Horun Yahyo. Allohning Qur'ondagi mo'jizalari  ( 338466 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 31 B


AbdulAziz  14 Yanvar 2009, 01:51:20

Tortishish kuchi:
-   Agar tortishish kuchi kuchliroq bo‘lganda edi, Yer atmosferasida hayot uchun eng xavfli ta’sirga ega ortiqcha ammiak va metan yig‘ilib qolgan bo‘lar edi.
-   Agar u kuchsizroq bo‘lganda edi, u holda Yer atmosferasi ko‘p miqdordagi ortiqcha suv yo‘qotgan va bu hayotning bo‘lmasligiga sabab bo‘lar edi.

Yer va Quyosh o‘rtasidagi masofa:
-   Agar bu masofa uzoqroq bo‘lganda edi, sayyora juda sovuq bo‘lgan, atmosferadagi suv aylanishi buzilgan va sayyora muzlik asriga mahkum bo‘lgan bo‘lar edi.
-   Agar Yer Quyoshga sal yaqinroq bo‘lganda edi, o‘simliklar yonib ketgan, Yer atmosferasidagi suv aylanishiga tuzatib bo‘lmas darajada talafot yetgan va hayotning bo‘lmasligi mumkin edi.



Yer qobig‘ining qalinligi:
-   Agar qobiq qalinroq bo‘lganda edi, ortiqcha miqdordagi kislorod atmosferadan unga o‘tgan bo‘lar edi.
-   Agar sal yupqaroq bo‘lganda edi, vulqon harakatlarining soni hayotning mavjud bo‘lishiga to‘sqinlik qilgan bo‘lar edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Yanvar 2009, 01:51:56

Yerning aylanish tezligi:
-   Agar bu aylanish sekinroq bo‘lganda edi, kun va tun o‘rtasidagi harorat farqi juda o‘sib ketgan bo‘lar edi.
-   Agar u tezroq bo‘lganda edi, unda atmosfera shamollari juda katta tezlikka yetgan bo‘lar va tsiklon hamda to‘fonlar hayotning mavjud bo‘lishiga jiddiy to‘sqinlik kilgan bo‘lar edi.

Yerning magnit maydoni:
-   Agar bu magnit maydon kuchliroq bo‘lganda edi, juda qattiq elektromagnit to‘fonlari ko‘tarilar edi.
-   Agar u kuchsizroq bo‘lganda edi, unda Yer Quyosh shamollari nomi bilan ma’lum bo‘lgan va Quyoshdan chiqadigan zararli zarralarga qarshi o‘z himoyasini yo‘qotgan bo‘lar edi. Har ikkala holat hayotning bo‘lmasligiga asos bo‘lar edi.

Albedo effekti (Yer tomonidan qaytariladigan yorug‘lik ulushi):
-   Agar Yer qaytaradigan yorug‘lik ulushi ko‘proq bo‘lganda edi, muzlik asrining boshlanishi muqarrar bo‘lur edi.
-   Agar u kamroq bo‘lganda edi, issiqxona effekti ortiqcha issiqlikka sabab bo‘lar edi. Yerni avvaliga muzliklarning erib ketishi tufayli suv bosar va so‘ng u yonib ketgan bo‘lar edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Yanvar 2009, 01:52:39

Atmosferada kislorod va azotning nisbati:
-   Agar bu nisbat kattaroq bo‘lganda edi, hayot uchun zaruriy bo‘lgan funktsiyalar ziddiyatli tarzda tezlashib ketgan bo‘lar edi.
-   Agar u kichikroq bo‘lganda edi, hayot uchun zaruriy bo‘lgan funktsiyalar ziddiyatli tarzda sekinlashib ketgan bo‘lar edi.

Atmosferada karbonat angidrid va suvning nisbati:
-   Agar bu nisbat kattaroq bo‘lganda edi, atmosfera o‘ta qizib ketgan bo‘lar edi.
-   Agar u kichikroq bo‘lganda edi, atmosfera temperaturasi pasayib ketgan bo‘lar edi.

