Horun Yahyo. Allohning Qur'ondagi mo'jizalari  ( 338665 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 24 25 26 27 28 29 30 31 B


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 10:12:43

Evolyutsiyaning tasavvuriy mexanizmlari

Darvinning nazariyasini inkor qiladigan ikkinchi muhim nuqta shundaki, nazariya orqali «evolyutsion mexanizmlar» deb olg‘a surilgan har ikkala tushuncha haqiqatda hech qanday evolyutsion kuchga ega emasligi anglab yetildi.
Darvin o‘zining asossiz evolyutsiyasini butunlay «tabiiy tanlanish» mexanizmiga bog‘ladi. Uning bu mexanizmga bergan ahamiyati uning kitobi nomidan ham yaqqol ko‘rinib turar edi: Tabiiy tanlanish vositasida turlarning kelib chiqishi, ...
Tabiiy tanlanish deganda, kuchliroq bo‘lgan va o‘z makonlarining tabiiy sharoitlariga ko‘proq moslashgan tirik jonzotlarning hayot uchun kurashda omon qolishi tushuniladi. Misol uchun, yirtqich hayvonlarning hujumi tahdidi ostida yashaydigan bug‘ular to‘dasi orasida tezroq yugura oladigan bug‘ulargina omon qoladi. Shu sababdan, bug‘ular to‘dasi tezroq va kuchliroq individuumlardan tashkil topadi. Ammo, shak-shubhasiz, bu mexanizm bug‘ularning evolyutsiya qilishiga va o‘zlarini hayvonlarning boshqa turlariga, masalan, otlarga aylantirishiga sabab bo‘la olmaydi. Shu bois, tabiiy tanlanish mexanizmi hech qanday evolyutsion kuchga ega emas. Darvinning o‘zi ham bu haqiqatdan xabardor edi va u o‘zining «Turlarning kelib chiqishi» nomli kitobida buni quyidagicha e’tirof etadi:
Foydali individual farklar yoki o‘zgarishlar ro‘y bermaguncha tabiiy tanlanish hech narsa qila olmaydi.310

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 10:12:53

Lamarkning ta’siri

Demak, bu «foydali o‘zgarishlar» qanday ro‘y berishi mumkin edi? Darvin bu savolga o‘sha paytdagi fanning ibtidoiy tushunchasi nuqgai nazaridan javob berishga harakat  qildi. Darvindan oldin yashab o‘tgan frantsuz biologi Jan Batist Lamark (1744-1829) ning fikriga ko‘ra, tirik mavjudotlar o‘zlarining hayot davri davomida orttirgan xususiyatlarini, ya’ni jismoniy o‘zgarishlarni keyingi naslga o‘tkazgan. Uning ta’kid-lashicha, nasldan-naslga orttirib borilgan bu o‘zgarishlar yangi turlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Misol uchun, Lamarkning fikriga ko‘ra, jirafalar antilopalardan kelib chiqdan; ular baland daraxtlarning barglarini yeyishga intilganlari bois, ularning bo‘yinlari nasldan-naslga uzaya borgan.
Darvin ham shunga o‘xshash misollar keltirgan. Masalan, «Turlarning kelib chikishi» nomli kitobida uning ta’kidlashicha, ovqat izlab suvga sho‘ng‘iydigan ba’zi ayiqlar vaqt o‘tishi bilan kitlarga aylangan.311
Biroq Gregor Mendel (1822-1884) tomonidan kashf qilingan va yigirmanchi asr genetika fani tasdiqlagan irsiyat qonunlari orttirilgan xususiyatlar keyingi nasllarga o‘tganligi to‘g‘risidagi afsonani butkul barbod qildi. Shu taxlitda, tabiiy tanlanish evolyutsion bir mexanizm sifatida o‘z qadrini yo‘qotdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 10:14:49

