Hikmatlar durdonasi  ( 94074 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 B


siddiqa  10 Oktyabr 2009, 05:31:20

Agar jamoat namoziga amr bo'lmaganida, men o'la-o'lguncha eshik xatlab ko'chaga chiqmagan bo'lardim.

Muslim Obid

Qayd etilgan


siddiqa  10 Oktyabr 2009, 05:31:50

So'zi va harakati bilan senga ALLOHni va OXIRATni eslatmaydigan kimsa bilan aslo do'st bo'lma.
Fuzayil ibn Iyoz.

Qayd etilgan


Hadija  13 Oktyabr 2009, 16:08:15

Kimki to'rt narsani to'rt narsaga qoldirsa jannatga kiradi: uyquni qabrga, fahrlanishni mezonga, rohatlanishni sirotga va shahvatni jannatga qoldirsa.
Hotam ul- Asom

Qayd etilgan


Hadija  13 Oktyabr 2009, 16:08:54

Eng johil inson ohiratini birovning dunyosi uchun sotgandir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Qayd etilgan


Hadija  13 Oktyabr 2009, 16:09:49

Allohning shunday bandalari borki, ularni jannatlar va ulardagi ne'matlar Allohning muhabbatidan to'smaydi. Endi qanday qilib, dunyo ularni Allohning muhabbatidan to'sa olsin?!
Abu Sulaymon Doroniy

Qayd etilgan


Hadija  13 Oktyabr 2009, 16:12:09

Sukut - insonning eng harir libosidir.
Hazrati Umar r. a.

Qayd etilgan


Hadija  14 Oktyabr 2009, 18:20:32

Ey, butun kechani tonggacha uxlab otkazadigan bechora, ertaga yotadigan zim-ziyo qora tuproqqa ham qandil yoq.
Farididdin Attor

Qayd etilgan


Hadija  15 Oktyabr 2009, 16:49:51

Agar sen balolar yo'liga tushib qolsang, ko'zing quvonsin. Chunki bu yo'ldan Payg'ambarlar vasolihlar yurganlar. Agar rohatli yo'l boshlansa, sen o'z nafsingga yig'lagin. Chunki ularning yo'lidan adashtirilibsan".
Vahb ibn Munabbah

Qayd etilgan


Hadija  15 Oktyabr 2009, 16:52:08

O'limni haqligini bila turib kulgan odamga, dunyoni o'tkinchiligini bila turib unga rag'bat qilgan odamga, hammasi qadarga bog'liqligini bila turib o'tgan ishga g'am chekkan kishiga, ohiratda hisob-kitob muqarrarligini bila turib mol to'plagan kishiga, do'zahni bila turib gunoh qilgan kishiga, Allohni haqligini bila turib boshqa kishilarni nomini zikr qilgan kishiga, jannatni bila turib dunyodan rohatlangan kishiga va shaytonni dushmanligini bila turib unga itoat qilgan kishiga ajablanaman va achinaman.
Usmon ibn Affon r.a.

Qayd etilgan


Mahdiyah  15 Oktyabr 2009, 16:58:13

Mol ziqnalarning, qurol qo’rqoqlarning, rahbarlik zaiflarning qo’liga tushsa, ishlar buziladi.

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu


Qayd etilgan