Horun Yahyo. Allohning Qur'ondagi mo'jizalari  ( 338476 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 31 B


AbdulAziz  15 Yanvar 2009, 03:43:16

HARAKATDAGI TOG’LAR

Oyatlarning birida, bizga tog‘larning ko‘rinib turganidek harakatsiz emas, balki muttasil harakatda ekanligi to‘g‘risida xabar beriladi:
Siz tog‘larni ko‘rib qotib turuvchi, deb o‘ilarsiz. Holbuki, ular ham xuddi bulutlar yurgandek yurarlar. («Naml» surasi, 88-oyat)
Tog‘larning harakati ular joylashgan Yer qobig‘ining harakatlari orqali ro‘y beradi. Yerning qobig‘i, zichroq bo‘lgan mantiya qatlami ustida «suzib yuradi». XX asr boshida, tarihda birinchi marta, nemis olimi Alfred Vegener Yerning materiklari Yer paydo bo‘lgan vaqtda bir-biriga yopishgan bo‘lganligi, lekin keyinroq turli tomonlarga «oqib» ketganligi, ya’ni ular bir-biridan uzoqlashishi sababli ajralib ketganligi to‘g‘risida o‘z fikrini bayon qildi.
Geologlar Vegener vafotidan 50 yil so‘ng, 1980 yillardagina uning haq ekanligini tushunib yetishdi. 1915 yilda chop etilgan maqolada Vegener Yer yuzidagi quruqliklar taxminan 500 million yil avval birga bo‘lganligini va Pangeya nomli bu katta quruqlik Janubiy Qutbda joylashganligini ma’lum qilgan edi.
Taxminan 180 million yil avval Pangeya ikki qismga bo‘linadi va turli tomonlarga qarab yo‘naladi. Bu ulkan materiklardan biri Gondvana bo‘lgan va u Afrika, Avstraliya, Antarktida va Hindistonni o‘z ichiga olgan. Ikkinchisi esa Lavraziya bo‘lib, u Yevropa, Shimoliy Amerika va (Hindistondan tashqari) Osiyodan iborat bo‘lgan. Bu ajralishdan so‘ng, keyingi 150 million yil ichida Gondvana va Lavraziya kichikroq qismlarga bo‘linib ketgan.
Pangeya bo‘linishidan so‘ng paydo bo‘lgan bu materiklar har yili bir necha santimetr Yer yuzasida muttasil siljiydi va shu bilan birga quruqliklar va dengizlar o‘rtasidagi o‘zaro nisbatni o‘zgartirib turadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Yanvar 2009, 03:43:28

XX asrning boshida olib borilgan geologik tadqiqotlar natijasida kashf qilingan Yer qobig‘ining bu harakati olimlar tomonidan quyidagicha izohlanadi:
Qobiq va mantiyaning yuqori qismi qalinligi taxminan 100 km bo‘lgan plitalar deb nomlanuvchi segmentga bo‘linadi. Asosan, oltita va bir necha kichik plitalar bor. Plita tektonikasi deb ataladigan nazariyaga ko‘ra, bu plitalar Yer usti bo‘ylab materiklar va okean tubini o‘zlari bilan birga siljitib yuradi. Materiklar yiliga 1-5 sm me’yorda harakat qiladi deb belgilangan. Plitalar siljishni davom ettirib, Yerning geografiyasiga sekinlik bilan o‘zgarish kiritib boradi. Har yili, misol uchun, Atlantika okeani sezilar-sezilmas darajada kengayib bormoqda.30
Bu yerda muhim bir fikrni aytib o‘tish maqsadga muvofiq: Alloh Qur’ondagi oyatda tog‘larning harakatini siljish deb nazarda tutmoqda. Bugungi kunda, zamonaviy olimlar ham bu harakatga nisbatan «materiklarning siljishi» degan atamani ishlatishmoqda.31
Materiklarning siljishi Qur’on nozil qilingan paytda kuzatishning imkoni bo‘lmagan hol edi va Alloh buni qanday tushunish kerakligini aniq ko‘rsatib berdi: «Siz tog‘larni ko‘rib qotib turuvchi deb o‘ylarsiz.» Keyin U tog‘larni bulutlar kabi suzib yurishi haqidagi haqiqatni ma’lum qiladi. Xabar berilganidek, bizning e’tiborimiz tog‘lar mahkamlab qo‘yilgan qatlamning siljishiga qaratiladi.
Ilm-fan tomonidan yaqinda kashf qilingan bu ilmiy faktning VII asrda, koinot va tabiat haqidagi tushunchalar irim-sirimlar hamda afsonalarga asoslangan bir paytda vahiy qilinganligi, shubhasiz, juda katta mo‘‘jizadir. Bu - Qur’on Allohning so‘zi ekanligini inkor qilib bo‘lmas isbotlardan yana biridir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Yanvar 2009, 03:43:43