Neodarvinizm va mutatsiyalar

Darvinistlar yechim topish maqsadida 1930 yillarning oxirlarida «Zamonaviy sintetik nazariya» yoki ko‘proq neodarvinizm nomi bilan ma’lum bo‘lgan g‘oyani oldinga surdilar. Neodarvinizm tabiiy tanlanishga qo‘shimcha ravishda «foydali o‘zgarishlar sababi» bo‘lgan mutatsiyalarni, ya’ni jonzotlarning genlarida radiatsiya kabi tashqi omillar yoki ko‘payishdagi xatolar natijasida shakllangan buzilishlarni ham o‘z ichiga olar edi.
Bugungi kunda butun dunyoda evolyutsiyani himoya qiladigan model neodarvinizmdir. Bu nazariya Yer yuzidagi millionlab jonzotlar, bu organizmlarning ko‘plab murakkab organlari (masalan, quloqlar, ko‘zlar, o‘pka va qanotlar) «mutatsiyalar», ya’ni irsiy buzilishlarni boshdan kechirish jarayoni natijasida shakllangan, degan farazni o‘rtaga tashlaydi. Ammo bu nazariyani zaiflash-tiradigan ochiq bir ilmiy haqiqat mavjud: mutatsiyalar jonzotlarning rivojlanishiga sabab bo‘lmaydi, aksincha, ular har doim jonzotlarga zarar yetkazadilar.
Buning sababi juda oddiy: DNK juda murakkab tuzilishga ega va har qanday tasodifiy ta’sir unga faqat zarar yetkazishi mumkin, xolos. Amerikalik genetik B. G. Ranganatan buni quyidagicha izohlaydi:
Birinchidan, chinakam mutatsiyalar tabiatdajuda kamdan-kam holatlarda uchraydi. Ikkinchidan, genlarning strukturasidagi o‘zgarishlar tartibli emas, aksincha tasodifiy bo‘lgani uchun ko‘pchilik mutatsiyalar zararlidir; o‘ta tartibli tizimdagi har qanday tasodifiy o‘zgarish yaxshilikka emas, balki yomonlikka tomon bo‘ladi. Misol uchun, agar zilzila biror binoning o‘ta tartib bilan kurilgan strukturasini larzaga keltirsa, bu binoning konstruktsiyasiga ehtimol tuzatib bo‘lmas tasodifiy o‘zgarish sodir bo‘lgan bo‘lar edi.312
Afsuski, shu kunga qadar foydali bo‘lgan, ya’ni organizmdagi irsiy ma’lumotlarni rivojlantirgan biror mutatsion namuna kuzatilmagan. Barcha mutatsiyalarning zararli ekanligi isbotlangan. «Evolyutsion mexanizm», deb tanishtirilgan mutatsiyalar aslida jonzotlarga zarar yetkazadigan va ularni yaroqsiz, nogiron qilib qo‘yadigan irsiy bir holat ekanligi anglab yetildi. (Inson zotida mutatsiyaning eng ko‘p uchraydigan natijasi saratondir, ya’ni rak kasalligidir.) Albatta, buzuvchi bir mexanizm «evolyutsion mexanizm» bo‘la olmaydi. Tabiiy tanlanish esa, Darvinning o‘zi ham e’tirof etganidek, «o‘zicha hech narsa qila olmaydi». Bu haqiqat bizlarga tabiatda «evolyutsion mexanizm»ning mavjud emasligini ko‘rsatadi. Zero evolyutsion mexanizm mavjud emas ekan, unda «evolyutsiya» deb ataladigan tasavvuriy jarayonning sodir bo‘lganligi ham mumkin emas.
 

Tasodifiy mutatsiyalar insonlar hamda boshqa jonzotlarda nuqsonga aylanadi. Chernobil falokati mutatsiyalarning ta’sirlari haqida qo‘zlarni ochuvchi hodisadir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 10:15:02

