TAFAKKUR...  ( 88748 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 B


Lu`lu`  26 Noyabr 2011, 03:48:23

...albatta, men aytmoqchi bo'lganim boshqa narsa. Orqaga qaytarib bo'lmaydiku, "qaniydi o'sha payt qaytib kelsayu mana bunaqa desam" degan bilan?

Такдир деганларига вакт хам буйинсунаркан.
Вактнинг мусулмонга такдир килингани сса факат ва факат схшиликкадир, шу жумладан вактида тавбасисм схшиликка  : )

Qayd etilgan


Zamiraxon  26 Noyabr 2011, 23:41:09

 :asl3:
Alloh Ona qalbini bolalariga nisbatan sezgir qilib yaratishi mo'jiza!
Bolasi onasiga aytmay yurgan narsani ona tushida ko'rib ko'ngli sezadi nimadir bo'layotganini, nimadir yashirayotganini.
Mening qalbi sezgir onajonim, siz mening dunyoimsiz!

Qayd etilgan


Mirоlim  27 Noyabr 2011, 11:03:20

 :vsl3:

"Dono avval o'yledi so'ng gapiradi, Nodon esa aksincha, avval gapiradi so'ng o'yledi"

Jum'a ma'ruzasidan

Qayd etilgan


UzMuslim  28 Noyabr 2011, 23:13:47

 :asl3:
"Dono InsoN Gapiradi Ham,Amal Qiladi Ham,Aksi Holda Nodon Insondan Farqi Qolmaydi"

Qayd etilgan


Lu`lu`  02 Dekabr 2011, 08:47:22

Имом Муслим Абу Зар ал-Гифорий ра.дан ривост килган хадиси кудсийда А асулуллох сав. Ларвардигорларидан хикос килиб айтганлар: «Аллох таоло деди: А­й бандаларим, Мен зулмни Узимга харом килдим. Уни сизларнинг кртангизда ҳам харом стдим. Бас, бир-бирларингизга зулм қилмангиз» (Муслим, Термизий)

Qayd etilgan


Lu`lu`  05 Dekabr 2011, 07:01:23

Фитнага скин йуламанг, унга гирифтор буласиз.
Сабрга даъвогар булманг, нафс балосига асир буласиз.
(ибн ал Жавзий)

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  05 Dekabr 2011, 22:37:36

Eng katta boylik Alloh Taolodan umid qilish va insonlardan hech narsa kutmaslik.

(Molik ibn Dinor)

Qayd etilgan


Lu`lu`  13 Dekabr 2011, 05:07:37

Мухаммад ибн Восеъ бир кишининг хожати туфайли иккинчи кишининг хузурига борди ва деди: "Сенинг ёнингга бир хожат билан келдим. Уни сенинг ёнингга келишимдан аввал Аллоҳ таолодан сураган сдим. Агар Аллоҳ таоло уни амалга оширишга изн берса, сен бу хожатни раво қиласан, мен рахмат сшитаман. Агар Аллох таоло уни амалга ошишига изн бермаса, сен уни хожатини раво килмайсан, мен узрли (маъзур тутилган) киши буламан".

Qayd etilgan


Ansora  22 Dekabr 2011, 15:21:40

 :asl3:

O'g'lim bir narsa yeganda xursand bo'laman, og'zini katta ochsachi ovqat yeyayotganda, mendan baxtli inson yo'q, ishtahasi bo'lmay, yeguliklardan yuzini o'girganda esa yuraklarimiz eziladi, ye bolam, ye, deymiz.

O'g'lim, uchun deb dadasi qo'lidan kelguncha uning yaxshi ko'rganlarini olib keladilar. Bola shu ekan, uni yegani, sizni yeganingiz...

Hadisi Shariflardan bilamizki, Rabbimizni shafqati onalarning shafqatidan minglab marotaba ko'pdir.

Demak, Rabbimiz biz qullariga rizq berganda qanchalar sevinadi, zotan shuning uchun ki, Musulmon, Kofir, demasdan hammaga barobar rizq ulashadi, hamdlar bo'lsin.

