Horun Yahyo. Allohning Qur'ondagi mo'jizalari  ( 338662 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 B


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 09:36:55

Qur’onning boshqa bir matematik mo‘‘jizasi 19 raqamining oyatlarda shifrlanish usulidir. Qur’ondagi «Uning ustida o‘n to‘qqiz (farishta qo‘riqchilik qilur)» («Muddassir» surasi, 30-oyat) oyatida urg‘u berilgan son Kitobning bir qancha joylarida shifrlangan. Bunga quyidagi ba’zi misollarni sanab o‘tish mumkin:
Basmala 19 harfdan iborat.

بسم الله الرحمن الرحيم

ب   1-harf   ا   8-harf   ل   15-harf
س   2-harf   ل   9-harf   ر   16-harf
م   3-harf   ر   10-harf   ح   17-harf
ا   4-harf   ح   11-harf   ى   18-harf
ل   5-harf   م   12-harf   م   19-harf
ل   6-harf   ن   13-harf      
ه   7-harf   ا   14-harf   
   

Qur’on 114 (19 x 6) suradan iborat.

Nozil qilingan birinchi sura (96-sura) oxiridan 19-suradir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 09:39:59

Qur’onda nozil qilingan ilk oyatlar 96-suraning birinchi besh oyati bo‘lib, bu oyatlardagi so‘zlarning jami soni 19 tadir.
Ko‘rib turganimizdek, birinchi besh oyat 19 ta so‘zdan iborat. «و» so‘z emas, balki harfdir. Shu singari, «ب» harfi ham hisobga olinmadi.
Vahiy etilgan ilk sura, ya’ni «Alaq» surasi 19 oyatdan va 285 (19 x 15) harfdan tashkil topgan.


Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 09:42:16

Eng oxiri vahiy qilingan sura, ya’ni «Nasr» surasi, jami 19 so‘zdan iborat.
Bundan tashqari, «Nasr» surasining Allohning yordami haqida so‘z ketgan birinchi oyati 19 harfdan tashkil topgan.


إِذَا جَاء نَصْرُ اللَّهِ وَالْفَتْحُ

ا   1-harf   س   8-harf   ا   15-harf
ذ   2-harf   ر   9-harf   ل   16-harf
ا   3-harf   ا   10-harf   ف   17-harf
ج   4-harf   ل   11-harf   ت   18-harf
ا   5-harf   ل   12-harf   ح   19-harf
ء   6-harf   ه   13-harf      
ن   7-harf   و   14-harf   

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 09:42:52

Qur’onda 114 ta basmala bor yoki 19 x 6.

Qur’onda jami 113 sura basmala bilan boshlanadi. Basmala bilan boshlanmaydigan yagona sura, 9-sonli «Tavba» surasidir. «Naml» surasi ikkita basmalali yagona suradir.

Bularning biri suraning boshida, boshqasi esa 30-oyatdadir. Basmala bilan boshlanmaydigan «Tavba» surasidan boshlab sanasak, «Naml» surasi 19-sura bo‘lib keladi.

«Tavba» surasidan 19 sura keyin keladigan 27-raqamli «Naml» surasining boshida hamda 30-oyatida basmala bor. Demak, 27-surada ikkita basmala mavjud. Basmalalarning 114 ta bo‘lishini ta’minlovchi 27-suraning 30-oyatidir. Oyat va sura raqamlarini, ya’ni 30 va 27 larni bir-biriga qo‘shsak, 57 (19 x 3) sonini chiqaramiz.

«Tavba» surasidan (9) «Naml» surasiga (27) qadar jami suralar soni quyidagichadir:


342(9+10+11+12+13+14+15+16+17+18+19+20+21+22+23+24+ 25+26+27). Bu raqam 19 ni 18 ga ko‘paytirganda hosil bo‘ladi.



Raqamlari 19 va 19 ning ko‘paytmasi bo‘lgan oyatlarda (ya’ni 19, 38, 57, 76 va boshqa oyatlar) kelgan Alloh ismlarining jami soni 133 (19x7) dir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 09:43:17

«Bir» ma’nosini anglatuvchi «vahd» so‘zining «abjad» qiymati 19 dir. Bu so‘z Qur’onda bir eshik, bir ovqat turi kabi so‘zlar bilan ishlatilgan. Ammo «Alloh» nomi bilan esa 19 marta qo‘llanilgan.

«Vahd» so‘zi 19 marta ishtirok etgan sura va oyat raqamlarining jami 361 (18 x 19) dir.

