Yolg‘on — xoinlik belgisidir. U bilimning ayniganini, fikrning soxtalashganini ko‘rsatadi. Yolg‘on qalbning noaniq orzularga hakalak otishi, to‘g‘rini egri qilib ko‘rsatish, adolatdan og‘ishdir.
Bir faylasuf aytgan ekan: "œYolg‘onchi — murdaga o‘xshaydi, zero, tirik odamning ustunligi nutqidadir. Agar uning so‘zlariga ishonib bo‘lmasa, demak, uning umri bekorga o‘tayapti".
Yolg‘onchi — bilan bir go‘r. Faqat o‘g‘ri sening buyumingni o‘marsa, yolg‘onchi aqlingni o‘g‘irlaydi.
Kimdir sening foydang uchun aldagan bo‘lsa, boshqa safar yolg‘ondan senga qarshi foydalanadi. Kimdir sening oldingda birovni yomonlayotgan bo‘lsa, boshqa joyda seni yomonlashdan toymaydi.