Donolar bisotidan  ( 375185 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 ... 75 B


shoir  04 Noyabr 2009, 15:21:02

Har kimning qalbida o‘z xalqining jajji qiyofasi yashaydi.
Gustav Freytag

O‘qishni bilsangiz, har bir inson bir kitobdir.
Ali ibn Abu Tolib

Qayd etilgan


shoir  04 Noyabr 2009, 15:21:18

Mardlarning mardi shu bo‘lar doimo,
Olamni olsa ham kerilmas aslo.
Yusuf Xos Hojib

Qaysi bir hunar, qaysi bir kasb bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lsangiz ham undan kutilgan maqsad xalq uchun foyda yetkazish bo‘lsin.
Ahmad Donish

Qayd etilgan


shoir  04 Noyabr 2009, 15:21:30

Do‘st tutmoq oson, rioya qilmog‘i qiyin,
Dushman bo‘lmoq oson, yarashmog‘i qiyin.
Yusuf Xos Hojib

Kitob (bitik) — barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir.
Amir Temur

Qayd etilgan


shoir  04 Noyabr 2009, 15:21:46

Har vaqtki, ko‘rgasen mening so‘zumni,
So‘zimni o‘qub anglagaysen o‘zumni.
Bobur

Ilm ortuqkim, ikki jahon shohlig‘i.
Alisher Navoiy

Qayd etilgan


shoir  04 Noyabr 2009, 15:21:51

To‘g‘ri yo‘lning ochqusi bilimdir.
Moturidiy

Elga sharaf bo‘lmadi johu nasab,
Lek sharaf keldi hayovu adab.
Alisher Navoiy

Qayd etilgan


shoir  04 Noyabr 2009, 15:22:04

Yaxshi odamlar ishidan ibrat ol,
Ibratomuz xizmat aylab, izzat ol.
Anbar Otin

Nafing agar xalqqa beshak durur,
Bilki bu naf o‘zingg‘a ko‘proq durur.
Alisher Navoiy

Qayd etilgan


shoir  04 Noyabr 2009, 15:22:28

Ezgulik qarimas, sinmas qanoti,
Umri uzun bo‘lar, buzilmas oti.
Yusuf Xos Hojib

Mardlik kuchda va shamshir o‘ynatish san’atida emas, mardlik o‘zni tuta bilishda va adolatli bo‘lishdadir.
Sa’diy Sheroziy

Qayd etilgan


Abdulhafiz  05 Noyabr 2009, 07:16:41

Yomonlar ichida yaxshisi bo'lgandan,
Yaxshilar ichida yomoni bo'l.

Qayd etilgan


shoir  05 Noyabr 2009, 12:42:28

O‘zni emas, doim el nafini bil,
Elingga yuk ortma, o‘zing yukchi bo‘l.
Yusuf Xos HOJIB

Uquv qut beradi, bilim — sharaf-shon,
Shu ikkov tufayli ulug‘dir inson.
Yusuf Xos HOJIB

Qayd etilgan


shoir  05 Noyabr 2009, 12:42:35

Bu so‘zni ahli hikmat debdurur xo‘b:
«Yamondin oz behkim, yaxshidin ko‘p».
Alisher NAVOIY

Aydi: «Xalq ichra bu bir kasbdur,
Kasbni boshinga kiysang nasbdur»
GULXANIY

Qayd etilgan