«Yolg‘iz Allohga ibodat eting» ifodasining arabchasi «vahdahu» 7:70, 39:45, 40:12, 40:84 va 60:4 raqamli oyatlarda uchraydi. Buraqamlar (ularning takroriylarisiz) qo‘shilganda 361 (19 x 19) soni kelib chiqadi.

Ilk boshlovchi harflar (Alif, Lom, Mim; «Baqara» surasining 1-oyati) va so‘nggi boshlovchi harflar (Nun; «Qalam» surasining 1-oyati) o‘rtasidagi oyatlar soni 5263 (19 x 277) tadir.

Boshlovchi harflari bor bo‘lgan birinchi sura va boshlovchi harflari bor bo‘lgan so‘nggi sura o‘rtasida boshlovchi harflarga ega bo‘lmagan 38 (19 x 2) sura mavjud.

«Rahmon» (shafqatli) so‘zi Qur’onda 57 (19 x 3) marta qo‘llangan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 09:44:22

Qur’onda o‘ttiz xil turli raqamlar qayd etilgan.

1   7   19   70   1000
2   8   20   80   2000
3   9   30   99   3000
4   10   40   100   5000
5   11   50   200   50000
6   12   60   300   100000

Bu raqamlarning jami (takroriy kelganlar hisobga olinmaganda) soni 162146 dir. Bu 19 x 8534 demakdir: 1+2+3+4+5+6+7+8+9+10+11+12+19+20+30+40+50+ +60+70+80+90+100+200+300+1000+2000+3000+5000+50000+100000=162146 (19 x 8534)

Bu o‘ttiz raqamga qo‘shimcha ravishda, Qur’onda yana sakkizta kasrli son nazarda tutilgan: 1/10, 1/8, 1/6, 1/5, 1/4, 1/3, 1/2 va 2/3. Shu tariqa, Qur’on jami 38 (19 x 2) ta turli raqamlarni o‘z ichiga olgan.

Qur’onning boshidan hisoblaganda 19 ta oyatdan iborat birinchi sura «Infitor» surasidir. Bu suraning boshqa bir fazilati shundaki, uning oxirgi so‘zi «Alloh»dir. Bu ayni zamonda Rabbimizning «Alloh» deb zikr etiladigan ismining Qur’on oxiridan 19-marta ishlatilishidir.

Qof harfi bilan boshlanadigan 50-sura jami 57 (19 x 3) ta Qof harflarini o‘z ichiga olgan. Boshida Qof harfi bo‘lgan 42-surada ham 57 ta Qof harfi bor. 50-sura 45 ta oyatdan iborat. Ular qo‘shilganda jami 95 (19 x 5) natijani hosil qiladi. 42-surada 53 ta oyat mavjud. Bular ham 95 (42 + 53) natijani hosil qiladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 09:45:19

50-sura   57 (19 x 3) Qof harfi
42-sura   57 (19 x 3) Qof harfi

50-sura   45- ta oyat   50+45 = 95 (19 x 5)
42-sura   53- ta oyat   42+53 = 95 (19 x 5)

«Qof» surasining ilk oyatida Qur’on uchun qo‘llanilgan «Majid» so‘zining «abjad» qiymati 57 (19 x 3) dir. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, sura ichidagi Qof harfining jami soni ham 57 dir.

Qur’onda Qof harfining ishlatilish sonini hisoblaganimizda jami 798 (19x42) soniga ega bo‘lamiz. Qirq ikki soni esa boshlovchi harflarining orasida Qof bo‘lgan boshqa bir suraning raqami hamdir.

68-sura Nun harfi bilan boshlanadi. Uning bu surada uchraydigan jami soni 133 (19x7) tadir. Sura raqamlari 19 ning ko‘paytmasi bo‘lgan suralarning oyatlar sonini (basmalani hisobga olgan holda) bir-biriga qo‘shganimizda quyidagicha natija kelib chiqadi:

   SURA RAQAMI   OYaTLAR SONI
19x1   19-sura   99
19x2   38-sura   89
19x3   57-sura   30
19x4   76-sura   32
19x5   95-sura   9
19x6   114-sura   7
JAMI   266 (19x14)

«Yosin» surasi Yo va Sin harflari bilan boshlanadi. Bu surada Sin harfi 48 marta, Yo harfi esa 237 marta uchraydi. Bu harflarning jami 285 (19 x 15) dir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 09:45:30

Yolg‘izgina bir sura, ya’ni 7- sura «Alif, Lom, Mim, Sod» boshlovchi harflar bilan boshlanadi. Alif harfi bu surada 2529 marta, Lom harfi 1530 marta, Mim harfi 1164 marta va Sod harfi 97 marta ishlatilgan. Demak, bu to‘rt harf jami 2529 + 1530 + 1164 + 97 marta yoki 5320 (19 x 280) marta ishlatilgan.