Qazilma hayvon qoldiqlari: oraliq shakllardan asar yo‘q

Evolyutsiya nazariyasi tomonidan faraz qilingan stsenariyning sodir bo‘lmaganligiga eng yaqqol dalil qazilma hayvon qoldiqlaridir.
Evolyutsiya nazariyasiga ko‘ra, har bir jonli tur o‘z o‘tmishdoshidan rivojlanib vujudga kelgan. Dastavval mavjud bo‘lgan turlar vaqt o‘tishi bilan boshqa shaklga kirgan va shu yo‘sinda barcha turlar paydo bo‘lgan. Boshqacha qilib aytganda, bu transformatsiya, ya’ni bir shakldan boshqa yangi shaklga aylanish jarayoni millionlab yillar davomida asta-sekin sodir bo‘lgan.
Agar shunday bo‘lsa, bu transformatsion davr ichida ko‘plab oraliq turlar mavjud bo‘lgan va yashagan bo‘lishi kerak.
Masalan, o‘tmishda yarim baliq-yarim sudralib yuruvchilar yashagan bo‘lishi, ya’ni ular mavjud baliqlik xususiyatiga qo‘shimcha ravishda, sudralib yuruvchilik xususiyatini orttirgan bo‘lishi kerak. Yoki bo‘lmasa, mavjud sudralib yuruvchilik xususiyatiga qo‘shimcha ravishda ayrim qushlik xususiyatini orttirgan ba’zi sudralib yuruvchi qushlar mavjud bo‘lgan bo‘lishi kerak. Bular o‘tish bosqichida yashaganligi bois, yaroqsiz, qusurli, majruh jonzotlar bo‘lishi kerak. O’tmishda yashab o‘tgan, deb ishonilgan bu nazariy jonzotlarni evolyutsionistlar «o‘tish davri shakllari» nomi bilan ataydilar.
Agar shunday hayvonlar o‘tmishda yashagan bo‘lsalar, ular son va tur jihatdan millionlab, hatto milliardlab bo‘lishi kerak edi. Bundan ham muhimrog‘i, bu g‘alati jonzotlarning qoldiqlari arxeologik qazilmalarda topilishi kerak edi. Darvin «Turlarning kelib chiqishi» kitobida shunday tushuntirish beradi:
Agar mening nazariyam to‘g‘ri bo‘lsa, bir guruhtsagi turlarning barchasini bir-biriga bog‘lagan sanoqsiz o‘gish davri turlari shubhasiz yashagan bo‘lishi kerak... Shunday ekan, ularning ilgari yashaganliklarining dalili faqatgina qazilma hayvon qoldiqlari orasidan topilishi mumkin.313

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 10:16:02

Darvinning puchga chiqqan umidlari

O’n to‘qqizinchi asrning o‘rtalaridan buyon evolyutsionistlar butun dunyodan hayvon qoldiqlarini topishga astoydil bel bog‘lagan bo‘lsalar-da, hanuzgacha o‘tish davri shakllari kashf qilinmadi. Barcha hayvon qoldiqlari, evolyutsionistlarning umidlariga qarshi o‘laroq, hayotning Yer yuzida to‘satdan va qusursiz bir bichimda paydo bo‘lganligini tasdiqlaydi.
 

Mashhur ingliz paleontologi Derek V. Eyjer, hatto evolyutsionist bo‘lsa ham, bu haqiqatni shunday e’tirof etadi:
Agar qazilma hayvon qoldiqlarini xohturlar yoki sinflar darajasida bo‘lsin, batafsil o‘rganib chiqsak, biz qayta-qayta bosqichma-bosqich evolyutsiyaga emas, balki bir guruhning boshqasi evaziga to‘satdan portlab chiqqanligiga duch kelamiz.314
Bu shu narsani anglatadiki, qazilma hayvon qoldiqlari barcha jonli turlar mukammal shakllangan holda, hech qanday oraliq shakllarsiz to‘satdan paydo bo‘lganligidan dalolat beradi. Bu Darvin taxminlarining butunlay aksidir. Shuningdek, bu jonli turlarning yaratilganligini ko‘rsatuvchi juda kuchli dalil hamdir. Jonli turlarning hech qanday evolyutsion ajdodlarsiz, to‘satdan va har bir detaligacha mukammal holda paydo bo‘lganligiga berilishi mumkin bo‘lgan yagona izoh ularning yaratilganligidir. Bu inkor etib bo‘lmas haqiqat juda taniqli evolyutsionist biolog Duglas Futuyma tomonidan ham shunday e’tirof etiladi:
Yaratilish va evolyutsiya - jonzotlarning kelib chiqishi haqida berilishi mumkin bo‘lgan izohlar ularning ikkisi o‘rtasida halak. Organizmlar yo yer yuzida to‘liq rivojlangan shaklda paydo bo‘lgan, yoki bunday emas. Agar bunday bo‘lmasa, ular avval mavjud bo‘lgan turlardan, ayrim o‘zgarishlarni bosib o‘tish orqali rivojlangan bo‘lishlari kerak. Agar ular to‘liq rivojlangan bir shaklda paydo bo‘lgan bo‘lsa, u holda ular chindan ham cheksiz kuch sohibi bo‘lgan bir akl tomonidan yaratilgan bo‘lishi kerak.315
Hayvon qoldiqlari jonzotlarning to‘liq rivojlangan va mukammal bir holatda Yer yuzida paydo bo‘lganligini ko‘rsatadi. Bu shuni anglatadiki, «turlarning kelib chiqishi», Darvinning taxminlaridan farqli o‘laroq, evolyutsiya emas, balki yaratilishdir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 10:16:31