QUYOSHNING CHIQISHI VA BOTISHIDAGI TURLI NUQTALAR

Bas, mashriqlar va mag‘riblar Parvardigori bilan qasamyod etamanki, albatta, Biz qodirdirmiz. («Maorij» surasi, 40-oyat) (U) osmonlar, Yer va ularning o‘rtasidagi narsalarning Rabbidir. (U yana) mashrits tomonlarning ham Rabbidir. («Soffot» surasi, 5-oyat)
(Alloh) ikki mashriqning ham, ikki mag‘ribning ham Parvardigoridir. («Ar-Rahmon» surasi, 17-oyat)


Ko‘rinib turganidek, yuqoridagi oyatlarda sharq va g‘arb so‘zlari ko‘plik ma’noda berilgan. Misol uchun, birinchi oyatda ishlatilgan «mashaarits» (sharqlar) va «mag‘oorib» (g‘arblar) so‘zlari ko‘plik shaklda bo‘lib, ularning har biri ikkitadan ekanligi qayd etilgan.
Oxirgi oyatdagi «mashriqoyn» va «mag‘ribayn» so‘zlari ikkita sharq va ikkita g‘arb uchun ishlatilgan. «Mashaariq» va «mayuorib» Quyosh chiqadigan va botadigan joylarni ham anglatadi. Shuningdek, yuqoridagi oyatlar tong otadigan va kun tugaydigan turli joylarni nazarda tutmoqda. Birinchi oyatda «mashriqlar va mag‘riblar» (sharq va g‘arblar) ning Parvardigori tomonidan qasamyod qilinganligi ham e’tiborga moliqdir.
Yerning o‘zi atrofida aylanadigan o‘q 2327` burchak ostidadir. Mana shu burchak va Yerning sharsimon shakli tufayli, Quyoshdan tushadigan yorug‘lik har doim ham bitta burchakka to‘g‘ri kelmaydi. Bu Quyoshning sharqdagi turli nuqtalardan chiqishi va g‘arbdagi turli nuqtalarda botishini anglatadi.
Shunday qilib, yuqorida keltirilgan oyatlardagi sharq va g‘arblarga taalluqli ifodalar Quyoshning turli nuqtalardan chiqishi va botishidan alomat beradiki, bu Qur’oni Karimdagi buyuk donolikdan nishonadir. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.)

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Yanvar 2009, 03:44:57

YERNING ATROFIDAN YEMIRILISHI

Biz yerga kelib, uni atrofidan qisqartirayotganimizni ko‘rmadilarmi?! ... («Ra’d» surasi, 41-oyat)
... ular Biz yerni atrofidan kamaytirib kelayotganimizni ko‘rmaydilarmi?! ... («Anbiyo» surasi, 44-oyat)