Ozon qatlamining qalinligi:
-   Agar bu qatlam qalinroq bo‘lganda edi, Yerning temperaturasi juda past darajaga tushib ketgan bo‘lar edi.
-   Agar u yupqaroq bo‘lganda edi, Yer o‘ta qizib ketgan bo‘lar va Quyoshdan chiqadigan zararli ultrabinafsha nurlar ta’siriga qarshi himoyasiz qolgan bo‘lar edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Yanvar 2009, 01:54:24

Seysmik harakat (zilzilalar):
-   Agar bu kuchliroq bo‘lganda edi, mavjudotlar uchun doimiy alg‘ov-dalg‘ovlik sodir bo‘lgan bo‘lar edi.
-   Agar sekinroq bo‘lganda edi, dengizlar tubidagi ozuqalar suvga tarqalishni bas qilgan bo‘lar edi. Bu dengiz va okeanlardagi hayotga hamda Yer yuzidagi barcha mavjudotlarga o‘zining halokatli ta’sirini ko‘rsatgan bo‘lar edi.

Yerning og‘ishish burchagi:
Yer o‘z orbitasida 23 daraja burchakka og‘ishgan holda harakat qiladi. Fasllarning almashib kelishiga mana shu og‘ishish sabab bo‘ladi. Agar bu og‘ishish hozirgiga nisbatan kattaroq yoki kichikroq bo‘lganda edi, fasllar o‘rtasidagi temperatura farqi ashaddiy darajaga borib yetgan bo‘lardi, ya’ni yozlari chidab bo‘lmas darajada issiq, qishlari esa o‘ta izg‘irinli ayozdan iborat bo‘lar edi.

Quyoshning kattaligi:
Quyoshdan kichikroq yulduz Yerning mangu muzlik qa’riga burkanishiga, kattarog‘i esa Yerning yonib ketishiga olib kelar edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Yanvar 2009, 01:54:52

Yer va Oy o‘rtasidagi o‘zaro tortishish:
-   Agar bu tortishish sal kuchliroq bo‘lganda edi, Oyning qudratli tortish kuchi atmosfera ostidagi sharoitlarga, Yerning o‘z atrofida aylanish tezligiga va okeanlar sathining ko‘tarilib-pasayishiga o‘ta jiddiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lar edi.
-   Agar u hozirdagidan sal kuchsizroq bo‘lganda edi, bu Yerdagi iqlimning keskin o‘zgarib ketish oqibatini keltirib chiqargan bo‘lar edi.

Yer va Oy o‘rtasidagi masofa:
-   Agar ular bir-biriga bir oz yaqin bo‘lganida edi, Oy Yerga qulab tushgan bo‘lar edi.
-   Agar ular bir-biridan bir oz uzoqroq bo‘lganida edi, Oy kosmosda yo‘qolib ketgan bo‘lar edi.
-   Agar ular bir-biriga hatto jindakkina bo‘lsa ham yaqinroq bo‘lganda edi, Yerdagi suv sathining ko‘tarilish-pasayish darajasiga Oyning ta’siri xavfli tus olgan bo‘lar edi. Okean to‘lqinlari past tekisliklarni suv bilan ko‘mib tashlagan bo‘lar edi. Buning oqibatida yuzaga keladigan ishqalanish okeanlarning temperaturasini ko‘tarib yuborgan va Yer yuzidagi hayot uchun muhim bo‘lgan sezgir temperatura muvozanati yo‘qolgan bo‘lardi.
-   Agar ular bir-biridan hatto jindakkina bo‘lsa ham uzoqroq bo‘lganda edi, Yerdagi suv sathining ko‘tarilish va pasayishi kamayib ketar, bu esa, o‘z navbatida, okeanlarning kam harakat-ligiga olib kelar edi. Harakatsiz suv dengizdagi hayotni xavf ostiga qo‘ygan va biz nafas olayotgan kislorod darajasi ham xavf ostida qolgan bo‘lar edi.16

Yerning temperaturasi va uglerodga asoslangan hayot:
Har qanday tiriklikning zamini bo‘lgan uglerodning mavjudligi ma’lum bir chegarada turuvchi temperaturaga bog‘liq Uglerod aminokislota, nuklein kislota va oqsil kabi organik molekulalar uchun muhim modda hisoblanadi: bu hayotning asosini tashkil etadi. Shu sababdan, hayot faqat uglerodga asoslangan bo‘ladi. Uglerodning mavjud bo‘lishi uchun, temperatura 20 daraja Selsiydan kam va 120 daraja Selsiy (240°F) dan ko‘p bo‘lmagan holatda bo‘lishi kerak. Bu temperatura darajalari Yerdagi temperatura darajalariga juda mos tushadi.
Bular Yerda hayotning paydo bo‘lishi va bu hayotning davom etishi uchun muhim bo‘lgan o‘ta sezgir muvozanatlardan ayrimlaridir, xolos. Biroq, hatto shular ham Yer va olamning qator tasodiflar natijasida vujudga kelmaganligini isbotlash uchun yetarli va aniq dalillardir. XX asrda qabul qilina boshlangan «uyg‘unlik» va «antropik printsip» kontseptsiyalari ham Allohning mavjudligidan guvoh beruvchi dalillar sirasiga kiradi. Hamohanglik va muta-nosiblik 14 asr oldin Qur’onda g‘oyat aniqlik bilan ta’riflangan edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Yanvar 2009, 02:10:25

