Donolar bisotidan  ( 375999 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 ... 75 B


siddiqa  31 Mart 2009, 07:40:00

Men uchun bir necha ayolni yarashtirishdan ko'ra ,butun Yevropani murosaga keltirish osonroq .
                             
                     Lyudovik O'n to'rtinchi

Qayd etilgan


Muhseena  01 Aprel 2009, 22:16:57

Odamning kimligi bo'yi bilan belgilanmaganidek,xalqning ulug'ligi ham soni bilan o'lchanmaydi.Yagona mezon uning aqliy kamoloti va axloqiy barkamolligidir.
                                          Viktor Gyugo.

Qayd etilgan


siddiqa  02 Aprel 2009, 02:39:15

Faqat chin do'st do'stining zaif tomonlariga chidaydi.

W. Shekspir

Qayd etilgan


siddiqa  02 Aprel 2009, 02:39:53

Doim birga yashaydigan odaming bilan ahil yashamoqni istasang, o'zingni u bilan atigi uch oyda bir marta ko'rishayotgandek tut.

J. Renar


Qayd etilgan


Robiya  02 Aprel 2009, 10:03:27

Ayol kishi erkakni jannatdan olib chiqib ketgan.Ammo erkakni jannatga olib kiradigan ham ayoldir.   Ahmad Donish

Qayd etilgan


Robiya  02 Aprel 2009, 10:04:42

Erkak san'atkor bo'lsa, oilaviy hayot sahnaga aylanadi. Agar ayol san'atkor bo'lsa, vafosizlik soya kabi ajralmaydi. Ahmad Donish

Qayd etilgan


Robiya  02 Aprel 2009, 10:05:46

Ayolni erkakning zulmi emas, uning beparvoligi azoblaydi. Jyul' Lishle

Qayd etilgan


Robiya  02 Aprel 2009, 10:07:36

Chinakam yolg'izlik - bu oldingda seni tushunmaydigan odamning bo'lishidir. El'bert Xabbard

Qayd etilgan


Robiya  02 Aprel 2009, 10:09:35

Erkak kishi uchun axmoq deb haqorat qilishdan, ayol uchun esa uni xunuk deyishdan ortiqroq xafa qiladigan narsa yo'q. Kant

Qayd etilgan


Muhyiddin  06 Aprel 2009, 17:15:47

Dononing hukmi boshqalarga kengroqdir, o’ziga esa torroq aytiladi, sababi, boshqalarga kengroq hukm chiqarib berish (shariat masalalarida) ilmlilik belgisi, o’ziga torroq hududlarni belgilab, hayot kechirishi xudojo’ylik namunasidir. Ruvaym bin Ahmad al-Bag’dodiy

Qayd etilgan