YOMG’IRNING PAYDO BO’LISHI
Yomg‘irning qanday paydo bo‘lishi uzoq yillar davomida sir bo‘lib keldi. Faqat ob-havoni aniqlovchi asbob ixtiro qilingandan so‘nggina yomg‘irning shakllanish bosqichlarini kashf qilish imkoniyati tug‘ildi.
Bu kashfiyotga binoan, yomg‘irning shakllanishi uch bosqichda sodir bo‘ladi. Birinchidan, yomg‘irning «xom ashyo»si shamol bilan havoga ko‘tariladi. Keyinroq bulutlar paydo bo‘ladi va nihoyat yomg‘ir tomchilari yuzaga keladi.
Qur’onning yomg‘ir hosil bo‘lishi haqidagi so‘zlari xuddi shu jarayonni nazarda tutadi. Oyatlarning birida bu hosil bo‘lish quyidagidek ifodalanadi:
Alloh shunday zotki, (U) shamollarni yuborib, bulutlarni qo‘zg‘aydi, bas, uni osmon bo‘ylab xohlaganicha yoyadi va uni bo‘lak-bo‘lak qilgach, uning orasidan yomg‘ir chikishini ko‘rasiz. Bas, qachonki uni (yomg‘irni) O’z bandalaridan xohlagan kishisiga yetkazganda, ular birdan shodlanib keturlar. («Rum» surasi, 48-oyat)
Endi, keling oyatda keltirilgan bu uch bosqichni chuqurroq tahlil qilamiz:
BIRINCHI BOSQICH: «Alloh shunday zotki, (U) shamollarni yuborib ...»
Okeanlarning ko‘piklanishidan paydo bo‘lgan sanoqsiz havo pufakchalari muttasil yoriladi va suv zarralarining havoga qarab otilishiga sabab bo‘ladi. So‘ngra tuzga boy bo‘lgan bu zarralar shamollar ta’sirida yuqoriga - atmosferaga qarab ko‘tariladi. Aerozollar deb ataladigan bu zarralar suv qopqonlari vazifasini bajaradi va o‘z atrofiga dengizdan juda kichik tomchi zarralari bo‘lib ko‘tariladigan suv bug‘larini yig‘ib olib, bulut tomchilarini shakllantiradi.
IKKINCHI BOSQICH: «... bulutlarni qo‘zg‘aydi, bas, uni osmon bo‘ylab xohlaganicha yoyadi va uni bo‘lak-bo‘lak qilgach ...»
Bulutlar havoda tuz kristallari va chang zarralari atrofida suyuladigan (kondensatsiyalanadigan) suv bug‘laridan yuzaga keladi. Bu bulutlardagi suv tomchilari juda kichik (taxminan 0,01-0,02 mm (0,0004-0,0008 dyuym) o‘lchamda) bo‘lganligi sababli bulutlar havoda osilib qoladi va osmon bo‘ylab yoyiladi. Shu tarzda osmon bulutlar bilan qoplanadi.
UCHINCHI BOSQICH: «... uning orasidan yomg‘ir chiqishini ko‘rasiz.»
Tuz kristallari va chang zarralarini o‘rab turgan suv zarralari qalinlashadi va yomg‘ir tomchilarini shakllantiradi, shunday qilib, havoga nisbatan og‘irroq bo‘lib qoladigan tomchilar bulutlarni tark etadi va yerga yomg‘ir bo‘lib yog‘ishni boshlaydi.