Inson evolyutsiyasi haqidagi ertak

Evolyutsiya nazariyasi tarafdorlari tomonidan eng ko‘p muhokama qilinadigan mavzu insonning kelib chiqishi mavzusidir. Bu mavzudagi darvinchilar da’vosi zamonaviy insonning maymun-simon jonivorlardan paydo bo‘lganligini asos qilib olgan. 4-5 million yil avval boshlangan, deb asossiz taxmin qilingan bu evolyutsion jarayon davomida, zamonaviy inson va uning ajdodlari orasida ayrim «o‘tish davri shakllari» mavjud bo‘lgan, deb faraz qilinadi. Butunlay tasavvuriy bo‘lgan bu stsenariyga ko‘ra, to‘rt asosiy «toifa» sanab o‘tiladi:
1. Australopithecus
2. Homo habilis
3. Homo erectus
4. Homo sapiens
Evolyutsionistlar insonning ilk maymunsimon ajdodlarini «janubiy maymun» ma’nosini anglatuvchi Australopithecus nomi bilan ataydilar. Bu jonzotlar yo‘q bo‘lib ketgan qadimiy maymun turlaridan boshqa hech narsa emas. Angliya va AQShlik Lord Solli Zukerman va professor Charlz Oksnard ismli ikki dunyoga mashhur anatomistlar tomonidan turli Australopithecus namunalari ustida olib borilgan keng miqyosdagi tadqiqot bu maymunlar yo‘q bo‘lib ketgan oddiy maymun turlariga tegishli ekanligini va ularning insonlarga hech qanday o‘xshash tomoni yo‘q ekanligini ko‘rsatdi.316
Evolyutsionistlar inson evolyutsiyasining keyingi bosqichini «homo», ya’ni «inson» deb ta’riflaydilar. Ularning da’vosiga ko‘ra, Homo seriyasidagi jonzotlar Australopithecus ga qaraganda ancha rivojlangan. Evolyutsionistlar bu mavjudotlarning turli qoldiqlarini ma’lum bir tartibda ketma-ket joylashtirish orqali tasavvuriy bir evolyutsiya sxemasini tuzdilar. Bu sxema tasavvuriydir, chunki bu turli sinflar o‘rtasida biror evolyutsion bog‘liqlik borligi hech qachon isbotlanmagan. Yigirmanchi asrning eng muhim evolyutsionistlaridan biri bo‘lgan Ernst Mayr o‘zining One Long Argument (Uzoq bir mubohasa) nomli kitobida «hayotning yoki Homo sapiens ning kelib chiqishi kabi tarixiy jumboqlar o‘ta murakkabdir va hatto yakuniy, qoniqarli tushuntirishlarga ham qarshi turishi mumkin», deb ta’kidlaydi.317
Bog‘lovchi zanjirni Australopithecus > Homo habilis > Homo erectus > Homo sapiens tarzida ifoda etish bilan evolyutsionistlar bu turlarning har biri bir-birining ajdodi ekanligini nazarda tutadi. Biroq paleoantropologlarning yaqindagi kashfiyotlari Australopithecus > Homo habilis va Homo erectus bir vaqtda dunyoning turli qismlarida yashaganligini oshkor qildi.318