Yer Quyosh tomonidan proton, elektron va alfazarrachalar bilan bombardimon qilinadi. Quyoshning shamollari Yerni atmosferadan ajratib yuborish uchun yetarli kuchga ega. Ammo Yerning hozirgi materiya yo‘qotish foizi (bir soniyada 3 kg (6.6 funt)) ga ko‘ra, atmosferaning ishlatib bo‘linishi uchun Quyoshning jami hayotidan besh marta ko‘proq vaqt ketadi.32 Bu shuning uchunki, atmosferadagi magnitosfera orqali hosil qilinadigan qudratli magnit maydon tufayli Yer ma’lum darajada bu qudratli yemirilishdan himoyalangan. Yerning ionosfera qatlami yuqorisida to‘zg‘ib ketgan kislorod, geliy va vodorod ionlarining kosmos og‘ushida yo‘qolib ketishi, Yerni o‘rab turgan bepoyon havo qatlamiga qaraganda, juda kam miqdordagi hajmni tashkil etadi. Hatto shunday bo‘lsa-da, kosmosga sizib chiqayotgan miqdor ahamiyatli darajada emas.33
 

NASA (Milliy Aeronavtika va Fazo Boshqarmasi) kosmik kemalari yordamida tadqiqotchilar Quyosh yuzidagi energiya portlashlari Yer atmosferasining tashqi qatlamidan kislorod va boshqa gazlarni kosmosda to‘zg‘ib ketishiga sabab bo‘lishi haqida aniq dalillarga ega bo‘lishdi. 1998 yilning 24-25 sentyabr kunlari olimlar tomonidan birinchi marta Yer o‘zining tashqi qatlamlaridan materiya yo‘qotishi hodisasi kuzatildi.34
Biroq yuqoridagi oyatlar boshqa bir ma’noda Yerdan tuproqning yo‘qotilishini ham nazarda tutayotgan bo‘lishi mumkin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Yanvar 2009, 03:45:44

Ayni paytda qutbiy muz tog‘lari erimoqda va okeanlarning suv sathi ko‘tarilmoqda. O’sib borayotgan suv miqdori ko‘proq yerlarni bosib olmoqda. Sohilbo‘yi hududlari suv ostida qolmoqda, yer yuzasi yoki yerning umumiy miqdori kamaymoqda.35 Yuqorida keltirilgan oyatlardagi «uni atrofdan qisqartirayotganimizni» degan jumla, ehtimol sohilbo‘yi hududlarining suv bilan qoplanishini ta’kidlayotgandir.
 

Shu mavzu yuzasidan New York Times gazetasi bunday yozadi:
Keyingi yuz yillik davomida Yer shari yuzasining temperaturasi o‘rtacha 1 daraja Farangeytga o‘sdi va isish koeffitsienti oxirgi chorak asrda tezlashdi. Bu anchagina sezilarli miqlor... Bundan oldingi sun’iy yo‘ldosh va suvosti kemasi kuzatuvlari Shimoliy qutb hududida temperaturaning ilishga tomon o‘zgarganligi va muz tog‘larning erish ehtimoli kuchayganligini isbotlagan ko‘rinadi. Manxatgandagi NASA tadqiqot markazi bo‘lmish Goddard Kosmos fani instituti suvosti kemalaridan olingan 1950 va 1960 yillardagi ma’lumotlarni 1990 yildagi kuzatuvlar bilan taqqoslab ko‘rdi va butun Arktika havzasidagi muz qonlamlari 45 foizga yupkalashganini ko‘rsatib berdi. Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari keyingi yillarda muz qoplamlarining ko‘lami ahamiyatli darajada qisqarganligini isbotladi.36
XX asr oxirlariga kelib kilingan bu kashfiyotlar bizga «Ra’d» surasining 41-oyati va «Anbiyo» surasining 44-oyati zamirida yotgan donolikni tushunishimizga yordam beradi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Yanvar 2009, 03:46:38