Rizqimizni qozonish uchun halol mehmat qilsak, bu ne'matning shukrini ado etsak Rabbimiz bizlardan rozi bo'lib, ne'matimizni ortirishini sababi ham shu bo'lsa kerak albatta, alhamdulillah...

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  28 Dekabr 2011, 12:04:49

Vaqt.

E'tibor berganmisiz, bugun deyarli barchamizga bir narsa yetishmaydi: Vaqt! Ko`chada istagan odamingizdan biror narsani iltimos qilib ko`ring,albatta uning vaqti yo`q" bo`lib chiqadi. Yoningizdan g`izillab o`tayotgan mashinalarni qarang, Bir zumlik qizil chiroqqa ham to`xtagilari kelmaydi. Molu - jon xatarga qolsa qolsin u tezroq y`olga ravona bo`lsa bo`ldi. Chunki vaqt yo`q"!

Bizning vaqtimizga nima bo`lyapti? Nega bizning vaqtimiz yo`q? Vaqtimiz qayoqqa ketyapti? Vaholanki, biz bugun fan-texnika rivojlangan, zamonaviy tilda aytadigan bo`lsak sivilizatsiya" davrida yashayapmiz. Bugun dunyoninig qaysidir burchagida sodir bo`lgan voqeadan soniyalar ichida voqif bo`lishimiz mumkin. Istasak, bir zumda Amerikadagi tanishimiz bilan gaplashyapmiz. Istasak minglab chaqirim masofaga bir necha soat nari-berisida yetib borish imkoni bor. Ammo shunga qaramasdan, bari bir insoniyat muammosining ko`lami toraygani yo`q.

Tasavvur qiling, bundan yuz yil oldin mening bobom Toshkentdan Samarqandga borib kelish uchun yigirma kun vaqt sarflagan. Men esa bugun atigi bir kun vaqt sarflashim mumkin. Vaholanki, Toshkent bilan Samarqandning orasidagi masofa hali ham o`sha-o`sha. Oradan yuz yil o`tib bu masofa o`zgarib qolgani yo`q. Gap shundaki, bobom Samarqandga otda borib kelgan. Men esa bugun g`ir etib ''nexia"da borib kelaman.

Qarang shu oddiygina masalada men o`n to`qqiz kun iqtisod qilyapman. Biroq... bu muvaffaqiyatdan men quvona olmayman. Chunki menga baribir vaqt yetishmaydi. Mantiqan olib qaraganda men endi o`n to'qqiz kun mazza qilib dam olishim kerak edi. Ammo...
Nima uchun shunday? Bu zalvorli savolga Rasululloh dan rivoyat qilingan bir muborak hadis javob beradi:
Anas ibn Molik dan rivoyat qilinadi: Rasululloh dedilar: "To zamon yaqinlashib qolguniga qadar Qiyomat qoim bo`lmaydi. (zamon yaqinlashadi) hatto yil oydek, kun soatdek, soat esa bir uchqunchalik bo`lib qoladi". (Termiziy rivoyati).

Bu habardagi soatlarning tezkorligini boshqa bir hadisda chiroyli bir o`xshatish bilan ifodalangan. Yani, ...soatlar hurmo bargini yonishidek bo`lib qoladi", deyiladi.
O`n to`rt asr avval aytilgan ogohlantirishlar bizning bugungi kunlarimiz uchun aytilgandek. Darhaqiqat, bugun vaqtdan baraka ketganini hammamiz ko`rib turibmiz. Bu hodisa esa har birimizni sergaklantirmog`i kerak. Aslida mana shu xil oyat-ibratlarning ayon qilinishi ham Allohning rahmati va bandalariga nisbatab cheksiz mehribonligidandir. Zero, aqli butun insongina bir-birini quvib o`tayotgan bu yildirim kunlar o`zining umriga otilayotgan o`q ekanini anglaydi. Shuning uchun o`tayotgan har daqiqadan o`zining munosib ulushini olib qolmoqqa intiladi. Bu ulush esa shubhasiz Alloh rizoligidir.

Qayd etilgan