod ko'nglumni, nеtay, noshod etdurdi falak.

Man g'aribu xastani hardam firoq o'ti bilan
Kuydurub, ko'kka kulum barbod etdurdi falak,

Soldi ko'ngul saydig'a har lahza g'am shahbozini,
G'amni man bеchorag'a sayyod etdurdi falak.

Ey Huvaydo,bo'lma qul bu charxi kajraftorg'a,
Lahzada yuz shеvalar bunyod etdurdi falak.


Qayd etilgan