Alloh vahiy qilganidek, Yerning atrofidan bunday qisqarib borishini Qur’onda xabar berilgan boshqa bir ilmiy dalil sifatida tushunish mumkin. O’z o‘qi atrofida aylanadigan Yerning geoid shaklga ega ekanligining yaqin asrlarda tan olinganligi ham inkor kilib bo‘lmas haqiqatdir.
Tadqiqotlar shu narsani ko‘rsatadiki, Yerning ekvatordagi diametri bu aylanishdan kelib chiqadigan kuch ta’siri ostida kengayadi va atrofidan, boshqacha aytganda qutblaridan siqiladi. Shuningdek, Yer doimo aylanishda bo‘lgani uchun bu o‘zgarishning sodir bo‘lishi davom etaveradi. Chindan-da, «Ra’d» surasining 41-oyatidagi «qisqartirayotganimizni» deb tarjima qilingan «nanqusu» so‘zi bu qisqarish, yemirilish jarayonining davomiy ekanligini ta’kidlaydi.
Yer kabi bunday samoviy jismlarning sharsimon shakl olganligi tortishish kuchi tufaylidir. Ammo bu shakl aniq sharsimon emas; u qandaydir darajada qutblaridan yassilangan va ekvatorda qalinlashgan. NASA ning raqamlariga ko‘ra, Yerning ekvatordagi radiusi 6378,1 km (3963,2 milya) ni, lekin qutbdan qutbgacha bo‘lgan masofasi 6356,8 km (3949.9 milya) ni tashkil etadi.37 Bu taxminan 0,3% farqni ko‘rsatadi.
Yer shaklining bu modeli 1687 yilda janob Isaak Nyuton tomonidan aytilgan edi. 1400 yil ilgari bu haqiqatning Qur’onda vahiy qilinganligi, uning yana bir boshqa ilmiy mo‘‘jizasidir.
 

Tadqiqotlar Yerning ekvatorda qalinlashib borishini isbotladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Yanvar 2009, 03:48:31



YORILAYOTGAN YER

Qasamyod etaman qaytaruvchi osmon bilan va yorilguvchi Yer bilanki ... («Toriq» surasi, 11-12-oyatlar)

Yuqorida berilgan oyatdagi arabcha «sad’» so‘zi «yormoq, yoriq hosil qilmoq, darz ketmoq, qismlarga bo‘lmoq» ma’nolarini anglatadi. Alloh Qur’ondagi xuddi boshqa ilmiy mo‘‘jizalaridagidek bu oyatda ham Yerning yorig‘i bilan qasamyod qilib, muhim bir hodisani nazarda tutmoqda. 1945-1946 yillarda olimlar mineral resurslarni o‘rganish maqsadida birinchi marta dengiz va okeanlarning chuqurliklariga tushishdi. Bu tadqiqotdan ma’lum bo‘lgan eng muhim dalillardan biri Yerning darz ketgan, siniq strukturasi bo‘ldi. Yerning tashqi yuzasidagi tog‘ jinsli qatlam shimoldan janubga va sharqdan g‘arbga tomon o‘n minglab kilometr uzunlikdagi juda ko‘p sonli yoriqlar bilan bo‘linib ketgan edi. Shu bilan birga, olimlar dengizning tagida 100-150 km (60-90 milya) chuqurliklarda erigan magma bo‘lganligini ham aniqlashdi.
Mana shu darzlar va yoriqlar tufayli lavalar vulqonlardan dengiz tubiga oqadi. Bu darzli, siniq struktura tufayli juda ko‘p miqdordagi issiqlik qo‘yib yuboriladi va erigan jinslarning katta qismi okeanlar tagida tog‘larni shakllantiradi. Agar Yer juda ko‘p miqdordagi issiqlikni uning qobig‘idan chiqarib yuboruvchi bunday strukturaga ega bo‘lmaganda edi, Yer yuzida hayot bo‘lmagan bo‘lar edi.38
Shubhasiz, kashf qilinishi uchun zamonaviy jadal texnologiyani talab kiluvchi ma’lumotning 1400 yil muqaddam berilishi, Qur’on Allohning kalomi ekanligini yana bir bor isbotlaydi.
 