QUYOSH, OY VA YULDUZLAR ORASIDAGI STRUKTURAVIY FARQLAR

Tepangizda yetti (qavat) mustahkam (osmonni) bino qildik. Yana charaqlab turuvchi chiroqni (quyoshni) paydo qildik. («Naba’» surasi, 12-13- oyatlar)

Bizga ma’lumki, Quyosh sistemasidagi yagona yorug‘lik manbai. Quyoshning o‘zidir. Texnologiyada erishilgan yutuqlar sharafi bilan astronomlar Oyning yorug‘lik manbai emasligini, balki u bor-yo‘g‘i Quyoshdan unga yetib keladigan yorug‘likni aks ettiruvchi (qaytaruvchi) ekanligini kashf qildilar. Yuqoridagi oyatda ishlatilgan «chiroq» so‘zi arabcha «sirooj» degan so‘zning tarjimasidir. Arab tilidagi bu so‘z yorug‘lik va issiqlik manbai bo‘lgan Quyoshni to‘laqonli tasvirlaydi.
Oy, Quyosh va yulduzlar kabi samoviy jismlarga ishora qilish uchun Alloh Qur’onda turli so‘zlarni ishlatgan. Quyosh va Oy strukturalari o‘rtasidagi farq Qur’onda quyidagidek ifodalangan:

Ko‘rmadingizmi, Alloh yetti osmonni qanday qavatma-qavat qilib yaratdi. Oyni ular ichida nur qilib, Quyoshni esa chiroq qilib qo‘ydi. («Nuh» surasi, 15-16- oyatlar)
Yuqoridagi oyatda «nur» so‘zi (arabchada «nur») Oy uchun va «chiroq» so‘zi (arabchada «sirooj») Quyosh uchun ishlatilgan. Oy uchun ishlatilgan so‘z yorug‘likni aks ettiruvchi, yorug‘, harakatsiz jismlarni nazarda tutadi. Quyosh uchun ishlatilgan so‘z esa har doim yonib turuvchi, issiqlik va yorug‘likning o‘zgarmas manbai bo‘lgan samoviy jismgaishoraqiladi.
Bundan tashqari, «yulduz» so‘zi ildizi «najama» bo‘lgan arabcha so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib, u «paydo bo‘luvchi, yuzaga keluvchi, ko‘zga ko‘rinadigan» ma’nolarini anglatadi. Quyidagi oyatdagidek, yulduzlarga «saatsib» so‘zi bilan ham murojaat qilinganki, u yaraqlagan va qorong‘ilikni yorug‘lik bilan teshuvchi, yonuvchi jismga nisbatan ishlatilgan:

(U qorong‘ilikni) teshuvchi yulduzdir. («Toriq» surasi, 3- oyat)
Endi biz Oyning o‘zi yorug‘lik taratmasligini, balki Quyosh chiqaradigan va unga yetib keladigan nurni aks ettirishini bilamiz. Bu haqiqat Qur’onda insoniyat ilmiy kashfiyotlar qilish vositalariga ega bo‘lmagan bir asrda vahiy qilingan edi. Bu asr shunday asr ediki, u paytlarda odamlarning samoviy jismlar haqidagi bilimi juda cheklangan, aniqrog‘i juda past darajada edi. Bu Islom kitobining mo‘‘jizakor tabiatli ekanligiga yana bir bor urg‘u beradi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Yanvar 2009, 02:11:40



