Assalomu alaykum, bu mabzuni ochish xayolimga kelganiga ancha bo’ldi, lekin mavzuni ochishim to’grimi yo’qmi deb ko’p o’yladim"¦ va axiri tavakkal qilib ochdim, mani ilmim kuchli emas, agar bu mavzuni ochishim xato bo’lsa, iltimos, o’chirib tashlang.Shuncaki siz, biz nima javob qilgan bo'lardik, bu savolga deb qiziqdim.
Bol tafsiri"¦
Payg’ambarimiz sallollohu alayhi vasallam g’azotdan qaytayotib, sahobalari bilan birga kiyovlari Alini uyida to’htadilar.Fotima raziallohu anhu dasturhon yozib, bir yaltiroq jomda asal olib keldilar.Asalni ichida bir qil ko’rindi. SHunda Nabiy alayhisalom ashoblaridan jomdagi asalga tarif berishlarini so’radilar.
Nihoyat abu Bakir og’iz ochib shunday dedilar: "œNamoz o’qigan qalb, bu jomdan nurlidir, namoz rukunlari bu qildan nozikdir".
So’ng Umarul Foruq dedilar: "œ Musofir mehmonni sevuchi qalb nurlidir bu jomdan, Musofir bilan suhbat shirindir bu boldan, Musofir qalbi nozikdur bu qildan".
Kegin Xazrati Usmon so’z oldilar: "œQur’on o’qigan qalb, nurlidir bu jomdan, Olim bilan suhbat shirindir bu boldan, Quronga ma’no berish, nozikdur bu qildan".
Navbatdagi ta’rifni Xazrati Ali keltirdilar:"G’azotga chiqgan qalb nurlidir bu jomdan. Kurashib qonga belanish shirindir bu boldan. O’lja olmagan qalb nozikdur bu qildan".
So’ng Fotima raziallohu anhu aytdilar: "œErga itoatli ayolning qali nurlidir bu jomdan, Jafo o’rniga , vafo qilish shirindir bu boldan, Er rizoligi nozikdur bu qildan".
Ohirida Rasululloh sallollohu alayhi vasallam dedilar:" Ummatimning qalbi nurlidir bu jomdan, Xaq uchun tortilgan azonning toti totli bu boldan, Sunnatga Muvofiq yashash nozikdur bu qildan".
Shu payt Jabroil alayhi salom Allohdan xabar keltirdi: "œ Mening habibim nurlidir bu toshdan. Kavsar suvi shirindir bu boldan. Sirot ko’prigi ingichkadir bu qildan".