Hikmatlar durdonasi  ( 84243 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 25 B


siddiqa  06 Mart 2009, 05:52:51

Do'stingning sirini gapirishing hiyonatdir.
                                           Hasan Basriy .

Qayd etilgan


siddiqa  06 Mart 2009, 05:56:25

Alloh Taolo taqdir etganini sevinch bilan qarshilamoq rizodir .
                                                 
                                                   Shayh Ruvaym .
 
Befoydaso'zni ko'p aytma va foydalig' so'zni eshitturdin qaytma
                                                     
                                                 Alisher Navoiy

Qayd etilgan


Hadija  07 Mart 2009, 13:40:42

Ilmni fursat bo‘lganda o‘rganaverish kerak. Chunki ilm zarur bo‘lgan paytda fursat topilmaydi.
Abdulloh ibn Mas’ud

Do'stingizni tez-tez ziyorat etib turing. Zero, yurilmagan yo'llar ustini tikan va butalar qoplaydi.
Hakim

Allohga qasamki, qay bir banda do‘zaxga aniq ishonsa, unga keng dunyo tor bo‘lib qoladi. Munofiq esa do‘zax garchi mana shu devorning ortida turgan bo‘lsa ham, unga tushmagunicha shubha qilaveradi.

Hasan Basriy

Qayd etilgan


Muhseena  07 Mart 2009, 22:08:33

                                          *****
Kimning hulqi yomon bo’lsa,o’z nafsini azoblaydi.     
                                                  Hasan Basriy.       

Albatta banda chiroyli hulqi bilan jannatda oliy maqomga yetadi,garchi (nafl) ibodatni ko’p qilmasa ham.Yomon hulqi bilan jahannamning eng tubiga yetib boradi,garchi ( nafl) ibodatni ko’p qilsa ham.
                                                  Anas ibn Molik

Yomon hulqning misoli singan sopol idishga o’xshaydi: uni yamab ham,loyga qaytarib ham bo’lmaydi.
                                                Vahb ibn Munabbah


Qayd etilgan


Munira xonim  08 Mart 2009, 10:12:26

"Hamma narsa INSON qo'lida, lekin inson o'zi AYOL qo'lida".


"Erkaklar ayollarni yomonotliq qilganlarida, faqat bitta ayolni nazarda tutadilar shekilli".

Qayd etilgan


Munira xonim  08 Mart 2009, 10:15:25

"Biz nasihatlardan qocha boshlaganimzga ancha bo'lgan, juda bilarmon, aqlli bo'lib, mahmadonagarchilikni kasb etdik. Agar loaqal, xalq ichidagi donolikka bir qadar quloq solganimzda edi, tabiat va jamiyat ichidagi yashash tarzimizda ozroq xatoliklarga yo'l qo'yarmidik".

Qayd etilgan


Munira xonim  08 Mart 2009, 10:17:13

"Ixlos va iqtidoszi amal xuddi qopini qumga to'ldirib olib ketayotgan va foyda olmayotgan musofirga o'xshaydi".

Ibn Qayyum.

Qayd etilgan


Munira xonim  08 Mart 2009, 10:18:39

"Zulmning ota-onasi nafsdir. Nafs - go'yo valadi zinodir. Uning oqibati halokatdir. Zulm - o'zganing zulmini o'ziga chaqiradi, nafs - o'zganing nafsini o'ziga chorlaydi".

Tohir Malik.

Qayd etilgan


zuhrahon  10 Mart 2009, 11:58:15

Xotinllarga  eng  qimmatli  kishi,eri,erllarga  eng  qimmatli  kishi,onasidir.

Qayd etilgan


zuhrahon  10 Mart 2009, 11:58:38

Avvalo  onanga  qil,so’ngra  otanga.

Qayd etilgan