Alif, Lom va Mim harflari arabchada eng ko‘p qo‘llaniladigan harflardir. Ular birgalikda olti suraning, ya’ni 2, 3, 29, 30, 31 va 32 raqamli suralarning boshidan joy olgan. Mazkur olti suraning har birida bu uch harfning jami ishlatilganlik soni 19 ning ko‘paytmasi bo‘lib keladi: 9899 (19 x 521), 5662 (19 x 298), 1672 (19 x 88), 1254 (19 x 66), 817 (19 x 43) va 570 (19 x 30). Bu uch harf ushbu 6 surada jami 19874 (19 x 1046) marta ishlatilgan.

Alif, Lom va Ro boshlovchi harflari 10, 11, 12, 14 va 15-suralarda ishlatilgan. Bu harflar mazkur suralarda jami 2489 (19 x 131), 2489 (19 x 131), 2375 (19 x 125), 1197 (19 x 63) va 912 (19 x 48) marta ishlatilgan.

Alif, Lom va Ro boshlovchi harflari jami 1482 (19 x 78) marta ishlatilgan. Alif harfi 605 marta, Lom harfi 480 marta, Mim harfi 260 marta va Ro harfi 137 marta uchraydi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 09:45:46

Qof, Ha, Yo, Ayn va Sod boshlovchi harflari faqatgina 19-surada ishlatilgan. Bu surada Qof harfi 137 marta, Ha harfi 175 marta, Yo harfi 343 marta, Ayn harfi 117 marta va Sod harfi 26 marta uchraydi. Bu besh harf ushbu surada jami 137+175+343+117+26=798 (19 x 42) marta ishlatilgan. Bu mavzu bo‘yicha boshqa topilmalar quyidagicha: Butun Qur’onda,
-   «Atii’» (itoat et!) so‘zi 19 marta ishlatilgan,
-   «Abd» (banda), «aabid» (ibodat qiluvchi) va «i’buduu» (ibodat qilinglar) so‘zlari jami 152 (19 x 8) marta ishlatilgan.

Quyida keltirilgan Allohning ismlaridan ba’zilarining raqamli abjad qiymatlari ham 19 ning ko‘paytmasidir:
-   Al-Vaahid (Yagona) 19 (19 x 1)
-   Al-Jaami’ (Jamlovchi) 114 (19 x 6)

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 09:46:50

19 — G’AYRIODDIY SON

19 soni 10 va 9 sonlarining 1-darajalari yig‘indisidir. 10 ^ va 9 sonlarining 2-darajalari (kvadrati) ayirmasi ham yana 19 dir.

101    10 + 9    19
102   100 - 81   19

Quyosh, Oy va Yer har 19 yilda bir xil o‘zaro bog‘liq vaziyatlarda tiziladilar.255

Galley kometasi Quyosh sistemasi orqali har 76 yilda (19 x 4) bir marotaba o‘tadi.256

19 sonining Paskal uchburchagidagi o‘rni

Paskal uchburchagidagi birinchi 19 ta raqamning jami yig‘indisi 38 (19x2)dir.

                     1                     
                  1      1                  
               1      2      1               
            1      3      3      1            
         1      4      6      4      1         
      1      5      10      10      5      1      
   1      6      15      20      15      6      1   
1      7      21      35      35      21      7      1

1-shakl: Birinchi 19 ta raqam
Paskal uchburchagi algebra va ehtimollik hisoblarida kullaniladigan arifmetik uchburchakdir.

Paskal uchburchagidagi birinchi 19 ta sonning jami yig‘indisi 57 (19x3)dir.

                     1                     
                  1      1                  
               1      2      1               
            1      3      3      1            
         1      4      6      4      1         
      1      5      10      10      5      1      
   1      6      15      20      15      6      1   
1      7      21      35      35      21      7      1

2-shakl: Birinchi 19 ta son

Xulosa:
Birinchi 19 ta raqamning jami yig‘indisi 19 ga karrali sondir.
Birinchi 19 ta sonning jami yig‘indisi 19 ga karrali sondir.

Qayd etilgan