Yuqorida keltirilgan rasmlar Yerning yorilgan strukturasini ko‘rsatib turibdi. Yer qobig‘i tagidagi magma qatlami mana shu yoriqlik strukturasi orqali yuzaga chiqa oladi. Bu Yerning temperaturasini sezilarli darajada pasaytirib turadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Yanvar 2009, 03:49:01

MO’JIZAVIY TEMIR

Temir moddasi Qur’onda katta e’tibor berilgan elementlardan biridir. «Hadid» surasi temir haqida bizga shunday xabar beradi:
Yana, Biz temirni tushirdik. Unda quvvat va odamlar uchun manfaatlar bordir ... («Hadid» surasi, 25-oyat)
Oyatda «Biz tushirdik» deb tarjima qilingan va temir uchun ishlatilgan «anzataa» so‘zi temirning odamlarga foyda keltirishi uchun berilganligini tushuntiruvchi majoziy ma’noga ega deb hisoblash mumkin. Biroq so‘zning adabiy ma’nosini, ya’ni yomg‘ir va Quyosh nurlari holatida «osmondan jismonan tushirilgan» ligini e’tiborga oladigan bo‘lsak, biz bu oyatning juda ahamiyatli bir ilmiy mo‘‘jizaga ishora qilayotganligini tushunib yetamiz. Chunki zamonaviy astronomik kashfiyotlar bizning dunyoimizda mavjud bo‘lgan temir tashqi kosmosdagi ulkan yulduzlardan kelganligini aniqlab berdi.39
Nafaqat Yerdagi, balki butun Quyosh sistemasidagi temir ham tashqi kosmosdan kelgan, chunki Quyoshdagi temperatura temirning shakllanishi uchun yetarli emas. Quyosh yuzasi temperaturasi 6000 daraja Selsiy (11000°Farangeyt), yadrosi temperaturasi esa tax-minan 20 million daraja (36 million daraja Farangeyt) ga yetadi. Temir faqatgina Quyoshdan ancha katta bo‘lgan, temperaturasi bir necha yuz million darajaga yetuvchi yulduzlarda hosil bo‘lishi mumkin. Yulduzlardagi temir miqdori ma’lum bir darajadan oshgach, yulduz uni uzoq vaqt o‘zida saqlab tura olmaydi va natijada portlaydi va bu «yangi yulduz» yoki «o‘ta yangi yulduz» deb nom olgan. Bu portlashlar temirning kosmosga chiqib ketishiga imkon yaratadi.40
Ilmiy manbalardan biri bu mavzu yuzasidan quyidagicha ma’lumot beradi:
Ilgari o‘ta yangi yulduz portlashlari bo‘lganliga to‘g‘risida ham dalillar bor: chuqur dengiz cho‘kmalarida uchraydigan temir-60 ning kuchli darajalari taxminan 5 million yil ilgari Quyoshning 90 yorug‘lik yili ichida sodir bo‘lgan o‘ga yangi yulduz portlashlaridan darak beradi, deb sharhlanmokda. Temir-60 kattao‘gayanga yulduzlardagi portlashlarda hosil bo‘lgan temirning radioaktiv izotopi bo‘lib, u o‘z umrining yarmi bo‘jan 1,5 million yilda kuchsizlanadi. Geologak qatlamda yuqori darajali bu izotopning mavjudligi kosmosdagi yaqin joyda elementlarning yaqinda sodir bo‘lgan nukleosintezidan va keyin ularning Yerga (balki chang zarralarining bir qismi sifatida) tashilganidan darak beradi.41

