Hikmatlar durdonasi  ( 94060 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 25 B


zuhrahon  10 Mart 2009, 12:03:11

Allox  taolo  oldida  to’g’ri  so’zdan  xam  ortiqroq  savobli  sadaqa  yo’qdir.

Qayd etilgan


zuhrahon  10 Mart 2009, 12:03:36

Allox  qoshida  ko’p  bola  tuqqan  xotun  bola  tug’magan  go’zal  xotundan  ortiq  seviklidir.Men  qiyomat  kuninda  ummatimning  boshqa  ummatallardan  ortiq  bo’lishini  orzu  qilaman.

Qayd etilgan


zuhrahon  10 Mart 2009, 12:04:00

Bir  odam  o’z  ustida  bo’lgan  birinchi  ado  etish  niyatida  bo’lsa  Allox  taolo  unga  yordam  beradir

Qayd etilgan


zuhrahon  10 Mart 2009, 12:04:25

Uch  turli  kishiga  Allox  taolo  qiyomat  kuni  raxmat  ila  qaramas.ota  onani  ranjitgan  bola,erkakalar  qiyofasiyu  xolatiga  o’xshab  yurgan  xotunga  hamda  g’ayratsiz  erga.Yana  uch  turli  kishi  jannataga  kirmas.ota  onasini  ranjituvchi,aroq  ichishga  ruju  qiluvchi,qilgan  yaxshillkalri  ila  minnat  qiluvchi  kishi.

Qayd etilgan


siddiqa  11 Mart 2009, 03:59:57

Umrimga qarab yetmish uch yillik ibodatlarimning hammasini bir soatlik qisqa ko'rdim ,gunohlarimga boqib Nuh (as)ning umriday uzun ko'rdim .
                                           
                                            Abul Hasan Xaroqoniy .

Qayd etilgan


shoir  11 Mart 2009, 16:04:41

Allox  qoshida  ko’p  bola  tuqqan  xotun  bola  tug’magan  go’zal  xotundan  ortiq  seviklidir.Men  qiyomat  kuninda  ummatimning  boshqa  ummatallardan  ortiq  bo’lishini  orzu  qilaman.

Zuhraxon, menimcha siz yozganlaringiz hadisdan. Bu yerda boshqa olimlar tomonidan aytilgan hikmatlar berib boriladi.
Hadislar uchun alohida mavzu bor. Iloji bo'lsa hadisning roviysi, sanadlarini ham yozib qo'ying.

Qayd etilgan


Hadija  13 Mart 2009, 16:29:47

 :as:

Johil kishi dovulga o'hshaydi, ovozi juda kuchli, ammo ichi bo'shdir.
Sa'diy Sheroziy

Qayd etilgan


Hadija  13 Mart 2009, 20:32:37

Dunyo ila oxirat ikki oilasi bor kishiga o'hshaydi. Inson birini rozi qilar ekan ikkinchisini ranjitadi.
Abu Bakr Siddiq r.a.

Qayd etilgan


Hadija  13 Mart 2009, 20:40:48

Islom - Allohning amrlariga taslim bo‘lmoq va itoat etmoq demakdir. Lug‘at e’tibori ila iymon va Islom orasida farq bor, lekin Islomsiz iymon, iymonsiz Islom bo‘lmas. Ular ikkisi bir narsaning ichi va tashi kabidir.
Imomi A’zam

Qayd etilgan


Hadija  13 Mart 2009, 21:28:36

Banda iymon cho‘qqisiga chiqmagunicha, uning haqiqatiga yetisholmaydi. Musulmon kambag‘allikni boylikdan, pasayishni yuksalishdan afzal ko‘rmagunicha va uni maqtagan hamda yomonlagan kishilarni bir xilda ko‘rmagunicha iymon cho‘qqisiga chiqa olmaydi.
Abdulloh ibn Mas’ud

Qayd etilgan