***
Balolar domida qolsang, Xudo nomini tutgaysan,
Agar hal bo`lsa mushkuling, yana Haqni unutgaysan.
***
Kim kuchliyu qudratliyu ham pahlavon?
O`z nafsini yengaolgan odam pahlavon.
***
Bir-birni ayang, ko`ngilga bermang ozor,
Yaxshi gina-kudratdan ahillik ming bor.
***
Muruvvat qolmasa, aynisa ochun,
Chumoli rizqiga ko`z tikar lochin.
(ochun - dunyo)
***
Har kim yetuk olim, komil inson esa boq:
Kafshi uning eskiyu, to`ni qirqyamoq.
***
Bechora, faqirlarga qiling lutfu karam,
Bechoradir Olloh oldida barcha odam.
Sa'diy Sheroziy