OBITALAR VA AYLANAYOTGAN KOINOT

Koinotdagi buyuk muvozanatni saqlab turuvchi eng muhim sabablardan biri shuki, samoviy jismlar muayyan bir yo‘llar bo‘ylab harakatlanadilar. Yulduzlar, sayyoralar va yo‘ldoshlarning barchasi o‘z o‘qi atrofida hamda o‘zi taalluqli bo‘lgan sistema bilan birgalikda ham aylanadi. Koinot xuddi fabrikadagi g‘ildiraklarga o‘xshab uyg‘un bir tartibda ishlaydi.
Ko‘rinib turgan koinotda 100 milliarddan ko‘proq galaktikalar bor va har bir kichik galaktika taxminan bir milliardga yaqin yulduzlardan iborat. Shuningdek, har bir katta galaktikada trilliondan ortiq yulduz mavjud.17 Bu yulduzlarning ko‘pchiligi sayyoralarga va bu sayyoralarning ko‘pchiligi o‘z yo‘ldoshlariga ega. Bu samoviy jismlarning barchasi juda aniq hisoblab chikilgan yo‘l va orbitalar bo‘ylab harakat qiladi. Millionlab yillardan buyon bu jismlarning har biri boshqalari bilan to‘laqonli, hamohang ravishda, o‘z yo‘llari bo‘ylab harakat qilib yuribdi. Bundan tashqari, juda ko‘p kometalar ham ular uchun oldindan belgilab qo‘yilgan yo‘llar bo‘ylab harakat qiladi.
Yana shu narsani ta’kidlash lozimki, koinotdagi yo‘llar faqatgina bir necha samoviy jismlar bilan cheklangan emas. Quyosh sistemasi va hatto boshqa galaktikalar ham boshqa markazlar atrofida katta harakat qilishini namoyon etadi. Har yili Yer va u bilan birga Quyosh sistemasi ham bir yil oldin turgan joyidan 500 million km (310 million milya) cha oldinga siljiydi. Hisoblanishicha, samoviy jismlar o‘z yo‘llaridan hattoki ozgina chetga chiqqan taqdirda ham bu shunday og‘ir sinoatlarga olib kelgan bo‘lardiki, u butun sistemaning halokatga duchor bo‘lishi muqarrar, degan ma’noni anglatadi. Misol uchun, Yer o‘z yo‘nalishidan bor-yo‘g‘i 3 mm chetga chiqqanda bu hol qanday oqibatlarga olib kelishi manbalarning birida quyidagidek tasvirlangan:

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Yanvar 2009, 02:13:45

Quyosh atrofida aylana turib, Yer shunday orbitada harakat qiladiki, har 18 milada u to‘g‘ri yo‘nalishdan faqatgina 2,8 millimetrga chetga chiqadi. Yer harakat qiladigan orbita hech qachon o‘zgarmaydi, chunki hattoki 3 mm chetga chiqishi ham halokatli musibatlarga sabab bo‘lar edi: agar chetga chiqish 2,8 mm o‘rniga 2,5 mm bo‘lgavda edi, uvda orbita juda katta bo‘lar va bizning barchamiz muzlab qolgan bo‘lar edik. Agar chetga chiqish 3,1 mm bo‘lgavda edi, biz o‘limga giriftor bo‘lar edik.18
Shubhasiz, Qur’on nozil bo‘lgan paytda insoniyat na kosmosdagi millionlab kilometr masofalarda joylashgan jismlarni kuzata oladigan bugungi teleskoplar yoki zamonaviy kuzatuv texnikalariga ega edi va na fizika yoki astronomiya kabi sohalarda hozirgidek bilimlar sohibi edi. Shuning uchun o‘sha paytda, oyatda xabar berilganidek, kosmosning «(Yulduzlar harakat qiladigan) yo‘llar» («Zoriyot» surasi, 7-oyat) ini ilmiy jihatdan aniqlashning imkoni yo‘q edi. Ammo o‘sha paytda nozil qilingan Qur’oni Karim, bu haqiqatga doir ma’lumotlarni ta’minlab bergan edi. Bu esa mazkur kitob shubhasiz Allohning kalomi ekanligini isbotlaydi.