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 10:17:19

Bundan tashqari, insonlarning Homo erectus deb tasniflangan ma’lum bir bo‘g‘ini hozirgi zamonlarga qadar yashagan. Homo sapiens neandarthalensis va Homo sapiens sapiens (zamonaviy inson) bir vaqtning o‘zida bitta hududda yashagan.319
Mazkur holat, albatta, ular bir-birining ajdodi bo‘lgan, degan da’voning asossiz ekanligini ko‘rsatadi. Garvard universitetida faoliyat yurituvchi paleontolog Stefen Jey Gould, o‘zining evolyutsionist bo‘lishiga qaramay, evolyutsiya nazariyasining bu mushkul ahvolini quyidagicha izohlaydi:
Agar bir-biri bilan parallel bir shaklda yashagan uch xil gominid (A. Africanus baquvvat australopithecines va H.habiles) shajaralari bo‘lsa, aniqki ularning hech biri boshqasidan kelib chiqmagan, u holda bizning shajaramizga nima bo‘ldi? Bundan tashqari bu uchalovining hech qaysisi o‘zlarining yer yuzidagi hayoti davomida hech qanday evolyutsion moyillikni namoyon etmaydilar.320
Qisqasi, ommaviy axborot vositalari va darsliklardan joy olgan ba’zi tasavvuriy «yarim maymun-yarim inson» mavjudotlarning turli rasmlari yordami bilan, ya’ni ochiqchasini aytganda, targ‘ibot vositasida «qo‘llab-quvvatlanadigan inson evolyutsiyasining stsenariysi ilmiy asosga ega bo‘lmagan ertakdan boshqa hech narsa emas.
Bu mavzuda yillab tadqiqot o‘tkazgan va Australopithecus qoldiqlarini 15 yilcha o‘rgangan Buyuk Britaniyadagi eng mashhur va e’tiborli olimlardan biri Lord Solli Zukerman, o‘zining evolyutsionist bo‘lishiga qaramasdan, nihoyat, maymunsimon mavjudotlarning odamga aylanishini ko‘rsatadigan shajara aslida mavjud emas, degan xulosaga keldi.
 

Evolyutsionist gazeta va jurnallar tez-tez ibtidoiy insonning rasmlarini chop etib turadilar. Bu rasmlarning birdan-bir manbai rassomning tasavvuridir. Evolyutsion nazariya ilmiy ma’lumotlar bilan shunday ezib tashlandiki, bugungi kunda jiddiy matbuotda ularni tobora kamroq uchratmoqdamiz.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 10:17:44

Zukerman, shuningdek, qiziq bir «fanlar spektri»ni ham yaratdi. U ilmiy deb o‘ylagan sohalardan tortib ilmiy emas deb o‘ylagan sohalarga qadar ularni bu spektrda aks ettirdi. Zukermanning mazkur spektriga ko‘ra, fanning eng ilmiy sohalari (ya’ni aniq ma’lumotlarning mavjudligidan kelib chiqqan holda) kimyo va fizikadir. Ulardan so‘ng biologik fanlar va so‘ngra ijtimoiy fanlar keladi. Spektrning eng «ilmiy emas», deb hisoblanadigan oxirgi qismida esa, Zukermanning fikriga ko‘ra, telepatiya va oltinchi sezgi kabi «o‘ta sezgir idrok etish qobiliyati» tushunchalari va nihoyat «inson evolyutsiyasi» joy oladi. Zukerman o‘zining bunday mulohazasini shunday izohlaydi:
So‘ngra ob’ektiv haqiqatdan chiqib, o‘ga sezgir idrok etish qobiliyati yoki insonning suyak qoldiqlari tarixini tushuntirib berish kabi biologik fan deb hisoblanmish sohalarga kirganimizda, evolyutsiya nazariyasiga sodiq kimsa uchun har narsa mumkin bo‘lishini va (evolyutsiyaga) ashaddiy sodiq kimsalar ba’zida bir vaqtning o‘zida bir qancha qarama-qarshi mulohazalarga ishona olishini ko‘ramiz.321
Inson evolyutsiyasi ertagi o‘z nazariyasiga ko‘r-ko‘rona sodiq bo‘lgan bir qator insonlar tomonidan qazib olingan ba’zi hayvon qoldiqlariga berilgan taxminiy tushuntirishlardan iborat, xolos.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 10:18:24

