Donolar bisotidan  ( 378099 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 75 B


Abdusalom  12 Sentyabr 2006, 09:09:41

Ezgulik hech eskirmaydigan birdan-bir libosdir.
G. Toro

* * *

Ilm — narsalarni inson aqli yordami bilan o‘rganishlikdir.
Abu Ali ibn SINO

Qayd etilgan


Abdusalom  12 Sentyabr 2006, 09:10:04

Odamda bo‘lsa gar yaxshi tilak,
Xalq uchun tebratgusi doim bilak.
Anbar OTIN

* * *

O‘z yurtingda xalq ichida xizmatda bo‘l,
Hushyor bo‘l, o‘sal bo‘lma, sezgir bo‘l.
Yusuf Xos HOJIB

Qayd etilgan


Abdusalom  12 Sentyabr 2006, 09:10:56

Umrni zoe etma, mehnat qil,
Mehnatni saodatning kaliti bil.
Alisher Navoiy

* * *

Jahonda bo‘lmasa muallim agar,
Hayot ham bo‘lmasdi  go‘zal   bu qadar.
A.JOMIY                             

Qayd etilgan


Abdusalom  12 Sentyabr 2006, 09:11:23

O‘quv qunt beradi, bilim — sharaf-shon,
Shu ikkov tufayli ulug‘dir inson.
Yusuf Xos HOJIB

* * *

Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir.
A.BERUNIY

Qayd etilgan


Abdusalom  12 Sentyabr 2006, 09:11:41

Ilmdan yaxshiroq xazina bo‘lmas,
Qo‘lingdan kelgancha tera olsang bas.
Abu Abdullo RO‘DAKIY

Qayd etilgan


shoir  01 Oktyabr 2006, 07:14:43

Ruh va nafs Majnun va uning tuyasi kabi bo‘lib, biri olg‘a, ikkinchisi orqaga ketishni istaydi.
Jaloliddin Rumiy

Qayd etilgan


shoir  01 Oktyabr 2006, 07:15:12

Odamning umri avvalida qilgan ishlari umrining oxiridagi ishlariga ham dalolatdir.
Abulqosim az-Zamaxshariy

Qayd etilgan


shoir  01 Oktyabr 2006, 07:15:42

Hayot zavqini va lazzatini istasangiz, hayotingizni iymon ila hayotlantiringiz, farzand ila ziynatlantiringiz, haromlardan saqlanish ila muhofaza etingiz.
Badiuzzamon

Qayd etilgan


Shahina  20 Oktyabr 2006, 02:43:22

Ko‘z bilan ko‘rgan eshitgandanafzalroqdir.
Abu Rayhon BERUNIY


Ilm insoniyat gavharidir.
Mirzo  BEDIL

Qayd etilgan


Shahina  20 Oktyabr 2006, 02:43:58

Ko‘ngul maxzanining qulfi til va ul maxzanning kalidin so‘z bil.
Alisher NAVOIY


Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir.
Abu Rayhon BERUNIY

Qayd etilgan