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Yanvar 2009, 03:49:20

Bularning hammasi, xuddi oyatda «tushirdik» deb xabar berilganidek, temirning Yerda paydo bo‘lmaganini, balki o‘ta yangi yulduzlardan tashib keltirilganini ko‘rsatadi. Ayniqsa, Qur’on nozil bo‘lgan VII asrda bu haqiqatni bilib olishning imkoni yo‘q edi. Shunga qaramay, bu haqiqat Qur’onda - hamma narsani O’zining cheksiz bilimida jamlagan Allohning kalomida o‘z aksini topgan.
Astronomiya fani, shuningdek, boshqa elementlarning ham Yerdan tashqarida paydo bo‘lganini kashf qildi. Oyatning «Yana, Biz temirni tushirdik» jumlasidagi «yana» so‘zi mana shu fikrni nazarda tutayotgan bo‘lishi mumkin. Biroq bu oyatning aynan temirni eslatayotgani, XX asrning oxirida qilingan bu kashfiyotlarni hisobga olganda, juda hayratlanarlidir. Mashhur mikrobiolog Maykl Denton o‘zining Nature’s Destiny (Tabiatning taqdiri) kitobida temirning ahamiyatiga shunday urg‘u beradi:
Barcha metallar ichida temirdan o‘zga hayog uchun muhimroq bo‘lgan metall yo‘q. Yulduzning markazida jamlangan temir uning portlashi va shundan so‘ng hayot uchun zarur atomlarning kosmos bo‘ylab tarqalib ketishini yuzaga keltiradi. Tortishish kuchi temir atomlarini dastlabki Yer markaziga qarab tortgan va bu Yerning boshlang‘ich kimyoviy differentsiatsiyasiga, dastlabki atmosferaning gazlanishiga, pirovardida gidrosferaning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan issiqlikni keltirib chiqargan. Yerning markazidagi ulkan dinamo-mashinadek faoliyatda bo‘lgan erigan temir Yerning shunday magnit maydonini hosil qiladiki, u o‘z navbatida, Van Allen radiatsiya belbog‘larini yaratadi. Bu belbog‘lar Yerning yuzasini yuqori energiyali o‘tkir kosmik radiatsiyalardan himoya qiladi va ahamiyati katga bo‘lgan ozon qatlamini kosmik nurlarning vayrongarchiligidan asraydi ... Temir atomisiz kosmosda uglerodga asoslangan hayot bo‘lmas edi; na o‘ta yangi yulduzlar, na dastlabki yerning isishi, na atmosfera yoki gidrosfera bo‘lar edi. Va na himoyachi magnit maydoni, na Van Allen radiatsiya belbog‘lari, na ozon qatlami, na (inson qonida) gemoglobin hosil qiluvchi temir, na kislorodning reaktivligini ushlab turuvchi metall, na oksidlovchi metabolizm (moddalar almashinuvi) bo‘lar edi. Hayot va temir o‘rtasidagi, qonning qizil rangi va uzoq masofalardagi yulduzlarning tusi orasidagi qiziq hamda yaqin bog‘liqlik nafaqat metallarning biologiyaga, balki kosmosning biomarkazlashganligiga ham aloqadorligidan darak beradi ...42

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Yanvar 2009, 03:49:29

Bu hisobot temir atomining qanchalik ahamiyatliligini yaqdol ko‘rsatadi. Qur’onda temirga nisbatan alohida e’tibor qaratilganligi bu elementning ahamiyatli ekaniga ham urg‘u beradi. Bundan tashqari, Qur’onda boshqa bir yashirin haqiqat ham borki, u ham temirning ahamiyatli ekanligiga diqqatni jalb etadi: temir xususida to‘xtab o‘tilgan Hadid surasining 25-oyati boshqa bir juda qiziq matematik kodlarni o‘z ichiga oladi.
«Hadid» Qur’ondagi 57-sura hisoblanadi. Arabchadagi «al-Hadid» so‘zining abjadi, undagi harflarning sonli qiymatlari qo‘shib hisoblanganda, 57 natijani hosil qiladi. (Abjad hisoblari uchun to‘rtinchi kitobdagi «Qur’onda raqamli hisoblar (Abjad)» bo‘limiga qarang.)
Yolg‘iz «Hadid» so‘zining sonli qiymati 26 dir. Bu 26 raqami temirdagi atomlar soni hamdir.
Bundan tashqari, temir oksidi zarralari keyingi oylarda saraton kasalligini davolash uchun ishlatib ko‘rildi va ijobiy natijalar kuzatildi. Germaniyadagi jahonga mashhur Charite kasalxonasida Doktor Andres Jordan boshchiligidagi ilmiy guruh saratonni davolash uchun ishlab chikilgan bu yangi uslub - magnitli gipertermiya suyukligi (yuqori temperaturali magnitik suyuqlik) bilan saraton hujayralarini o‘ldirishga muvaffaq bo‘ldi. 26 yoshli H. Nikolasda sinab ko‘rilgan bu uslub natijasida keyingi uch oy mobaynida bemorda yangi saraton hujayralarining paydo bo‘lishi kuzatilmadi.

Qayd etilgan