Darvin formulasi

Shu paytga qadar ko‘rib chiqqan barcha dalillardan boshqa, keling, endi bir marotaba bo‘lsa ham, evolyutsionistlarning qanday aqidaga ega ekanliklarini hatto bolalar ham tushunadigan sodda bir misol bilan o‘rganib chiqamiz:
Evolyutsiya nazariyasi hayotning tasodifan paydo bo‘lganligini ta’kidlaydi. Bu da’voga ko‘ra, jonsiz va shuursiz atomlar birlashib hujayrani paydo qilgan va so‘ngra ular bir amallab boshqa jonzotlarni, shujumladan, insonni ham yaratgan. Keling, shuhaqda bir oz mulohaza yuritaylik. Jonzotlarning tarkibiy elementlari bo‘lgan uglerod, fosfor, azot va kaliy kabi elementlarni bir joyga to‘plaganimizda, bor-yo‘g‘i bir uyum paydo bo‘ladi. Bu atom uyumiga har qancha ishlov berilmasin, u hatto bitta bo‘lsa ham jonzotni shakllantira olmaydi. Agar xohlasangiz, keling, shu mavzuda bir «tajriba» ta’rifini keltiramiz va evolyutsionistlar nomidan, ular «Darvin formulasi» nomi ostida barala ovoz chiqarmasdan aslida nimani da’vo qilayotganliklarini tekshirib ko‘ramiz:
Deylik, evolyutsionistlar jonzotlarning tarkibida mavjud bo‘lgan fosfor, azot, uglerod, kislorod, temir va magniy kabi ko‘plab moddalarni katta bochkalarga solsinlar, bundan tashqari, ular bu bochkalarga odatdagi sharoitlarda mavjud bo‘lmaydigan, lekin zaruriy deb hisoblanadigan moddalarni ham solsinlar. Ular bu aralashmaga istaganlaricha tabiiy sharoitlar ostida hosil bo‘lishi mumkin bo‘lmagan aminokislotalar va bir donasining paydo bo‘lish ehtimoli 10-950 bo‘lgan oqsillarni qo‘shsinlar. Bu aralashmalarga istaganlaricha issiqlik va namlik bersinlar. Istalgan, har qanday texnologik jihatdan ishlab chiqilgan qurilmalar bilan ularni qorishtirsinlar. Bu bochkalar yonida eng mashhur olimlarni biriktirib qo‘ysinlar. Bu mutaxassislar mazkur bochkalar yonida milliardlab, hatto trillionlab yillar navbatchilik qilib kutsinlar. Insonning paydo bo‘lishi uchun zarur deb hisoblangan har qanday sharoitlarni erkin holda qo‘llasinlar. Nima qilishlaridan qat’i nazar, ular bu bochkalardan insonni, deylik elektron mikroskop ostida o‘z hujayrasining tuzilishini tekshiradigan bir professorni yetishtira olmaslar. Jirafalar, sherlar, arilar, kanareykalar, otlar, delfinlar, atirgullar, orxideyalar, liliyalar, chinnigullar, bananlar, apelsinlar, olmalar, xurmolar, pomidorlar, qovunlar, tarvuzlar, anjirlar, zaytunlar, uzumlar, shaftolilar, tovuslar, qirg‘ovullar, rang-barang kapalaklar yoki shular kabi boshqa millionlab jonzotlarni yetishtira olmaslar. Haqiqatan ham, ular bu jondorlarning hatto bitta bo‘lsa ham hujayrasini qo‘lga kirita olmaslar.
Qisqasi, shuursiz atomlar birlashib hujayrani paydo qila olmaydi. Ular biror yangicha qaror qilib hujayrani ikkiga bo‘la olmaydi, so‘ngra boshqa qarorlar qabul qilib elektron mikroskopni birinchi bo‘lib ixtiro kilgan va so‘ng mana shu mikroskop ostida o‘z hujayrasining tarkibini o‘rganadigan professorlarni yarata olmaydi. Materiya ongsiz, jonsiz bir uyumdir va u Allohning a’lo darajadagi yaratishi bilangina jonlanadi.
Buning aksini da’vo etadigan evolyutsiya nazariyasi esa aqlga tamoman zid bir safsatadir. Evolyutsionistlarning da’volari yuzasidan bir oz bo‘lsa ham mulohaza yuritish, yuqoridagi misol kabi, bu haqiqatni oshkor etadi.
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 10:19:28

