Bolaning jinsiYaqin-yaqingacha bolaning jinsi onaning hujayralari tomonidan belgilanadi deb qaralar edi. Yoki bo‘lmasa, bolaning jinsi erkak va ayol hujayralari tomonidan birgalikda belgilanadi deb tushunilar edi. Lekin Qur’onda bizga boshqacha ma’lumot berilgan, ya’ni unda erkaklik yoki ayollik «to‘kiladigan maniydan bir (haqir) nutfa» dan yaratiladi deb xabar beriladi:
U erkak va ayol - juftlarni yaratgandir shitob bilan chiqadigan nutfadan. («Najm» surasi, 45-46-oyatlar)
Axir, u to‘kiladiganmaniydan bir (haqir) nutfa emasmidi?! So‘ngra laxta qon bo‘ldi. Bas, (Alloh uni) yaratib tikladi. So‘ngra undan juftlar - erkak va ayolni (paydo) qildi. («Qiyomat» surasi, 37-39-oyatlar)Genetika va molekulyar biologiyaning rivojlanayotgan sohalari Qur’on tomonidan berilgan bu ma’lumotning aniqligini tasdiqlaydi. Endiliqda bolaning jinsi erkakning urug‘ hujayralari tomonidan belgilanishi, ayol esa bu jarayonda ishtirok etmasligi ma’lum bo‘ldi.
Jinsni belgilashda xromosomalar asosiy omil hisoblanadi. Insonning vujudini belgilab beruvchi 46 ta xromosomadan ikkitasi jins xromosomalaridir. Bu ikki xromosoma erkaklarda «XY», ayollarda esa «XX» deb ataladi, chunki bu xromosomalarning shakllari shu harflarga o‘xshab ketadi. Y xromosoma erkaklik genlarini, X xromosoma esa ayollik genlarini o‘zida mujassam etgan bo‘ladi.
Yangi insonning paydo bo‘lishi erkak va ayollarda juft-juft holda mavjud bo‘ladigan bu xromosomalarning biri boshqasi bilan chatishishidan boshlanadi. Ayollarda urug‘lanish davomida ikkiga bo‘linadigan jins hujayrasining har ikkala tarkibiy qismida X xromosomalari bo‘ladi. Aksincha, erkakning jins hujayrasi ikki xil turli urug‘ hujayralar ishlab chiqaradi. Ularning bir turi X xromosomalar, boshqasi esaY xromosomalardan iborat bo‘ladi. Agarda ayoldagi X xromosoma erkakdagi X xromosomadan iborat urug‘ hujayra bilan chatishsa, unda bola qiz bo‘ladi. Agar u Y xromosomadan iborat urug‘ hujayra bilan chatishsa, unda bola o‘g‘il bo‘ladi.

Y xromosomalar erkaklik xususiyatlarini tashiydi, X xromosomalar esa ayollik xususiyatlarini tashiydi. Onaning tuxumida faqatgina X xromosoma mavjud bulib, u ayollik xususiyatini belgilaydi. Otaning urug‘ida yo X yoki Y xromosomalarni o‘z ichiga olgan spermalar mavjud. Shuning uchun bolaning jinsi tuxumni urug‘lantiradigan spermaning X yoki Y xromosomalarni o‘z ichiga olganligiga bog‘liq. Boshqacha qilib aytganda, xuddi oyatda xabar berilganidek, bolaning jinsini belgilaydigan omil otadan keluvchi urug‘dir. Qur’on nozil qilingan paytda bilib olishning imkoni bo‘lmagan bu bilim Qur’on Allohning so‘zi ekanligini isbotlovchi dalildir.
Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, erkakning qaysi xromosomasi ayolning tuxumhujayrasi bilan chatishgan bo‘lsa, o‘sha xromosoma bolaning jinsini belgilaydi va bu xohishga bog‘liq bo‘lmagan holda amalgaoshadi.
XX asrda genlar kashf qilinmaguncha bularning hech biri ma’lum emas edi. Darhaqiqat, ko‘p mamlakatlarda bolaning jinsi ayol tomonidan belgilanadi, deb ishonilgan. Shuning uchun ham qiz bola tug‘ilganda ayollar ayblangan.
Biroq inson genlari kashf qilinishidan 14 asr ilgari Qur’on bu bid’atni inkor etuvchi ma’lumotni nozil qildi va jinsning kelib chiqishi ayollar emas, balki erkaklardan hosil bo‘lgan urug‘ tufayli ekaniga ishora qildi.