Koinotdagi boshqa ko‘p kometalar singari, quyida ko‘rsatilgan Galley kometasi ham rejali bir orbita bo‘ylab harakat qiladi. Uning o‘ziga xos orbitasi bo‘lib, u shu orbita bo‘ylab boshqa samoviy jismlar bilan to‘laqonli hamohang harakat qiladi.
Barcha samoviy jismlar, jumladan, sayyoralar, bu sayyoralarning yo‘ldoshlari, yulduzlar va hatto galaktikalar ham o‘z orbitalariga ega bo‘lib, bu orbitalar juda puxta o‘ylanib, hisoblab chiqilgan. Bunday mukammal tartibni yaratgan va bu tartibni ta’minlab turgan zot - Alloh butun olamlarning yaratuvchisidir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Yanvar 2009, 02:15:05

QUYOSHNING HARAKAT TRAYEKTORIYASI

Qur’onda Quyosh va Oyning muayyan traektoriyalar bo‘ylab harakatlanishiga urg‘u berilgan:
U kecha va kunduzni, quyosh va oyni yaratgan zotdir. (Bu ikkisining) har biri falakda suzib yurar. («Anbiyo» surasi, 33- oyat)
Bu oyatdagi «suzib yurar» so‘zi arabchada «sabaha» so‘zi orqali ifodalangan va u Quyoshning kosmosdagi harakatini tasvirlash uchun ishlatiladi. Bu so‘z Quyoshning kosmos oralab betartib harakatini emas, balki o‘zining o‘qi atrofida aylanishini va shu bilan birga, bir yo‘nalish bo‘ylab harakatlanishini anglatadi. Shuningdek, Quyoshning o‘z o‘rnida qotib turishi emas, balki muayyan bir traektoriya bo‘ylab harakatlanishi ham boshqa bir oyatda aytib o‘tilgan:
Quyosh (tinmay) o‘z qarorgohi sari sayr qilur. Bu qudratli va bilimli zot (Alloh)ning ulchovidir. («Yosin» surasi, 38- oyat)
Qur’onda zikr etilgan bu xabarlar, bizning asrimizda astronomiya fanidagi rivojlanishlar orqali kashf qilindi. Astronomiya fani mutaxassislarining hisoblashicha, Quyosh soatiga 720 000 km (447000 milya) bo‘lgan juda katta tezlik bilan Quyosh Apeksi deb nomlanuvchi yo‘l bo‘ylab Vega yulduzi tomon uchib bormoqda. Bu shundan dalolat beradiki, Quyosh bir kunda taxminan 17,28 million kilometr (10,74 million milya) masofaga uchadi. Quyosh bilan birga, uning tortishish sistemasida bo‘lgan barcha sayyoralar va yo‘ldoshlar ham bir xil masofada uchadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Yanvar 2009, 02:16:22

OYNING ORBITASI

Biz oyni ham, toki u eski xurmo butog‘idek bulib (egilib) qolgunicha, manzillarga (botadigan qilib) ulchab qo‘ygandirmiz. Na quyosh oyga yetishi mumkin va na kecha kunduzdan o‘zuvchidir. (Quyosh, oy va yulduzlarning) har biri (bir) falakda suzadilar. («Yosin» surasi, 39-40-oyatlar)
Oy boshqa sayyoralarning yo‘ldoshlariga o‘xshab muntazam orbitaga rioya qilmaydi. U Yerni aylanayotib, ba’zida uning orqa tomoniga va ba’zida esa old tomoniga ko‘chadi. Yer bilan birga Quyosh atrofini aylanayotib, u aslida kosmosda «8» harfiga o‘xshash o‘zgarmas shakl bo‘ylab harakatlanadi. Kosmosda Oy tomonidan bosib o‘tiladigan bu yo‘l Qur’onda eski xurmo butog‘iga o‘xshatib tasvirlanadi va u rostdan ham xurmo daraxti butog‘ining egik shakliga o‘xshaydi. Darhaqiqat, Qur’onda ishlatilgan «urjun» so‘zi ingichka va egilgan xurmo butog‘ini nazarda tutadi va mevasi terib olingandan keyin qoladigan qismini tasvirlash uchun ishlatiladi. Bu butoqning «eski» deb tasvirlanishi ham juda monanddir, chunki eski xurmo butog‘i ingichkaroq va ko‘proq qayrilgan bo‘ladi.



Oy Yer bilan birgalikda Quyosh atrofida aylanar ekan, u kosmos oralab «8» harfiga o‘xshash traektoriyada harakatlanadi. Bu orbitaning kurinishi Qur’onda vahiy qilinganidek, kurigan xurmo butog‘ining egilgan shakliga o‘xshaydi.

Shubhasiz, 1400 yil ilgari Oyning orbitasi haqida hech bir insonning biror bilimga ega bo‘lishi ehtimoldan xoli edi. Zamonaviy texnologiya va to‘plangan bilimlar orqali aniqlangan bu shaklning Kitobda vahiy qilinishi Qur’onning ilmiy mo‘‘jizalaridan biridir.

Qayd etilgan