Ko‘z va quloqdagi texnologiya

Evolyutsiya nazariyasi tomonidan javobsiz qolgan boshqa bir mavzu esa ko‘z va quloqdagi sezgining a’lo sifatli ekanligidir.
Ko‘z to‘g‘risidagi mavzuga o‘tishdan oldin, keling, «Biz qanday ko‘ramiz?» degan savolga qisqacha javob beraylik. Biror jismdan chiqadigan yorug‘lik nurlari ko‘zning to‘r pardasiga teskari bo‘lib tushadi. Bu yerda, bu nurlar hujayralar tarafidan elektr signallarga aylantiriladi va miyaning orqa qismidagi bir kichik nuqtaga, ya’ni «ko‘rish markaziga» uzatiladi. Bu elektr signallar shu markazda bir qancha jarayonlardan so‘ng tasvir sifatida idrok etiladi. Mana shu texnik ma’lumotlarni yodda tutgan holda, keling, bir oz fikr yuritaylik.
Miya yorug‘likdan ajratib qo‘yilgan. Bu shuni anglatadiki, uning ichki qismi tamomila qorong‘i bo‘lib, u joylashgan yerga umuman yorug‘lik yetib bormaydi. Shu sababli, «ko‘rish markazi»ga hech qachon yorug‘lik tegmaydi va u yer hatto siz bilgan eng qorong‘i joy ham bo‘lishi mumkin. Ammo siz mana shu qorong‘i joyda yop-yorug‘ dunyo siyratini ko‘rasiz.
Ko‘zda hosil bo‘ladigan tasvir shunchalik aniq va ravshanki, hatto XX asr texnikalari ham bunday tasvirni olishga muvaffaq bo‘la olmagan. Misol uchun o‘qiyotgan kitobingizga, uni ushlab turgan qo‘llaringizga qarang, so‘ngra boshingizni ko‘tarib, atrofingizga nazar tashlang. Siz hech qachon mana shunday aniq va ravshan tasvirni boshqa biror joyda ko‘rganmisiz? Hattoki dunyodagi eng katta televizor ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan eng zo‘r televizor ham siz uchun bunday aniq tasvirni uzatib bera olmaydi. Bu uch o‘lchovli, rangli va o‘ta aniq tasvirdir. 100 dan ortiq yillardan buyon, minglab muhandislar bu aniqlikka erishishga harakat qilmoqdalar. Mana shu maqsadda fabrikalar, ulkan inshootlar barpo etildi, ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirildi, rejalar va konstruktsiyalar qurildi. Yana televizor ekraniga va qo‘lingizda ushlab turgan kitobingizga qarang. U yerda aniqlik va ravshanlikdagi katta farqni ko‘rasiz. Bundan tashqari, televizor ekrani sizga ikki o‘lchovli tasvirni ko‘rsatsa, siz o‘zingizning ko‘zingiz bilan uch o‘lchovli manzarani teranlik bilan kuzatasiz.
 

Ko‘z va quloqni kamera va ovoz yozish jihozlari bilan qiyoslaganimizda, bu organlarning yuqori texnologiyaga ega mazqur mahsulotlarga qaraganda ancha murakkab, ancha muvaffaqiyatli ekanligi va anchayin kusursiz konstruktsiyaga ega ekanligini ko‘ramiz.

Qayd etilgan